3-mavzu: O'zbekistonda ma'naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi. Reja



Download 104 Kb.
bet5/5
Sana09.07.2022
Hajmi104 Kb.
#765921
1   2   3   4   5
Jismoniy tarbiya va sport

Jismoniy tarbiya kishilik jamiyati tarixining barcha bosqichlari-da xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo'lib kelgan. Xu-susan, unga O'zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma'naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san'at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo'lgani kabi jis­moniy tarbiyaning mohiyatini yuqori bosqichga ko'targan. Temuriy-lar davrida harbiylarni jismoniy tarbiyalashga alohida e'tibor beril-gan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o'yinlari bo'yicha ko'pgina musobaqalar o'tkazilgan.


O'zbekiston qadimdan milliy o'yinlarga boy. Ayniqsa, «Arg'im-choq», «Bekinmachoq», «Qilichbozlik», «Oq terakmi-ko'k terak», «Ololmaydi-yo, shuginani-yo», «Tortishmachoq», «Chillak» va ho-kazolar keng tarqalgan.
Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 1993-yili 18-martda «O'zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivoj lantirish chora tadbirlari to'g'risida», 1996-yil 17-yanvarda «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomil-lashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» maxsus Qaror qabul qildi.
Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanis-higa va ularning sport turi sifatida xalqaro miqyosda e'tirof etilishi-ga keng imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz shaharlarida milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazildi. Keyinchalik Milliy kurashning unutilayozgan nazariy jihatlari qayta tiklanib, uning asosiy qoidalari mukammal ishlab chiqildi va xal­qaro ekspertlar tomonidan tan olindi. Shunday qilib milliy kura-shimiz xalqaro sport turlaridan biriga aylandi.
1992-yildan Termiz va Shahrisabz shahrida milliy kurash bo'yicha xalqaro musobaqa o'tkazila boshlandi. 1994-yilda Tosh­kentda Tennis saroyi qurilib, unda «O'zbekiston Respublikasi Pre­zidenti sovrini» uchun tennis bo'yicha katta xalqaro musobaqa o'tkazilmoqda. 1992-1996-yillarda O'zbekiston Respublikasi terma jamoalari sport turlari bo'yicha bir qancha jahon va Osiyo chem-pionatlarida muvaffaqiyatli qatnashib keldilar. Jumladan, 1994-yili O'zbekiston Respublikasi sportchilari birinchi marta Yaponiyaning Xirosima shahrida o'tkazilgan XII Osiyo o'yinlarida ishtirok etdilar va ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ular 42 ta medalni, jumla­dan 10 ta oltin, 12 ta kumush, 20 ta bronza medalini qo'lga kiritdilar. O'zbekiston futbol terma komandasi Osiyo o'yinlari chempi-oni bo'ldi. 1994-yilgi qishki Olimpiada o'yinlarida o'zbekistonlik L. Cheryazova oltin medalga sazovor bo'ldi. Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlangan «Xalq o'yinlari» II Res-publika Olimpiadasi 1996-yil 10-11-mayda bo'lib o'tdi.
1996-yil O'zbekiston sporti tarixida alohida o'rin tutadi. O'zbekiston boks federatsiyasi sport bo'yicha yo'riqchisi Artur Gri-goryan o'z vazni bo'yicha Germaniyada o'tkazilgan jahon chempio-natida qatnashib katta yutuqlarga erishdi. U mutlaq chempion «Oltin kamarini» qo'lga kiritdi. Uning sport sohasida yutuqlari mamlakat Prezidenti tomonidan yuksak baholandi.
1996-yil yanvarda Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining qarori-ga muvofiq, jahon sportini rivojlantirishdagi xizmatlari va olimpi­ya g'oyalariga sadoqati uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.
Toshkentda 1996-yil 14-avgustda Olimpiya muzeyi tashkil etil-di. Uni Xalqaro Olimpiya Qo'mitasining Prezidenti X.A. Samaranch mamlakatimiz Prezidenti I. Karimov bilan birga tantanali ravishda ochib berdi. X.A. Samaranchning O'zbekiston sportini rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib taqdir-landi.
Keyingi yillarda sportning eng ommaviy turi - futbolga e'tibor katta davlat siyosatiga ko'tarilganini aytish joizdir. Bu borada «O'zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-maydagi 338-sonli qarori muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu farmonda ko'zda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida bir qator amaliy ishlar qilindi.
Jumladan, Futbol bo'yicha Respublika oliy sport mahorati mak-tabi O'zbekiston futbol Federatsiyasining tasarrufiga o'tkazildi. Fut­bol bo'yicha murabbiylar va hakamlar respublika maktabi tashkil etildi.
Bolalar va o'smirlar futbol maktablarining hamda respubli-kada faoliyat ko'rsatayotgan futbol klublarining ish faoliyati-ni rag'batlantirish va moddiy-texnika bazasini takomillashtirish masalalari bo'yicha O'zbekistonda futbolni rivojlantirish kompleks Dasturi ishlab chiqildi va uning ijrosi nazorat qilib borilmoq-da. Shunday qilib yuqorida sanab o'tilgan muhim amaliy chora-tadbirlar o'z samarasini bera boshladi. Shu o'rinda birgina 2006-yil natijalarini keltirish o'rinlidir. Ushbu 2006-yil Ommaviy sport tadbirlarining taqvim rejasiga asosan sportchilarimiz 300 ta xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, 325 ta oltin, 325 ta kumush, 405 ta bronza, jami 1055 ta medallarni qo'lga kirit-dilar.
2006-yil mobaynida 346 ta respublika musobaqalari va 150 ta o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazildi. Mazkur taqvim reja 2006-yil 28-noyabr - 15-dekabr kunlari Doxa shahrida (Qatar) bo'lib o'tgan XV Yozgi Osiyo o'yinlarida ishtirok etishi, Turino shahrida (Italiya) XX qishki va 2008-yil Pekin shahrida (Xitoy) XXIX Yozgi Olimpi-ya o'yinlariga munosib qatnashish uchun eng muhim bosqich hisob-landi.
Download 104 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish