3-MAVZU: O'ZBEKISTONDA MA'NAVIY-RUHIY POKLANISH VA MILLIY QADRIYATLARNING TIKLANISHI.
REJA:
1. Milliy g'oya
2. Ma'naviy inqirozdan chiqish
3. Milliy istiqlol va Amir Temur omili
5. Yangi jamiyat qurishda ta'lim va tarbiya
6. Jismoniy tarbiya va sport
Tayanch tushunchalar:
Ma’naviy meros, madaniy taraqqiyot, “Oltin Meros” jamg’armasi, ma’naviyat va a’rifat markazi, milliy qadriyatlarning tiklanishi, milliy istiqlol mafkurasi, milliy g’oya, ta’lim-tarbiya tizimi.
Asosiy adabiyotlar.
Karimov I. A O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T.: «O’zbekiston», 1995.
Karimov I.A Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: «O’zbekiston», 1997.
Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin. T.: «O’zbekiston», 1998.
Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch». T.: 2008.
Karimov I. A. Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga na’muna bo’laversin. Asarlar, 4-jild, T., «O’zbekiston», 1996.
Jo’rayev N. O’zbekiston tarixi. (Milliy istiqlol davri). 3-kitob. –T., “Sharq”, 2011.
O’zbekistonning yangi tarixi. 3-kitob, Mistaqil O’bekiston tarixi. –T.: “Sharq”, 2000.
Qo’shimcha adabiyotlar.
Vatan tuyg’usi . T., «O’zbekiston», 1996.
O’zbekiston tarixi va madaniyati. T., «O’qituvchi», 1992.
Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O’zbekiston», 2001.
Ma’naviy yuksalish yo’lida. (Mualliflar jamoasi). Toshkent, «Ma’naviyat», 2008.
G`ofurov E. Toshev S. Mustaqillikning ma`naviy zaminlari. Qarshi,1994.
Milliy g'oya
1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublikamizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo'lganligi tufayli jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va hurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yarat-di. Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qarashni taqozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlami, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. O'zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi edi. Bu hoi tabiiy ravishda kishilarning siyosiy ongi oshishiga olib keldi. Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qolishdi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo'lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka barham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma'naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g'oyani yaratish zarur edi.
1992-yil 2-iyulda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashihing O'ninchi sessiyasi hujjatlarini alohida ta'kidlash lozim. Unda Prezident respublika hukumati o'tkazayotgan ichki va tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlari, O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol haqida axborot berdi. Ma'ruzada Prezident bozor munosabatlariga o'tishda muqarrar tarzda hisobga olinadigan ijtimo-iy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e'tibor berdi. Jumladan, u O'zbekiston Respublikasi o'z taraqqiyotining yangi davriga kirganiga, kishilarda shubhasiz yangi tafakkur va dunyoqarashni shakllantirishni talab qila boshlaganiga e'tiborni qaratdi. O'z fikrini rivojlantirib, Prezident awalgi yakkahukmron mafkura mulkka munosabatda egasizlik tushunchalarini kishilar ongiga singdirib kelganini, u tadbirkorlikka yo'l ochmasligini ta'kidladi.
Haqjqatan ham sho'rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik, boshqacha qilib aytganda, boqimandalik rushunchasini, ya'ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi. Bunday yondashish kishilarda tashabbusni bo'g'ib qo'yardi. 1992-yil 1-sentabr arafasida O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning «O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» deb atalgan kitobining nashrdan chiqishi katta voqea bo'ldi. U mamlakat ma'naviy va siyosiy hayotida muhim qo'llanma sifatida kutib olindi. To'g'ri, shu vaqtga qadar O'zbekistonda mustaqillik haqida, u yoki bu tarzda gaplar bo'lgan. Biroq, mustaqillikni qo'lga kirilish, uning nazariy, iqtisodiy va ma'naviy jihatlari, istiqlolni mustuhkamlash yo'llari bu darajada atroflicha talqin qilinmagan edi. Ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng ham kimdir his-hayajon bilan, ba'zilar og'ir-vazminlik bilan istiqlol haqida fikr yuritdi. Asarning «Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy negizlari» deb atalgan bobida O'zbekistonni yanada rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta negizga asoslanishi, ya'ni:
umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
xalqimizning ma'naviy merosini saqlash va rivojlantirish;
inson o'z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi;
vatanparvarlik - istiqlol mafkurasi uchun asos bo'luvchi qoidalar sifatida ko'rsatilib berilgani fikrimizning tasdig'idir.
Har qanday jamiyat taraqqiyoti xalq dunyoqarashini hisobga olmasa, taraqqiyot asoslari uning ma'naviy qadriyatlariga, moddiy manfaatlariga mos kelmasa bunday jamiyat tanazzulga uchrashi ta-biiy. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov o'z mamlakali istiqboli haqida fikr yuritar ekan, «Mustaqil O'zbekistonning kuch-qudrat manbayi xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidadir. Xalqimiz adolat, tenglik, ahil qo'shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaklarini asrlar bo'yi avaylab-asrab kelmoqda. Prezident I. Karimov o'zining ikkinchi kitobini «O'zbekiston - kelajagi buyuk davlat» nomli asarini yaratdiki, kitobda keyingi yillarga xos bo'lgan ba'zi bir xususiyatlar, qadri-yatlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, xalq ongida keskin o'zgarish yuz bergani, istiqlol tufayli ona-zaminga, Vatanga mehr-muhabbatli munosabat shakllana boshlanganligi qoniqish bilan qayd qilinadi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbida, fe'1-atvorida andishasizlik va nihoyat o'zligini anglamaslik nuq-sonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa parokandalikni, beqarorlikni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayzu tarovat qolmaydi.
Umumiy g'oya atrofida birlashish, umummanfaat yo'lida bir-lashib kurashish maqsadlar yaxlitligini, intilishlar uyg'unligini ko'rsatadi. Bu o'zbek xalqi uchun azaliy fazilat, an'anaga aylangan muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy qiyinchiliklar bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Ularni sarosimaga solib qo'ydi. Yangi mafkuraning asl mazmuni - yangicha, erkin fikrlaydigan, mutelik va jur'atsizlik tuyg'usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashdir». Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy dasturni yo'lga qo'ymoq kerak», - degan fikrni ilgari surdi. Prezidentaing bu ko'rsatmasi asosida O'zbekiston Fanlar Aka-dcmiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi o'z qarashlarini ishlab chiqdi va uni «O'zbekistonda ijtimoiy fanlar» juraalida e'lon qildi.
Ko'ppartiyaviylik sharoitida mafkuralar xilma-xilligi, g'oyalar (urlichaligi tabiiy hoi. Aksincha bo'lishi mumkin emas. Bu jamiyati-mizda sog'lom fikrlar yashovchanligining qonuniy va amaliy ifodasidir. Har bir fuqaro mustaqilligi va shaxs erkinligi asosida ularning o'z qarashlariga mos holda ma'lum bir ijtimoiy guruhlar atrofida birlashib yashashi huquqiy demokratik davlatning barkamollik da-raj asidir. Ana shu xilma-xil g'oyalarni umumxalq va umumdav-lat manfaatlari yo'lida birlashtiruvchi milliy istiqlol mafkurasidir. O'zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi Markaziy Kengashining 1993-yil 27-dekabrida bo'lib o'tgan IX plenumida mazkur masala keng muhokama qilindi. Partiyaning milliy istiqlol mafkurasi doirasida o'z qarashlari va nuqtayi nazari asosidagi nusxasi qabul qilindi. Bu hujjat uning barcha quyi tashkilotlariga o'rganish va hayotga tatbiq etish uchun tarqatildi.
Milliy istiqlol mafkurasining nazariy jihatlari Prezident LA. Karimovning, ayniqsa, keyingi yillardagi nutq va risolalarida atrof-licha yoritib berildi. Xususan, 1995-yil 24-fevralida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida «O'zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari» mav-zuyida keng qamrovli ma'ruza qildi.
Awalo ushbu risola o'zining nazariy jihatdan puxta, rivojlani-shimizga doir amaliy taklif va mulohazalarga boy qo'llanmaliligi bilan xarakterlidir. Darhahiqat, kitobchada mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinadi, bugungi ijtimoiy siyosiy hayotga tav-sif beriladi, ichki va tashqi siyosatga doir vazifalar oydinlashtiriladi. Bir so'z bilan aytganda xalqimiz XXI asrga qanday o'tadi, degan savollarga aniq javob beriladi.
Tarixan qisqa vaqt ichida sovet davridagi eski ma'muriy-buyruqbozlik tizimiga barham berildi, milliy davlatchilikni shakl-lantirishning huquqiy asoslari yaratildi, davlat hokimiyatining qo-nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlari tashkil etildi, ijtimoiy va fuqarolik institutlari faoliyati yo'lga qo'yildi, iq-tisodiyotni erkin bozor munosabatlariga o'tkazish jarayoni amalga oshirildi.
Bugun yangicha fikrlaydigan, o'z kelajagini jamiyatda demok-nilik qadriyatlarni mustahkamlash bilan, mamlakatimizning kela-Itgini jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi bilan bog'liq holda ko'radigan yangi avlod vakillari hayotga kirib kelmoqda.
Bu esa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub siyosiy, iq-ii lOdiy, ma'naviy-ma'rifiy o'zgarishlarni ortga qaytarib bo'lmasligi, Ulnhotlar muqarrarligining ishonchli kafolatidir.
Xullas, Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o'rin tutgan ush-bu davrda torn ma'noda tub o'zgarishlar amalga oshirildi, xalqaro mtmosabatlarning teng huquqli subyektiga aylangan, jahon hamja-iniviitida o'zining munosib va mustahkam o'rniga ega bo'lgan -<»' /lickiston deb atalgan yangi demokratik davlat barpo etildi. Bugun luiit sliu mustahkam poydevor asosida mamlakatimizni jadal isloh i i li va modernizatsiya qilishning yangi davri - milliy taraqqiyoti-ini/ning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |