ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI TRANSPORT VA LOGISTIKA FAKULTETI MM VA TX YO’NALISHI 2-KURS 30-20 GURUH TALABASI SALOHIDDINOV AHRORNING METRALOGIYA FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU: - MAVZU:
sifat tushunchasi va sifatni shakllantirish Reja:
1. Sifat tushunchasi mohiyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari.
2. Sifatini boshqarish” mazmuni, maqsad va vazifalari.
3. Sifat ko‘rsatkichlari klassifikatsi
1. Sifat tushunchasi mohiyatini yoritib berishning zamonaviy yondashuvlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish korxonalari oldida turgan eng asosiy vazifa-raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishdir. Shuning uchun ham mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlar sifatini yaxshilash strategik muammo bo‘lib, mamlakatimiz iqtisodiyotining stabillashuvi bu muammolarning hal etishiga bog‘liqdir. Sifatni yaxshilash jarayoni mahsulotni sotish yoki xizmatlar ko‘rsatishda faqatgina ko‘proq foyda olish uchungina emas, balki jamiyat uchun, uning ravnaqi uchun ham zarurdir.
.
Mahsulot sifati deb, mana shu mahsulotga nisbatan qo‘yilgan xalq ehtiyoji talablarini qondirilish darajasi, ularning xossa xususiyatlari, tashqi ko‘rinishi, ishlatilishining qulayligiga aytiladi.
Sifatni shakllantiruvchi elementlar sifat ko‘rsatkichlari deyiladi va turlicha usullar yordamida aniqlanadi.
Mahsulotning texnikaviy tavsifi orqali aniqlanuvchi tovarlar yaroq-liligining asosiy elementlari konstruksiya sifati deyiladi. Konstruksiya sifatini takomilashtirilishi bilan uning qiymati ham ortadi.
Odatda, ishlab chiqarishdagi sarf-harajatlarning umumiy miqdori asosiy ishlab chiqarish sarf-harajatlari hamda nazoratga va yaroqsiz, defekt mahsulotlarni ishlab chiqarishga ketgan harajatlardan iborat bo‘ladi. Nazorat qanchalik aniq, asosli o‘tkazilsa, defekt mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yo‘qotishlar shunchalik qisqaradi, nazorat sarf-harajatlari ortadi. Nazorat sarf-harajatlarini oshirmagan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning texnik shartlarga mos kelishi darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir.
1-rasmda konstruksiya sifatining uning bahosi va tannarxiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Grafikning tannarx va baho egri chiziqlarining kesishuv nuqtalari Q1 va Q2 bilan ajratilgan qismi rentabellikni ifodalaydi. Baho va tannarx egri chiziqlari orasidagi eng katta masofani belgilovchi Q0 nuqtasi eng yuqori foydani ta’minlovchi konstruksiya sifatini ifodalaydi.
Baxolashdan maqsad:
Ko‘rib chiqish uchun sifatning qaysi ko‘rsatkichlarini tanlash, qanday aniqlikda ularning qiymatini aniqlash, buning uchun qanday vositalar zarurligi, baholash natijalarini qanday formada ifodalash va ko‘rsatkichlarni qanday qayta ishlash mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
Mahsulotning xossa va xususiyatlari miqdoriy hamda sifat jihatdan tavsiflanishi mumkin. Sifat tavsiflari-bular, masalan, mahsulotning zamonaviy moda yo‘nalishiga, dizaynga, ranglarga mos kelishi va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Mahsulotning bir yoki bir necha xossa xususiyatlarining miqdoriy tavsifiga sifat ko‘rsatkichi deyiladi. Sifat ko‘rsatkichlarini tanlash – mahsulot sifati tarkibiga kiruvchi va uning sifati darajasini baholashga imkon beruvchi mahsulot xususiyatlari miqdoriy tavsifining nomlarini aniqlashdir.
Sifat ko‘rsatkichlarining nomlarini tanlashni asoslab berish quyidagilarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi:
Rejalashtirish funksiyasi loyihalashtirish bosqichida korxona rahbariyati tomonidan bozordagi talab-taklifni, kapital sarf-harajatlarining samaradorlik koeffitsentini, korxonaning texnik darajasini, nazoratning samaradorligini hisobga olgan holda amalga oshirilib, mahsulotning sifati darajasini aniqlashni nazarda tutadi.
Konstruksiya sifatini belgilovchi mahsulotning tashqi ko‘rinishi, ishlatishning qulayligi, uzoqqa chidamliligi, xavfsizligi kabi xususiyatlarning miqdoriy qiymatlari chizmalar, texnik shartlar va boshqa texnikaviy hujjatlar ko‘rinishida ifodalanadi.
Xalq iste’moli tovarlarining sifatini nazorat qilish sifatining ijtimoiy, funksional, ishonchlilik, ergonometrik, estetik, ekologik, xavfsizlik kabi iste’mol ko‘rsatkichlarini o‘rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Zarurat tug‘ilsa, tovarlarini sifatini baholash va tahlil qilish iste’molchilarning talablarini ham hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ijtimoiy ko‘rsatkichlar maxsus ko‘rsatkichlar guruhiga kiradi. Tovarlar sifat ko‘rsatkichlari va iste’mol xususiyatlariga ko‘ra quyidagicha klassifikatsiyalanadi.
- 1.XIZMATLAR SIFATINI BOSHQARISH
- 2.SIFAT MENDJMENTI
- 3.SAMDU.UZ
Do'stlaringiz bilan baham: |