9
Ushbu iqtisodiy muammolarni tezroq hal qilish, ularning yechimini izlab topish,
milliy istiqlol mafkurasining mazmunini va xususiyatlarini tushunish ko‘p jihatdan
kishilarning
iqtisodiyot
sirlarini,
ayniqsa
bozor
va
bozor
iqtisodiyoti
munosabatlarining mazmunini, ularning talablari va xususiyatlarini, qonun-
qoidalarini, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning,
uni chuqurlashtirishning,
iqtisodiyotni erkinlashtirishning maqsadi va mohiyatini chuqurroq bilishlariga
bog‘liqdir. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiyot tushunchalarini, uning qonun-
qoidalarini, tejamli xo‘jalik yuritish sirlarini, turli kishilar va xo‘jaliklarning bir-
birlari bilan manfaatli iqtisodiy aloqada bo‘lib, unumli mehnat qilish yo‘llarini va
shakllarini o‘rgatadi. Iqtisodiyot nazariyasi fani mamlakatimizda yashayotgan hamma
kishilarning daromadlari, ularning turmush darajasi
faqat milliy iqtisodiyot
taraqqiyotiga bog‘liqligini, shu yurtda mehnat qilayotgan kishilarning ijodiy mehnati
bilan vujudga kelgan milliy mahsulotning ko‘payishi, uning to‘g‘ri taqsimlanishi va
foydalanilishi, milliy pul barqarorligi bilan bog‘liqligini ham o‘rgatadi va milliy
istiqlol mafkurasining odamlar ongida shakllanishiga, ularning intellektual kamolotga
erishuvida muhim rol o‘ynaydi.
Shuning uchun magistratura talabalari uchun «Iqtisodiyot nazariyasi-2» fanidan
o‘quv qo‘llanmaning tayyorlanishi ham bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma yangi davlat standarti talablari bo‘yicha tuzilgan va
Respublika muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan yangi
namunaviy o‘quv dasturi asosida yozildi. Unda dasturdagi barcha mavzular qamrab
olingan. Asosiy iqtisodiy
tushunchalarni soddaroq qilib, oddiy tilda misollar,
jadvallar, grafiklar asosida tushuntirishga harakat qilingan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda o‘qitishning yangi pedagogik va
informatsion texnologiyalar talablari va xususiyatlari hisobga olinib, har bir
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar,
shuningdek takrorlash va
munozara uchun savollar ham berildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv qo‘llanma asosan 5A340101 –
Iqtisodiyot nazariyasi mutaxassisligi bo‘yicha magistratura talabalari uchun
mo‘ljallangan bo‘lib, undan iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi va
talabalari, aspirantlar va iqtisodiyot nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi
barcha kitobxonlar ham foydalanishi mumkin.
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com