Suyak hujayrasi va suyak tarkibidagi moddalar
Suyak hujayralari uzoq davom etadigan jarayonlar(protses) orqali bir-biri
bilan bog`langan. Ular hamma tomondan tarkibi va joylashishi noodatiy bo`lgan
suyak atrofidagi(hujayralararo matriks) moddalar bilan o`ralgan. Hujayralararo
matriks kollagen tolalarga juda boy, ular organik tuzlar (kalsiy tuzlari, ayniqsa kalsiy
fosat va kalsiy karbonat) bilan boyitilgan bo`ladi. Bular suv (20-25%), organic
moddalar (25-30%) va anorganik moddalar (50%). Minerallar kristallar shaklida
to`planadi va suyakka o`ziga xos fiziologik qattiqlik beradi. U intensive metabolitik
jarayonlarni osonlashtiradigan o`ziga xos qon-tomir tizimiga ega bo`lib, bu
suyaklarga biologik o`zgaruvchanlik xususiyatini beradi. Bukilmaydigan juda qattiq
suyak materiallari yashovchan bo`lib, tanada stress kechayotgan paytdagi
o`zgarishlarga osonlik bilan moslasha oladi. Anorganik va organic moddalar
aralashib ketgan va ularni faqatgina mikroskopik tekshiruvlar natijasida farqlash
mumkin.
Agar suyak kuydirilsa, faqatgina anorganik mineral skeletonlar qoladi va
suyak mo`rt bo`lib qoladi. Agar suyak kislotaga botirilsa, unda faqatgina organik
moddalar qoladi va suyak rezinadek egiluvchan bo`lib qoladi
1
.
Skelet - bosh, umurtqa pog‘onasi, elka kamari, ko‘krak qafasi, chanoq va qo‘l
oyoq skelet qismlaridan tashkil topgan.
Umurtqa pog‘onasi 33-34 umurtqalardan tashkil topgan bo‘lib, bulardan 7 tasi
bo‘yin, 12 ta ko‘krak, 5 ta bel, 5 ta dumg‘aza va 4-5 ta dum umurtqalaridir. Katta
odam umurtqa pog‘onasi 4 ta egrilikdan iborat. 1-chi egrilik bo‘yin qismida oldinga
qarab bo‘rtib chiqqan. 2-chi egrilik ko‘krak qismida orqaga qarab, 3-chi egrilik bel
qismida oldinga qarab, 4-chi egrilik dum va dumg‘aza qismida orqaga qarab bo‘rtib
chiqqan. Bog‘cha yoshining oxirida umurtqa pog‘onasining egriliklari hosil bo‘ladi.
O‘smirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning
barcha qismi suyaklanadi.
Ko‘krak qafasi 12 juft qovirg‘alar va tush suyagining birikishidan hosil
bo‘ladi. Ko‘krak qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko‘krak
qafasining asosiy shakllari konussimon,ssilindirsimon va yassi bo‘lishi mumkin.
Qo‘l skeleti elka kamarining suyaklari – ko‘rak va o‘mrov, bilak, tirsak,
pancha suyaklaridan iborat. Elka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda,
tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft usti suyaklari 10-13 yoshda, kaft suyaklari 12
yoshda, barmoq; falanga suyaklari 9-11 yoshda suyaklanadi. U narsa ta’lim –
tarbiya, Mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e’tiborga olinishi kerak.
Oyoq skeletiga chanoq kamarining suyaklari va son suyagi, boldir suyaklari
va pancha suyaklari kiradi. Chanoq suyaklarining suyaklanishi jismoniy tarbiya va
Mehnatda e’tiborga olinishi kerak. Chanoq suyaklari notog‘ri birikishi uzoq muddat
notog‘ri o‘tirish, tik yurish, og‘ir yuk ko‘tarish, ovqatlanishning etarli bo‘lmasligi
1Anatomy of the Human Body.Henry Gray.Nega Assefa Alemaya University Yosief Tsige Jimma University.In collaboration with the Ethiopia Public Health Training Initiative,
The Carter Center, the Ethiopia Ministry of Health, and the Ethiopia Ministry of Education 2003.455-499 betlar mazmun mohiyatidan foydalanildi.
natijasida vujudga keladi. Son va kapa, kichik boldir suyaklari 20-24 yoshda kaft
oldi suyaklari 17-21 yoshda, oyoq pancha falangalari 15-21 yoshda to‘liq
suyaklanadi. Oyoq panjasi uzoq muddat tik turish, tor oyoq kiyim kiyishganda oyoq
panjasi tekislanadi va tekis pancha kasali vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |