Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi. Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi.

Balans (1-shakl)
Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl)
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot
Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot
Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot
Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot
Boshqa byudjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot
Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi -“Bo’lim, kichik bo’lim, bob” rekvizitida tashkilotning byudjet tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi
-“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi
“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) ko’rsatiladi
“Byudjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi byudjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbasi va byudjetlar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi
-“O’lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi.