3-mavzu: O'zbekistonda ma'naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi. Reja


Milliy istiqlol va Amir Temur omili



Download 104 Kb.
bet3/5
Sana09.07.2022
Hajmi104 Kb.
#765921
1   2   3   4   5
Milliy istiqlol va Amir Temur omili
Bugun biz mustaqillik mohiyatini, uning jamiyat taraqqiyoti-da tutgan o'rni hamda xalq turmushidagi beqiyos ahamiyatini ulug' bobokalonimiz sohibqiron Amir Temur orqali yana ham chuqurroq anglamoqdamiz.
Mustaqilligimizning 5 yilligi va Amir Temur tavalludining 660 yillik tantanalari bir-biriga ulanib ketdi. Bu tarixiy haqiqatning yu-zaga chiqishi ajdodlarimizning muqaddas ruhi va bugungi avlod xohish-irodasining mushtarakligidan dalolat beradi. Biroq, bu kun-larga yetib kelish oson bo'lmadi.
Shunisi quvonchliki, o'zbek xalqining bag'riga ozodlik shamoli lekkan ilk yillardanoq, YuNESKO Amir Temurning insoniyat tari-xidagi ulkan xizmatlarini jahon ahliga tanitishga O'zbekiston hukumati bilan birgalikda jonbozlik ko'rsata boshladi. Bu, birinchidan, ulug' bobokalonimizning jahon tarixidagi beqiyos nufuzidan dalo-lat bersa, ikkinchidan, millat sha'ni, uning tarixiy shavkatini tiklash yo'lida Prezident Islom Karimov sa'yi harakatlarining natijasidir. YuNESKOning o'sha paytdagi bosh direktori Federiko Mayor bilan O'zbekiston rahbarining amaliy muloqotlari va hamkorligi bugun o'zbek millati dovrug'ini olamga taratishga xizmat qilmoqda.
Bundan 600 yilcha burun Ispaniyaning mashhur o'g'loni Rui Gonzales de Klavixo do'stlik elchisi maqomida Samarqandga tashrif buyurib, vataniga qaytgach, yurtimiz haqida o'z taassurotlarini e'lon qilgan edi. O'shanda nafaqat Ispaniya, balki butun Yevropa Klavixo asari orqali Turkiston va uning madaniyati borasidagi o'z tasawur-larini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo'lgandi.
Amir Temur shaxsiyatining bugungi kundagi mazmuni va be­qiyos mohiyati shundaki, Sohibqiron siymosi bir tomondan buning avlodda o'z o'tmishi bilan faxrlanish, ma'naviy ildizlarini topib olish, erkinlik qadriyatini tushunishga va kelajakka ishonch bilan qarashga da'vat etsa, ikkinchi tomondan, dunyoning qaysi hnichagida bo'lmasin ozodlik, yuksak madaniyat va taraqqiyotning i|iulriga yetuvchilarning o'zaro yaqinlashuviga xizmat qiladi.
1996-yil dekabrda Prezident I. Karimov «1996-yilni Amir [lemur yili» deb atash to'g'risida Farmon qabul qildi. «Temur tii/uklari» bir necha tillarda chop etildi. O'sha davr tarixiy ma-«hiniy yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi.
Muqaddas qadamjo - Amir Temur maqbarasi ta'mirlandi. Juda qisqa fursatda, bobokalonimizning dunyoviy sha'ni va shavkatiga Yuov keladigan Temuriylar muzeyi qurildi. 1996-yilning 22-24-aprel kunlari YuNESKO doirasida Parijda o'tkazilgan xalqaro tadbirlar ja-Iuin madaniy hayotida muhim va yorqin voqea sifatida baholandi. Turkiya, Eron va Qirg'izistonda Konrad Adenauer va Xalqaro Amir Temur jamg'armasi hamkorligida ilmiy anjumanlar o'tkazildi. Bu-lar mohiyat e'tibori bilan bevosita O'zbekiston davlati va xalqining milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ichki va tashqi siyosatining yaxlit mazmunini belgilaydi.
O'zligini to'la-to'kis namoyon qilib, umumjahon taraqqiyotiga butun borlig'i va imkoniyatlari bilan qo'shilish uchun millat eng avvalo ozod bo'lmog'i darkor. Chunki, erkinlik millat nimalarga qo-dirligini ko'rsatuvchi qudratli omildir. Sohibqiron Amir Temur davri biz uchun xuddi ana shu jihatdan ham xarakterli. Shuning uchun biz Amir Temur siymosiga murojaat qilamiz, uning tarixi va merosini har tomonlama o'rganamiz.
Amir Temur siyosatshunoslik va davlatchilik falsafasi tarixida yangi dunyoqarashga asos soldi, uni amalda tatbiq etdi. U ilgarigi davrlardan farqli holda jamiyat barcha tabaqalarining haq-huquqlari va manfaatlarini inobatga olib, ularning hayoti uchun zarur ijtimoiy zaminni vujudga keltirdi. Har bir toifaning haq-huquqlari, burch va majburiyatlari o'ziga xos qonun bilan kafolatlab qo'yildi.
Sohibqironning ulkan xizmatlaridan yana biri uning davlat bosh-qaruvini tashkil qilishi bilan bog'liq.
Amir Temur eng oliy davlat idorasi maqomida qurultoyni bel-gilagan edi. Bugungi tushunchadagi kongress, assambleya, majlis, syezd kabilarga to'g'ri keladigan ushbu siyosiy institut boshqaruv mahkamasi va davlat ahamiyatiga molik bo'lgan eng asosiy masala-larni hal etib, unda saltanatdagi barcha yirik siyosiy, iqtisodiy, harbiy va madaniy soha namoyandalari ishtirok etganlar.
Amir Temur jamiyat va davlat boshqaruvida hokimiyat bo'linishi haqida fikr yuritar ekan, tadqiqotchilar uni XVIII asr muta-l.ikkiri Monteskening hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov idoralariga bo'linishi haqidagi ta'limotiga mos kelishini lu'kidlaydilar.
«Tangri taoloning dini va Muhammad mustafoning shariatiga diinyoda rivoj berdim». Sohibqironning birgina ana shu so'zi uning I nil un saltanatining ezgulik va yuksak ma'naviyatga asoslangan g'oyasini, siyosiy va ijtimoiy mazmunini belgilaydi. Uning islom diiiiga munosabati xalq manfaatlariga mos keladigan, uning taqdirini lulgilaydigan ulkan hodisadir.
Dunyo me'morchilik san'atining gultoji bo'lgan osori atiqa-lni Go'ri Amir, Bibixonim, Zangi Ota, Xoja Ahmad Yassaviy maq-btralari Oq saroy va Shohi Zinda majmualari kabi ko'plab ziyorat-gohlar hamda Amir Temurning shariat va tariqat peshvolariga nis-liaian izzat-hurmati uning shaxsiyatining naqadar ulug'vorligini va dtholik qudratini ko'rsatadi.
UNESKO bilan O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada ri-vn|lantirish borasida o'sha kuni yana bir muhim qadam qo'yildi. Q'lha kuni O'zbekiston hukumati va UNESKO o'rtasida imzolan-MB bitim faqat madaniyat, ilm-fan va maorif sohalari muammolari Inlaii cheklanib qolmaydi. U mavjud ekologik, xususan, Orol dengi-i qurishi bilan bog'liq muammolarni hal etishning ilmiy yechimini topilhni ham nazarda tutishi bilan qimmatlidir. Bitimga ko'ra, ko'p i luiay Toshkentda UNESKOning vakolatxonasi ochildi. Qolaversa, iiia/kur xalqaro tashkilotning 1997-yili Buxoro va Xiva shaharlari-iiiiii' 2.S00 yilligini nishonlash to'g'risida qabul qilgan qarori ham mtnt&qa xalqlari madaniy hayotida yana bir tarixiy voqea bo'ldi.
Toshkent. 1996-yil 18-oktabr. Sohibqiron Amir Temur daho-si bizga ajdodlar rahini yod etish, ular xotirasini abadiylashtirish sabog'ini berdi. Aslini olganda o'tganlar xotirasini eslash milliy an'analarimizning, urf-odatlarimizning bir bo'lagi. Hayotimizning har daqiqasida kimlaraidir o'ylaymiz, Allohdan kimlarnidir qo'llab, ruhini shod etishni tilaymiz. Ammo Amir Temur bu borada ham no-yob insoniy fazilatning betimsol namunasi sifatida shuhrat qozongan ulug' zotdir. U nimaiki ish qilgan bo'lsa, barchasini iymon-e'tiqod, insof va adolat yuzasidan qildi. Ulkan allomalar, avliyo-yu anbiyo-larga ehtirom ko'rsatib, ularning aqidalari va ta'limotlarini qo'llab-quwatladi.
Amir Temurning ota-bobolarimiz xotirasi yo'lida sarflagan kuch-g'ayrati, ko'rsatgan mehr-muhabbatini davom ettirish, lining muruwatiga muruwat bilan javob berish, ajdodlar uzviyligini asrab-avaylash navbati bizga keldi.
1996-yilning 18-oktabr kuni. Muborak juma tongi. Bu kun eng ezgu tilaklar, orzu-umidlar ifoda etiladigan, Yaratganga shukro-nalar aytib, hayot qadri e'zozlanadigan muqaddas kun.
1996-yilning 18-oktabri. Muborak juma kuni. Bu kun mustaqil-ligimiz tarixiga alohida sana bo'lib qo'shiladi. Chunki, xuddi shu mo'tabar kunda bobokalonimizning shon-shavkati, tarixiy adolat bu-tim mamlakatimiz - mustaqil O'zbekiston davlatida qayta tiklandi. Amir Temurning qadr-u qimmati xalqaro miqyosda joyiga qo'yildi. Xalqimiz boy o'tmishi, jahonni lol qoldirgan tarixi, beqiyos mada-niyati, ulug' ajdodlari merosini yana bir bor jahonga namoyon qildi. Bu buyuk kelajak sari sobitlik bilan borayotgan xalqning ma'naviy hayotida unutilmas ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
Bu o'rinda xalqimizning azaliy qadriyati, sevimli bayrami hisob-lanmish «Navro'z» bayramini xalqimizga qaytib berilishi mamlakat lai ixida katta voqea bo'ldi. 1991-yildan boshlab mamlakatda Prezi-dcnt Farmoniga ko'ra, 21-mart - Navro'z umumxalq bayrami sifatida nishonlanadigan bo'ldi. Darhaqiqat avlodlarimiz Navro'zni juda muqaddas bilganlar, uni g'oyat qadrlaganlar. Shuning uchun ham bu shodiyona kunlar-da inson dilini og'ritish juda qattiq gunoh hisoblangan. Bir-birlarini muborak ayyom bilan qutlab, yaxshi tilaklar izhor etganlar. Gina-kuduratlar unutilgan, adovat o'rniga ezgulik tuyg'ulari jo'sh urgan.
Agar biz bosib o'tilgan istiqlol yo'limizga bir nazar tashlaydigan ho'lsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, dav-l.ii va diniy tashkilotlar o'rtasidagi aloqalarni to'g'ri yo'lga qo'yishga ilnliida e'tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko'ra, O'zbekiston dun­yoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib, dm davlatdan ajratilgan bo'lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xu-Niisan, O'zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an'analarga cgu mamlakatda bu borada g'oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o'z vaqtida to'g'ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko'p millatli mamlakatimizda hech i|aysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, .iviii vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og'ir-vazmin, ii/oqni ko'zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan edi: «Din odamzodni hech qachon yomon yo'lga boshlamaydi. Bu dunyoning o'tkinchi ekanini la'kidlab, odam bolasini hushyor bo'lishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Mustaqillik sharofati bilan «Islom nuri» haftanomasi dunyoga keldi, ko'plab diniy-axloqiy adabiyotlar chop etila boshlandi. Jumla-dan, imom Buxoriyning to'rt jilddan iborat, imom Termiziyning bir jildli hadis kitoblari, boshqa allomalarning qator asarlari yuz ming-lab nusxalarda chop etildi. Qur'oni Karim sakkiz marta, jami bir million nusxada nashr etildi. Bu muqaddas kitob yurtimizda ilk bor Alouddin Mansur tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilindi va uch marta, jami 300 ming nusxada bosmadan chiqarildi. Bundan tash-qari, hadis va shar'iy ilmlarga doir ko'pgina asarlar ona tilimizga o'girildi va ming-minglab nusxalarda chop etildi.
2004-yili esa Toshkent Islom Universitetida Qur'oni Karimning «Iimvh Abdulaziz Mansur tarjimasida izohli va maxabatli nashri tay-vni Iniuli hamda chop etildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 19-mnydagi qarori bilan Toshkent shahrida islom ta'limoti va falsafa-Yp1, o'zbek xalqining diniy, tarixiy va madaniy merosini chuqur V rganish maqsadida Xalqaro islom tadqiqot markazi tashkil etildi.
O'zbekiston musulmonlari erkinlik va irnkoniyatlarga ega lio'lmoqdalar. Ular bevosita hukumat yordamida har yili muqaddas 11.11 va Umra amallarini ado etish imkoniyatiga erishdilar. 1991-'007-yillarda 50 mingdan ziyod hamyurtlarimiz ana shu muqaddas i|adamjolarni tavof qilib qaytish sharafiga muyassar bo'ldilar. Bir-Kina 2006-yilning o'zida 5 mingga yaqin musulmonlar Makkai ti­pa v vara va Madinai mukarramaga safar qildilar.
Ko'p millatli mamlakatda dinga munosabataing o'ziga xos to-monlari bor. Aholining turli tabaqalarini umumiy maqsadlarni amal­ga oshirishga safarbar etish, diniy mahdudlik va aqidaparastlikni ayj oldirmaslik, jamiyat a'zolari o'rtasida yagona zamin, yagona raa-kon taqdiriga javobgarlik hissini kuchaytirish kabi vazifalar siyosiy arbobdan g'oyat mas'uliyat va mulohaza bilan ish yuritishni talab qiladi. Jumladan, millatlararo munosabatlarni barqaror saqlash va rivojlantirishda din omili muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda O'zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar, krishnaiiImi. luiddistlar, pyatidesyatniklar, Iyegova xudosi shohidlari, yangi huvvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va maz-heblur mavjud.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent va O'rla Osiyo arxiyepiskopi Vladimirning Svyato-Uspenskiy kafed-i>il sobori qoshida diniy-ma'muriy markaz tashkil etish va 1996-yil BOyabr oyida Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to'g'risidagi muiojaatini qo'llab-quwatladi va bu haqda alohida qaror qabul qildi.
O'zbekiston Respublikasipoytaxti Toshkentga 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti maqomining berilishi xorijiy mamlakatlarning Ihshkentdagi diplomatiya vakolatxonalari hamda xalqaro tashkilot-1,4 vnkolatxonalari rahbarlari tomonidan keng va qizg'in sharhlandi.


Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish