Ma'naviy inqirozdan chiqish
O'zbekiston mustaqillikka erishgandan keyingi dolzarb muam-inoliirdan biri - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishi-liiini larbiyalash edi. Bu o'z navbatida bir necha o'n yillar mobay-iiulii yctarli darajada xalqqa ma'lum qilinmagan, sinfiy-partiyaviy milkura tomonidan taqiqlangan o'zbek xalqining ma'naviy mcrosini tiklash va uning yanada kamol topishi uchun keng imkoinyatlar ochish kerak edi.
Ma'lumki, 80-yillarning oxiri 90-yillarning boshlarida SSSR va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik tuzum davlatlarining ijtimoiy-siyosiy hayotida sodir bo'lgan o'zgarishlar tabiiy ravishda O'zbekistonda demokratiya va oshkoralikning qaror topishiga, tari-xiy haqiqatning tiklanishiga olib keldi.
Qariyb bir yarim asrlik mustamlakachilik o'zligimizni yo'qo-tishga olib keldi. Sobiq markazga siyosiy-iqtisodiy va ma'naviy qaramlik jumhuriyat ijtimoiy-siyosiy taraqqiyoti uchun, milliy, madaniy-ma'rifiy ravnaqi uchun to'siq bo'ldi.
Madaniy merosni, olis o'tmishni chuqur o'rganmasdan turib istiqbolni belgilab bo'lmaydi. Kelajakka intilish uchun o'tmishni o'rganish, tajribalarni o'zlashtirish darkor. Lekin, bunda bir yoqla-malikka yo'l qo'yib bo'lmaydi. O'tmish madaniyatini xaspo'shlash ham, ideallashtirish ham mumkin emas. Olimlar va mutaxassislar istiqlol yillarida fanning turli sohalarida madaniy merosni chuqur o'rganishga, unga xolisona baho berishga harakat qildilar.
1994-yihii hukumat qarori bilan Ulug'bek yili, deb e'lon qilinishi, uning 600 yilligini O'zbekistonda va jahon miqyosida, xu-nusan, YuNESKO qarorgohi Parijda keng nishonlanishi ham buyuk «llomalar qoldirgan meros umuminsoniy qadriyatga aylanganligi iiishonasidir.
Bundan tashqari, O'zbekistonda har yili Bobur, Mashrab, Oga-hiy, Furqat, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi ulug' shoir va ma'rifatparvarlar kunlarini o'tkazish an'anaga aylanib qoldi. Masalan, 1992-yil may oyida mamlakatimiz poytaxtida bosh-langan Mashrabxonlik kunlari uning vatani Namanganda keng nishonlandi. Ushbu shaharda uning nomi bilan ataluvchi katta istirohat bog'i barpo etildi.
Birgina shu emas. Xalqimizning ulug' daholari, jahon madani-yati ravnaqiga katta hissa qo'shgan, insoniyat tafakkurida keskin bu-rilish yasagan bobokalonlari kuni har yili turli shaklda nishonlanadi. Dunyoda hech bir xalq o'zbeklarchalik buyuk madaniy va ma'naviy merosga ega emas. Endi mustaqillik tufayli ana shu ulkan xazinani ochish, uni o'rganish, undan bahramand bo'lish imkoniyati tug'ildi. Xalqimiz bundan foydalanish yo'lidan bormoqda.
Mustaqillik yillarida Cho'lpon, Fitrat, Behbudiy, Fayzulla Xo'jayev, Ogahiy, Ajiniyoz, Berdaq singari madaniyat va jamoat arboblari yubileylarini o'tkazish yuzasidan ko'rilgan chora-tadbirlar ham ma'naviy hayotdagi muhim qadamlardir.
Xususan, hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil 17-dekabr kuni Xorazmda Muhammad Rizo Erniyozbek o'g'li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 18-dekabr kuni esa Nukusda Ajiniyoz Qo'siboy o'g'li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil 24-oktabr kuni esa Farg'onada Ahmad al-Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlandi.
Xususan, shu davrda Behbudiyning «Padarkush» asari, Fitrat-ning «Qiyomat» qissasi va «Abulfayzxon» tarixiy dramasi nashr qi-lindi. Cho'lponning ayrim she'rlari «Guliston» jurnalida, «Kecha va Hunduz» asari esa «Sharq yulduzi» jurnalida e'lon qilindi. Keyinroq nl ii alohida kitob holida nashr etildi.
Mamlakat ma'naviy hayotini yanada yaxshilashda 1994-yil 23-Mprelda qabul qilgan «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik Markazini tashkil etish to'g'risidagi Prezident Farmoni muhim ahamiyatga ega bo'ldi.
Ma'naviyat markazi nisbatan qisqa vaqt ichida turli sotsialo-llik tadqiqotlar, so'rovlar o'tkazish orqali ma'naviy-ma'rifiy ishlarni lushkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqdi.
Ma'naviyat va ma'rifat masalalarini bevosita jamoatchilik yoii bilan rivojlantirishga katta e'tibor berilayotgani bu mazkur soha rav-naqiga ommaviy xalq harakatini kuchaytirish bilan birga, mamlakat har bir fuqarosi ongi va tafakkurini amaliy faoliyat asosida kengayti-rishdek eng samarali usuldir.
1996-yil 4-sen-inl'ida «Ma'naviyat va ma'rifat» markazi xodimlarining bir gu-nilii bilan uchrashuvi, ular bilan dildan suhbatlashuvi, ma'naviy vn madaniy hayotda katta voqeadir. Ayni chog'da 9-sentabrda '•Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada liikomillashtirish to'g'risida» yana bir Farmon qabul qilinganligi ham xalqning ma'naviyatini yanada yuksaltirishga, noyob namu-IJilarni to'plashga, avaylab-asrashga, kishilarni o'z vataniga china-kum sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgandir.
2006-yili esa hukumat qarori bilan Ma'naviyat va ma'rifat mar-kir/i Ma'naviyat targ'ibot markaziga aylantirildi. Uning ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot faoliyati va vakolatlari kengaytirildi, hozirgi kun I lidyojlariga mos ravishda isloh qilindi. Mustaqillik butun hayotimizni ostin-ustun qilib, uzluksiz mudmqlikdan uyg'otib, qarashlarimizni o'zgartirib yuborgani kabi mirnaviyatga munosabatlarimizni ham isloh qildi.
Mustaqillik yillarida ma'naviy poklanish haqida gap ketganda O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilishi va uning ahamiyatiga ham kitobxon e'tiborini tortish lozim.Davlat tili haqidagi Qonun qabul qilinganidan keyingi yillar mo-baynida respublikada katta ish qilindi. O'zbek tilini davlat hokimi-yati va boshqaruv organlarida, sudlarda, davlat notarial idoralarida qo'llash to'g'risidagi moddalar ro'yobga chiqarildi.
O'z kuchi va kelajagiga ishongan xalqning bag'ri keng bo'ladi. O'zbekistonning mustaqilligi va taraqqiyoti puxta ta'minlangan, xal-qimiz o'zining buyuk kelajagini dadil bunyod etayotgan bugungi kunda mustahkam zamin yaratmasdan turib, shoshmashosharlik qi-lislming zarurati yo'q.
Ko'rilayotgan choralarga qaramay, respublikada istiqomat qila-yotgan turli millatga mansub fuqarolaming barchasi o'zbek tilini tez va erkin o'zlashtirib olislini ta'minlaydigan zamonaviy uslubi-yotlar, darsliklar va o'quv-ko'rgazmali qo'llanmalar sekinlik bilan yaratilayotgan edi. Rusiyzabon maktablarda va auditoriyalarda ish-lash uchun maxsus tayyorlangan malakali mutaxassislar - o'zbek tili o'qituvchilari ham yetarli emas edi.
Taklif etilayotgan tadbirlar hamma yerda ancha uyushqoq-hk bilan, ortiqcha xarajatlarsiz davlat tiliga o'tish imkonini beradi. O'zbekistonda ba'zi mamlakatlardagidan farqli o'laroq, tilga yoki bosliqa belgilariga doir biron bir cheklash yoki senzlar belgilani-•ihi istisno etiladi. Bu xalqimiz ko'z qorachig'idek ardoqlayotgan barqarorlikni, fuqarolar tinchligini va millatlararo totuvlikni yana-• la mustahkamlashga ko'maklashishini hisobga olib O'zbekiston Ucspublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi sessiyasida O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi Qonun yangi lahrirda qabul qilindi.
Bu ham mamlakatimizda aholining ma'naviy barkamolligi gehun xizmat qiluvchi bir omil sifatida ahamiyatga ega bo'ldi.
Prezident I. Karimovning 2008-yili nashr etilgan «Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch» nomli kitobi esa mustaqillik yillarida shakllangan milliy g'oya asosida yuksak ma'naviyatni, barkamol ja-miyatni barpo etish borasidagi tarixiy tajribalarning yakuni, bu soha-dagi strategik maqsadlarimizning o'ziga xos konsepsiyasi vazifasini bajarmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |