3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
 
1.
Moliyaning iqtisodiy mazmunini tushuntiring va uning iqtisodiy 
vazifalarini bayon qiling. 
2.
Jamiyat va davlat moliya tizimlari asosiy bo‘g‘inlarining tavsifini 
bering. Moliya tizimida davlat byudjetining o‘rni qanday? 
3.
Davlat byudjeti milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashda 
qanday rol o‘ynaydi? Bunda qanday usullardan foydalaniladi?
4.
Byudjet taqchilligi nima? Ijobiy va salbiy byudjet taqchilligini 
tushuntiring. 
5.
Soliqlarning iqtisodiy mohiyatini tushuntiring va uning turlarini, asosiy 
vazifalarini ko‘rsating. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


181 
15-BOB. BOZOR IQTISODIYOTINING RIVOJLANISHIDA PUL-
KREDIT TIZIMI VA BANKLARNING ROLI 
Iqtisodiyotda pulning roli o‘ta ahamiyatli bo‘lib, mamlakat taraqqiyoti pul-
kredit tizimining barqarorligiga bog‘liq bo‘ladi. Shunga ko‘ra, ushbu bobda 
pulning nazariy kontseptsiyalari, jumladan, pul muomalasi qonunlari, pul-kredit 
siyosati, uning zamonaviy tendentsiyalari, O‘zbekiston pul-kredit siyosatining 
asosiy yo‘nalishlari va dastaklari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, bozor iqtisodiyotida kredit va bank tizimining roli, Markaziy 
bank va tijorat banklarining vazifalari, hozirgi bosqichda O‘zbekiston 
Respublikasi bank tizimini takomillashtirish yo‘llariga e’tibor qaratiladi.
1. Pul muomalasi qonunlari 
 
Pulning o‘z vazifalarini bajarish jarayonidagi to‘xtovsiz harakati pul 
muomalasi deyiladi. 
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy 
ravishda mustahkamlab qo‘yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi. 
Mamlakat 
pul tizimi
ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat: 
1) milliy pul birligi (so‘m, dollar, iyena, funt sterling, marka va h.k.); 
2) naqd pul muomalasida qonuniy to‘lov vositasi sifatida amal qiluvchi 
qog‘oz, tanga va kredit pullar tizimi; 
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga 
chiqarish tizimi; 
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari. 
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi. Naqd pul 
muomalasiga bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi. Naqd 
pulsiz hisoblar cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to‘lov 
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish