O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
AKADEMIYA
M. A. RUSTAMOV, M. I. ASRIYANS
INGLIZ TILI GRAMMATIKASI
Toshkent 2006
81.2
Англ
.
я
73
R–88
R–88
Rustamov M. A., Asriyans M. I.
Ingliz tili grammatikasi: O‘quv qo‘llanmasi. –
T.: O‘zbekiston
Respublikasi IIV
Akademiyasi, 2006. – 111 b.
O‘quv qo‘llanmada hozirgi zamon ingliz adabiy tilida faol
ishlatiladigan grammatik hodisalar, modellar va konstruk-
siyalarning yasalishi qoidalari va qo‘llanish holatlari
bayon
qilingan.
Qo‘llanma ingliz tilini o‘rganayotgan barcha kitobxonlar
uchun mo‘ljallangan.
ББ
K 81.2
Англ
.
я
73
Taqrizchilar:
filologiya fanlari doktori, professor
A.A. Abduazizov;
yuridik
fanlari nomzodi
A. Rahmonov
.
© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2006 y.
3
SO‘Z BOSHI
Ma’lumotnoma O‘zR IIV Akademiyasida chet tili
sifatida ingliz tilini o‘rganuvchi talabalarga mo‘ljallangan
bo‘lib, Akademiya tinglovchilari uchun tuzilgan “ingliz tili”
fanidan namunaviy o‘quv
dasturida nazarda tutilgan
grammatik mavzular asosida tuzilgan. Qo‘llanmani
tuzishda ingliz tili grammatikasiga oid zamonaviy ilmiy
adabiyotlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi.
Grammatik hodisalarning sharhlarini berishda hozirgi
o‘zbek adabiy tilining xususiyatlari hisobga olingan. Ingliz
tilida qotib qolgan va so‘zma-so‘z
tarjima qilib
bo‘lmaydigan grammatik qoliplarning o‘zbek tilidagi
muqobil shakllarini topishga harakat qilingan va zarur
o‘rinlarda izohlar bilan tushuntirib berilgan. O‘quvchilar
uchun qulaylik tug‘dirish maqsadida ishda chizma va
jadvallardan keng foydalanilgan.
Qo‘llanmada ingliz
tilining sodda grammatikasi
doirasida ma’lumotlar berishga harakat qilingan. Unda
ingliz tilidagi ot, olmosh, son, sifat, fe’l kategoriyalariga oid
hamda sifatdoshlar, modal fe’llar, bog‘lovchi va old
ko‘makchilar (predloglar), gapdagi so‘zlar
tartibi kabilar
haqida til o‘rganuvchilar uchun zarur ma’lumotlar
keltirilgan.
Qo‘llanmaga so‘z yasovchi qo‘shimchalar va noto‘g‘ri
fe’llar ro‘yxatlari ilova qilingan. Noto‘g‘ri fe’llar ro‘yxati
ikkita jadvalda berilgan. Birinchi jadvalda hozirgi, o‘tgan
zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllari turlicha bo‘lgan
noto‘g‘ri fe’llar o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi jadvalga har
uchchala yoki ikkinchi va uchinchi shakllari bir xil bo‘lgan
noto‘g‘ri fe’llar joylashtirilgan.
Qo‘llanma mualliflari ishda uchrashi mumkin bo‘lgan
kamchiliklar uchun oldindan uzr so‘ragan holda mazkur
qo‘llanma haqida bildirilgan har qanday
tanqidiy fikrlarni
minnatdorchilik bilan qabul qiladilar.