Yangi jamiyat qurishda ta'lim va tarbiya
Ma'lumki ta'lim mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, g'oyaviy-madaniy hayotining muhim tarmog'idir. Ta'lim asoslari O'zbekistonda uning Konstitutsiyasi va «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun bilan kafolatlangan.
Ta'lim sohasidagi mazkur qonunda respublikada ta'limning jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-madaniy rivojlantirish-ning ustuvor sohasi ekanligi e'tirof etilgani holda ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari, ta'lim tizimi va boshqaru-vi tartibi, ta'lim-tarbiya xodimlarining haq-huquqlari, vazifalari, mas'uliyatlari, maqsadlari belgilab berildi. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq xalq ta'limi tizimini jadal isloh qilishga kirishildi. Bir qator o'quv yurtlarining maqomi, dasturlari va ta'lim uslublari butunlay o'zgartirildi. Eng zamonaviy, shu paytgacha bo'lmagan eng zarur ixtisosliklar bo'yicha alohida universitet va institutlar, jumladan, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiya-si, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog'-konchilik instituli kabi o'nlab yangi o'quv muassasalari tashkil etildi.
Mamlakat shaharlarida oliy universal ta'limni joriy etishda ri-vojlangan davlatlar tajribasiga suyanib ish tutildi. Jumladan, Ame-n k a Qo'shma Shtatlarining Kembrij shahridagi Garvard, Stenford, I'riston, Buyuk Britaniyaning Oksford, Lid, Fransiyaning Strasburg, I ,ion, Dijon, Grenobl shaharlari nomi bilan ataluvchi universitetlari bu mamlakatlarning poytaxtlarida emas, turli viloyatlarida joylash-gerj bo'lishiga qaramasdan, o'zining yuksak malakali kadrlar tayyor-lash va ilmiy salohiyatlari bilan jahonda nom qozongan.
Xalqi ma'rifatli, jahon ilm-fani va madaniyatidan xabardor mamlakatning ravnaqiga ravnaq qo'shilaveradi. Shu bois keyingi yillarda O'zbekiston rahbariyati joylarda ilm-farmi, birinchi galda, universal oliy ta'limni rivojlantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko'ra boshladi. Bu maqsadlarga katta miqdorda mablag' ajratildi. Xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy ta'lim sohasida hamkor-lik tobora chuqurlashib bordi. Shubhasiz, bu tadbirlar mazkur tizim-da keskin burilish yasash, kelajakda mamkkatni yuksak malakali bilimdon mutaxassislar bilan ta'minlash imkonini berdi.
Albatta, birgina oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari sonini oshi-rish, ularda yangi mutaxassisliklar ochish bilan malakali mutaxassislar tayyorlab bo'lmaydi. Buning uchun oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlariga talabalar qabuli yangi tartibini joriy qilish talab qilinadi. Shu maq^adda jahonning ilg'or universitetlari tajribalarini qo'llashga kirishildi. Masalan, keyingi yillarda AQSH, Turkiya, Hindiston, 01-moniya va boshqa mamlakatlardagi oliy bilimgohlar ishi o'rganildi. Natijada oliy o'quv yurtlariga talabalar qabul qilishning butunlay yangi tizimi vujudga keldi. Shu maqsadda respublikada davlat komissiyasi tuzilib, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda test sinovi o'tkazishga qaror qilindi.
Bundan tashqari ikki pog'onali o'qish tizimiga o'tilgani ham oliy ta'limni hozirgi zamon sharoitida yanada takomillashtirishga qaratilgan tadbirdir. Masalan, bakalavrlik darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 2 yil o'qish talab qilinadi.
Yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda talabalarning xorijda o'tadigan stajirovkalariga va qo'shma korxonalar, firmalar, au-ditorlik kompaniyalarida ishlab chiqarish praktikasidan o'tishlariga I it la ahamiyat berilmoqda. Shu kunlarda mamlakatimizdan 700 i i I ar talaba xorijiy mamlakat o'quv yurtlarida iqtisodiy ixtisoslar I'o'yicha o'qishmoqda. Bir necha ming talaba 3 oydan bir yilgacha mi ijiy o'quv yurtlarida ta'lim olmoqda.
Mamlakatimiz oliy o'quv yurtlari huzurida tashkil etilgan akademik litseylar yoshlarga o'zi tanlagan mutaxassislik bo'yicha oliy ma'lumot olish uchun yanada chuqur bilim egallash, kollejlar esa maxsus fanlarni o'zlashtirish bilan bir qatorda, mustaqil hayotga qa-dam qo'yayotgan har bir bitiruvchi yigit-qizga o'z qobiliyatini yuza-ga chiqarish va jamiyatda munosib o'rin topish uchun 2-3 mutaxassislik bo'yicha o'rta malakali kasb egallash imkonini beradi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi doirasida 2009-yilgacha bo'lgan davrga mo'ljallangan Maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi ham amalga oshirilmoqda.
Oliy ta'lim sohasida ham tub islohotlar amalga oshirildi, bakalavi va magistrlar tayyorlashning Yevropa tizimiga o'tildi. Bugungi kmula mamlakatimizning 65 ta oliy o'quv yurtida 850 yo'nalish va mutaxassislik bo'yicha 300 mingga yaqin talaba bilim ohnoqda.
O'tgan yillar mobaynida zamonaviy, har tomonlama jihozlangan o'quv yurtlarini afo etish uchun 5 milliard dollardan ortiq budjet-iluii tashqari mablag'lar yo'naltirildi.
Hozirgi kunda yurtimizda ta'lim sohasiga yo'naltirilayotgan xa-rujatlar hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 12 fo-i/.tlan ortadi. Holbuki, jahon tajribasida bu ko'rsatkich 3-5 foizdan oshmaydi.
O'zbekiston o'zining milliy Fanlar akademiyasiga ega bo'lib, uning tarkibida ulkan ilmiy texnik salohiyatga ega bo'lgan 43 ta akademik institut muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatmoqda. Tabiiy va aniq Can laming yadro fizikasi, astrofizika, geliomaterialshunoslik, biolo-giya, mikrobiologiya, kimyo va tabiiy birikmalar kimyosi, seysmo-logiya yo'nalishlarida va boshqa ko'plab sohalarda istiqbolli tadqi-qotlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, bugun ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohasiga sarf-lanayotgan mablag'lar mamlakatimiz kelajagining egasi bo'lgan vosh avlodni, yuksak intellektual salohiyatli jamiyatni shakllantirish yo'lida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi.
Respublika Madaniyat ishlari vazirligi Xalqlar Do'stligi sa-royida 1993-yil 14-aprelda vazirlik tasarrufidagi san'at va madaniyat oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining talaba-o'quvchilari, ham-da, o'qituvchilari ishtirokida «Istiqlol jilolari» yig'ma konsertini na-moyish etdi. Konsert dasturida xalq kuy va qo'shiqlari, dilrabo raqslar, o'zbek va xorijiy mamlakatlar bastakorlarining asarlari va badiiy ko'rgazmalar ham namoyish etildi.Istiqlol davri O'zbek milliy musiqa san'atining rivojlanishida I'dyat sermazmun davr bo'ldi.
1995-yil dekabridan «O'zbekiston - Vatanim manim» mavzui-dagi qo'shiqlar ko'rik-tanlovi e'lon qilingandan so'ng yuzlab yangi, mustaqillik davri qo'shiqlari yaratildi. Bu ko'rik-tanlov mamlakati-mi/ning hamma joylarida ko'tarinkilik bilan o'tkazildi.
1996-yil mart oyida poytaxtning «Bahor» konsert zalida «O'zbekiston - Vatanim manim», deb atalgan qo'shiq tanlovining Iminchi bosqichi bo'ldi. U O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi-ga qarashli muassasalar o'rtasida o'tkazildi. Ko'rik juda qiziqarli bo'lib, unda bolalar bog'chalari tarbiyalanuvchilaridan tortib mam-lakatdagi bir qancha pedagogika institutlari talabalarigacha ishtirok etishdi. Ko'rik qatnashchilarining ona Vatan go'zalligi, uning istiq-lolini madh etgan qo'shiqlari taniqli bastakorlar, shoirlar va Xalq la'limi vazirligining yetakchi mutaxassislaridan iborat nufuzli hay'at a'zolari tomonidan baholandi.
1998-yili mamlakatimizda birinchi marta simfonik musiqa festi-vali o'tkazildi. O'zbekiston respublikasi bastakorlar uyushmasi bilan o'tkazilgan mazkur festivalda dunyoning yigirmaga yaqin mamla-katlaridan ijrochilar ishtirok etishdi. Ular O'zbekistonda jahon musiqa san'ati klassik namunalarining eng oliy darajada ijro etilganligiga va ushbu soha jahon klassik an'analari bilan o'zbek milliy musiqa san'atining uyg'unlashgan yangi maktabi yaratilganligiga guvoh bo'lishdi. Mutal Burhonov, Ikrom Akbarov, Sayfi Jalil, Sobir Bo-boyev, Boris Giyenko, Mustafo Bafoyev, Rustam Abdullayev singari bastakorlarning ijodiga yuksak baho berdilar.
An'anaviy «Sharq taronalari» festivali besh qit'a san'at ahlining diqqatini o'ziga tortdi. Dunyoda tinchlik va ezgulikni, barqarorlik va o'zaro bir-birini tushunishni qo'shiq orqali, san'at orqali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Nag ikki yilda o'tadigan bu xalqaro san'at ko'rigining navbatdagisi 2009-yil avgust oyida bo'lib o'tadi.
Kino san'ati ustalari ham mustabidlik va mustaqillik davrlari-ning mohiyatini badiiyat vositasi bilan ochib berish yo'lida tinmay izlanib, xalqimizga o'zlarining yangi-yangi asarlarini taqdim etmoq-dalar. So'nggi yillarda yaratilgan «O'tkan kunlar», «Otamdan qolgan dalalar», «Yozning yolg'iz yodgori», «Kichkina tabib», «Voiz» kabi badiiy fibular tamoshabinlarga manzur bo'ldi.
Mustaqillik o'zbek badiiy adabiyoti rivojiga, adabiyotshunoslik fani taraqqiyotida ham yangi bosqichni boshlab berdi. Endi ada-biyotga «Sotsialistik realizm metodi» qonuniyatlari, kommunistik partiyaviylik, sinfiylik singari prinsiplar nuqtayi nazaridan qa-rashlarga barham berildi. Yangi ilmiy va badiiy me'yorlarga o'tish boshlandi. C'ho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Tavallo, Otajon Hoshim, Vadud Mah-mud, Munawarqori singari millatparvar yozuvchi, ma'rifatparvarlar Ijodi xolisona o'rganila boshlandi. Asarlari chop etildi, sahna yuzini ko'rdi.
Jadidchilik harakatining asl mohiyatini, adabiy, madaniy, siyosiy hayotdagi o'rnini ro'yirost ko'rsatish boshlandi. Sho'ro davrida tu-/.umni, kommunistik partiyani ko'klarga ko'targan, shu yo'nalishdagi g'oyalarni ulug'lagan asarlarni tanqidiy baholashga o'tildi. Bir vaqt-lar diniy va saroy adabiyoti vakili, deb nohaq qoralangan Ahmad Yassaviy, Boqirg'oniy, G'azzoliy, Hoja Ahror, Bahouddin Naqsh-band, Husayn Boyqaro, Feruz singari buyuk shoir hamda mutafak-kirlar hayoti va ijodi o'rganilib, asarlari xalqqa qaytarildi. Zararli i'alsafa, kommunistik mafkuraga yot nazariya, deb qaralgan tasawuf she'riyati chuqur o'rganila boshladi.
Mustaqillik davri adabiyoti ayni jamiyat yangilanayotgan, hayot yangicha mazmun kasb etayotgan bir paytda ozod so'z, fikr va ozod inson taqdiri bilan bog'liq bo'lgan murakkab hodisani qamrab oldi. Har yili mustaqillik bayrami arafasida Prezident devoniga kelayot-gan xatlaming aksariyatida fuqarolar o'z fikr-mulohazalarini she'r orqali ifodalayaptilar.
Bu qutlug' maskanni bunyod etgan ustalarimizning mehnati har qancha tahsinga arziydi. Bu ulug'vor majmua Samarqandu Buxoro, Xiva-yu Toshkent, Andijon-u Namangan, Shahrisabz-u Qo'qon va Marg'ilon shaharlaridan, mamlakatimizning turli viloyatidan kelgan fidoyi insonlar mehnatining samarasidir.
Ta'lim va tarbiyaning bosh vazifalaridan bin jamiyatdagi barcha toifa kishilarini, xususan O'zbekiston aholisining qariyb 65 foizini tashkil qiluvchi yoshlarni Ona-Vatanga mehr-muhabbatli qilib tar-biyalashdir. Bu o'z navbatida zamonaviy bilimlar orqali yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishni taqozo qiladi.
«O'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi», -deb uqtiradi Prezident LA. Karimov. Bu boradagi fikrini davom ettirib: «Har qanday qal'a ichidan olinadi. Demak, biz ichka-rini mustahkam qilishimiz kerak. Buning uchun yoshlar qalbi-ga yurtga sadoqat, kattalarga hurmat, tarixga mehr, kelajakka umid tuyg'ulari urug'ini sochishimiz lozim», - deb ta'kidlaydi.
Bunday dolzarb vazifaning kun tartibiga qo'yilishi bejiz emas edi. Mustaqillikning dastlabki yillarida ham yoshlar dunyoqara-shida eskicha tafakkur, jahon taraqqiyotidan orqada qolgan bilimlar, o'z qiymatini yo'qotgan qarashlar saqlanib qolmoqda edi. Masa-lan, yaqin-yaqinlargacha oliy ta'limning vazifasi muayyan miqdorda ilmiy texnikaviy bilimlarga ega bo'lgan, ongiga mafkuraviy yo'l-yo'riqlarni singdirgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat qilib qo'yilgan edi.
Tarixiy bilimlar yoshlarni ko'p narsaga ongli ravishda qarashga undadi. Ularning har biri qalbida Vatanga mehr tuyg'ularini, bugungi kun qadriga yetish hissini shakllantira boshladi. Masalan, Namangan Davlat Universiteti biologiya fakultetining ikkinchi kurs talabalariga «Hozirgi yoshlarning mas'uliyati nimadan iborat?», deb berilgan sa-volga ko'pchilik talabalar «O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash uchun yetuk mutaxassis bo'lib yetishishi mas'uliyati», - deb javob berdilar.
Yosh iste'dodlarni izlab topish va tarbiyalash, professional ras-somlarning boshini qovushtirish, ularning samarali ijod qilishla-ri uchun qulay sharoit yaratish, milliy tasviriy, amaliy, miniatura san'atimizning noyob an'analarini boyitish, dunyoga tanitish maqsa-dida tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy Akademiyasi uch yildan bu-yon jiddiy faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Mamlakatimizda iste'dodli rassomlarning ko'plab ko'rgazmalarini tashkil etdi. O'zbek rassom-chilik maktabining bugungi rivojini dunyoga ko'rsatish maqsadida 2000-2006-yillar mobaynida Yaponiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Germaniya kabi ko'plab mamlakatlarda o'zbek rassomlarining ko'rgazmalarini o'tkazdi.
Mustaqillik yillarida O'zbekiston ijodkor yoshlarining «Iste'-dod» xayriya jamg'armasi, O'zbekiston ijodkorlar jamg'armasi, madaniyat jamg'armasi va boshqa qator jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. Ular aholi turli tabaqasi intellektual salohiyatini oshirish, ularni o'z vaqtida rag'batlantirib turish, ma'naviy jihatdan qo'llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyalash borasida qator tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi fan-texnika, san'at va madaniyatni yanada rivojlantirish maqsadida qator qa-rorlar qabul qildi. Ayniqsa, mamlakat istiqboli va millat kelajagi-ni ta'minlash, har tomonlama yetuk yoshlami tarbiyalash, iqtidorli yoshlami rag'batlantirish maqsadida 1993-yilda Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Yoshlar jamg'armasi tashkil etildi. Jamg'armaning aso-siy maqsadi yoshlarning intellektual imkoniyatlarini yanada kengay-tirish, salohiyatli yoshlar kuchini birlashtirish, ularni asrab-avaylash, ilm-fan va madaniyatni rivojlantirishga bo'lgan intilishlarini moddiy va ma'naviy jihatdan qo'llab-quwatlashdan iborat.
2006-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining II Qurultoyi bo'lib o'tdi. Unda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan kelgan 600 nafar delegat ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari Markaziy Kengash raisi Akrom Ali-movning hisoboti hamda joylardagi Konferensiyalar davomida bildirilgan ko'pdan ko'p taklif va fikr-mulohazalarga asoslanib, yoshlar-ning talab va istaklaridan kelib chiqib tayyorlangan dastur va Nizom loyihasi bo'yicha ma'ruzani muhokama qildilar. Qizg'in muhoka-malardan so'ng «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Dastur va Nizomi loyihasi bildirilgan fikr va takliflami hisobga olgan holda tasdiqlandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktabrdagi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatini qo'llab-quwatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish to'g'risida»gi qarorining joylarda bajarilishini o'rganish, joylarda yoshlar bilan olib borilayot-gan ishlar darajasini, yoshlaming mavjud muammolari va ularni hal etish ahvolini tahlil etish maqsadida tashkil etilgan Ishchi guruhlari 2007-yirning 12-25-fevral kunlari Respublikamizning barcha viloyatlarida bo'lishib, joylarda yoshlar bilan ishlash darajasini, bu bora-dagi mavjud muammolarini (ularning yechimini ham) tahlil etishdi, pirovardida yoshlaming mamlakat miqyosida yechimini kutayotgan muammolari, jumladan, harakat oldida turgan dolzarb masalalarni o'rganib, joylarda tegishli tashkilotlar bilan bu borada hamkorlikda faoliyat yuritish chora-tadbirlari belgilandi.
Iste'dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib, xo-rijiy mamlakatlarda o'qib, dunyoviy tajribalarni, jahon taraqqiyotini o'rganishlari maqsadida 1997-yil 7-yanvarda «Umid» jamg'armasi tuzildi.
Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 20-noyabrda bo'lib o'tgan sessiyasida «O'zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyo-satining asoslari to'g'risida» Qonun qabul qilindi. Bu qonunda yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi belgilanib «Yoshlarga oid siyosat O'zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo'nalishi bo'lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijtimoiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo'lida imkon boric-ha to'la-to'kis ro'yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan sharoitlar yaratish hamda ularni kafolatlashdan ibo-ratdir», - deyiladi. Shuningdek, ushbu hujjatda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo'ljallangan tashkiliy tadbirlar ham ko'zda tutildi. Qonun esa 1992-yil 1-yanvardan kuchga kirdi. Korxo-na, muassasa va tashkilotlar bu borada aniq amaliy tadbirlar belgiladi-lar. Respublikada qonunning bajarilishiga katta e'tibor berildi.
Xorijda o'qib kelgan yosh mutaxassislaraing har ikki yilda o'tkaziladigan ilmiy konferensiyasi an'anaga aylanib qoldi. Birgina 2006-yili «Iste'dod» jamg'armasi homiyligida o'tkazilgan ilmiy anjumanda 500 ga yaqin yosh mutaxassis o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. 5 ta yo'nalishda o'tkazilgan ushbu anjumanda g'oliblar 5 ta amaliy mukofot bilan taqdirlanishdi.
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonday yoshlar mamlakatida yoshlar siyosati, ularga katta ishonch sifatida qaralishi millat istiqbo-liga yuksak ishonch borligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |