3-Mavzu.
Tayanch-harakat apparatining yosh
xususiyatlari va gigiyenasi. Ovqat hazm qilish tizimining
yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigiyenasi.
Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiyatlariva
gigiyenasi
REJA:
1.
Tayanch – harakat tizimining ahamiyati. Skeletning rivojlanishi va
uning yosh xususiyatlari.
2.
Muskullarning umumiy tuzulishi va uning yosh xususiyatlari. Tayanch
– harakat apparatining gigiyenasi. Sinf jixozlariga quyidagilar gigienik talablar.
3.Ovqat hazm qilish tizimining umumiy tuzilishi.Ovqat hazm qilish tizimining
yosh xususiyatlari.
4.Organizmda modda almashinuvi. Ovqatlanish gigiyenasi.
5.Nafas
olishining
ahamiyati.
Nafas
olish
organlarining
tuzilishi:
6.Ayiruv
organlarining
organizm
faoliyatidagi
ahamiyati.
7. Ichki muhit barqarorligini saklashda nafas yuli, ichak yo’li, teri
Tayanch tushunchalar:
Skelet, muskul, umurtqa pog‘onasi, skolioz, jismoniy
charchash.
Tayanch-harakat apparati tizimiga skelet va skelet muskullari kiradi.
Skeletdagi suyaklar va boylam - bo‘g‘imlar passiv harakat organlari bo‘ladi,
muskullar esa aktiv harakat organlari hisoblanadi.
Skelet 206 dan ortiq alohida suyaklardan tashkil topgan bo‘lib, bularning 85
tasi juft, 36 tasi toq suyaklardan iborat.
Skelet uchta asosiy funsiyasini: tayanch, harakat va himoya vazifalarini
bajaradi.
Suyakning kimyoviy tartibi, fizik xossalari va tuzilishi
Suyak asosan suyak to‘qimasidan tuzilgan. Suyakning sirti suyak ust pardasi
bilan qoplangan bo‘ladi, bu parda bolalarda juda pishiq, xatto suyak singanda ham
yirtilmaydi. Suyak ustiga parda bilan suyakning faqatgina bo‘g‘in yuzalari
qoplanmaydi xolos. Suyak parda ko‘p miqdordagi qon tomirlar, bilan nervlar bilan
ta’minlangan, bular suyak ust pardadagi teshiklar orqali suyakning ichki qismiga
o‘tadi. Suyak shikaslanganda va kasallanganda suyak ustiparda hujayralarining
hisobiga suyak qayta tiklanadi. Suyak usti pardagi bog‘lamalar va muskullar
birikadi. Suyak usti pardaning tagiga suyakning kompakt qavati yoki zich qabati
bo‘ladi. Kompakt qavatining tagiga g‘ovak qabat bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan va
ko‘krak yoshidagi bolalarning uzun naysimon suyagining bo‘shliq qismida qizil iliq
bo‘lib, o‘sish protsessida qizil ilikning o‘rnini sariq ilik egallaydi. Naysimon
suyaklarning ikki uchida, ba’zida yassi suyaklarda 15 yoshgacha qizil iliq saqlanadi.
Suyaklar shakli va tuzulishiga qarab, naysimon, yassi, kalta va aralash
suyaklarga bo‘linadi. Naysimon suyaklar qo‘l - oyoq skeletining tarkibiga kiradi.
Naysimon suyuqlar orasida uzun (elka suyagi, bilak, tirsak suyaklari, son suyagi,
boldir suyaklari) bor. Har bir naysimon suyakning tanasi (diafizi) va ikki uchi
(epifizlari) tafovut qilinadi. Yassi suyaklarning shakli turli xil bo‘ladi. Ularga
kallaning qoplovchi suyaklari, ko‘rak va chanoq suyaklari kiradi.
Aralash suyaklar turli shaklga ega bo‘ladi. Bularga muskullar, paylar,
boylamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qushuvchito‘qimaga kirib
ikki xil kimyoviy modda: organik anorganik moddalardan iborat. Suyaklarning
yuzasida g‘adir - budir dumboq, kirra, teshiklar, egatlar bo‘ladi. Bularga muskullar,
paylar, boy lamlar birikadi yoki tomirlar, nervlar o‘tadi. Suyak qo‘shuvchi
to‘qimaga kirib ikki xil kimyoviy modda: organik va anorganik moddalardan iborat.
Suyakning organik moddasiga osseyn deyiladi, suyak tarkibining 1F3 qismini
organik, 2F3 qismini anorganik modda tashkil etadi. Agarda suyakning bir qismini
xlorid yoki nitrat kislotaga solib qo‘yilsa, bir necha vaqtdan so‘ng yumshoq va
elastik bo‘lib qolganini ko‘ramiz.
Suyak olovda kuydirilsa, organik moddalari kuyib ketishi tufayli mo‘rt bo‘lib
qoladi. Suyakning elastikligi osseyn borligiga qattiqligi esa anorganik moddalarga
bog‘liqdir. Suyakda organik va anorganik moddalar borligidan elastik va qattiqdir.
Yosh ulg‘ayishi bilan suyakning osseyn va anorganik moddalar miqdori o‘zgarib
boradi. Bolalarda organik moddalari ko‘proq. Shuning uchun ularning suyagi elastik
bo‘ladi.
Yosh ulg‘aygan sari anorganik moddalar miqdori ortib boradi, shuning uchun
ularning suyagi mo‘rt bo‘lib qoladi. Yosh ulg‘ashi bilan suyakda kalsiy, fosfor,
magniy va boshqa elementlar nisbatan o‘zgaradi. Kichik bolalar suyagining
tarkibida ko‘proq kalsiy, katta maktab yoshidagi bolalarning suyagini tarkibida
fosfor tuzlari ko‘p bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida naysimon suyaklarning tuzilishi katta
odamlarnikiga o‘xshaydi. Lekin 10-12 yoshda suyakning g‘ovak moddasi intevsiv
o‘zgaradi. Bolalarning yoshi qancha kichik bo‘lsa, suyak ustidagi po‘stlog‘i zich
qavatga yopishgan bo‘ladi. Bolaning 7 yoshida suyak ustligi zich qavatdan ajralib
turadi. 7-10 yoshgacha naysimon suyaklarning iliq qismini o‘sishi sekinlashadi. 11-
12 yoshlardan 18 yoshgacha naysimon suyaklar to‘liq shakllanib bo‘ladi. Suyaklar
oraliqli, tog‘ayli to‘qima, suyakli to‘qima, biriktiruvchi to‘qima yordamida birikadi.
Biriktiruvchi to‘qima yordamida birikish – bog‘lamlar, pardalar, kala choqlari.
Tog‘ayli to‘qima yordamida birikish – umirtqalari va dumg‘aza suyagini hosil
qilishga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |