11
Ma’lumki, iqtisodiyot asosan ikki sohaga bo‘linadi: mikroiqtisodiyot va
makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot o‘z ichiga quyidagi alohida iqtisodiy subyektlar
faoliyatini oladi:
1.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt – iste’molchilar, ishchilar, kapital egalari,
zamindorlar, firmalar va hokazo.
2.
Alohida bozorlar – ishlab chiqarish vositalari bozori, ishchi kuchi bozori,
iste’mol mollari bozori va hokazo.
3.
Alohida tarmoqlar – sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va hokazo.
Makroiqtisodiyot esa umumiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar yig‘indisi bilan
bog‘langan (mamlakatdagi ishsizlik, inflyatsiya darajasi, foiz stavkasining o‘zgarishi,
iqtisodiy o‘sish sur’ati va boshqalar) yaxlit milliy xo‘jalikni qamrab oladi. Biroq,
keyingi vaqtlarda mikro- va makroiqtisodiyot o‘rtasidagi chegara yo‘qolib bormoqda.
Sababi, makroiqtisodiy tahlil o‘z navbatida mikrodarajadagi tahlilning uzviy
davomiga aylanib bormoqda. Shuningdek, ba’zi bir olimlar tomonidan mikro- va
makroiqtisodiyotning ba’zi bir belgi va jihatlarini umumlashtiruvchi oraliq daraja –
mezoiqtisodiyotni alohida ajratib o‘rganish zarurati to‘g‘risidagi fikrlari ham
uchramoqda.
6
Mikroiqtisodiy tahlilda ham asosiy o‘rinni nazariy qoidalarning ishlab chiqilishi
egallaydi. Mazkur nazariy qoidalar asosida iqtisodiy hodisa va jarayonlar asoslab
beriladi va prognoz qilinadi. Nazariy tahlil oddiy taxminlardan boshlanadi.
Iqtisodiy nazariya, boshqa ilmiy nazariyalar singari, doimo ham mutlaq
aniqlikka
ega
bo‘lmaydi.
Nazariyaning
foydaliligi
va
ahamiyati
uning
o‘rganilayotgan hodisani qay darajada muvaffaqiyatli tushuntirib va prognozlab
berishiga bog‘liq bo‘ladi. Shu maqsadda doimiy ravishda nazariya amaliyot bilan
tekshirilib turadi. Bunday tekshiruvlar natijasida nazariyalar o‘zgartirilib,
takomillashtirilib turadi, ba’zida ulardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.
Nazariya barcha hodisalar uchun bir xilda mos tushavermaydi, balki aksari
hollarda hodisa va jarayonlarni to‘g‘ri ifodalab beradi.
Jumladan, R.Pindayk va D.Rubinfeldlarning «Mikroiqtisodiyot» nomli kitobida
2 xil o‘zaro bog‘liq nazariyaning muammoning yechimini topishdagi qo‘llanishi
misol tariqasida keltiriladi (1-jadval):
Bu nazariyalardan qay biri to‘g‘riligini tekshirish maqsadida AQSHning turli
shaharlarida ishsizlar umumiy soniga nisbatan turmush qurgan ayollarning bandlik
darajasini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar o‘rganib chiqilgan. Tadqiqotlar ishsizlikning
yuqori darajasi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar umumiy sonidagi ulushining
pastligi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Xususan, ishsizlar umumiy sonining 1%ga
o‘sishi turmush qurgan ayollarning ishlovchilar tarkibidagi ko‘rsatkichini 1,4%ga
pasayishiga olib keladi. Shunday qilib, bu o‘rinda ma’lumotlar «Rad etilgan ishchi»
nazariyasini tasdiqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: