O‗zbekiston territoriyasida topilgan birinchi numizmatik yodgorlik Eron shohlari
— Ahmoniylar davriga mansub. Bizning eramizdan oldingi VI—V asrlarda bu
podsholik katta territoriyaga ega bo‗lgan edi. Unga Old Osiyo, shuningdek, O‗rta
Osiyoning qadimiy oblastlari - Baqtriya (Tojikistonning janubi va O‗zbekiston,
Shimoliy Afg‗oniston), Sug‗d (Zarafshon va Qashqadaryo vodiysi), Xorazm
territoriyalari kirgan.
Ahmoniylar saltanati satraplarga bo‗lingan bo‗lib, ularni noib — satrap
(mustamlakalarda xo‗jayinlik qiluvchi zo‗ravon amaldor)lar boshqargan.
Bu davrga oid mahalliy tanga pullarni biz hozircha uchratmadik. U davrda
savdo-sotiq ishlari ayriboshlash yo‗li bilan amalga oshirilgan bo‗lsa kerak. Lekin
tarixchi Gerodotning yozib qoldirgan ma‘lumotlariga ko‗ra, Sug‗d, Xorazm,
Baqtriya Ahmoniylarga talant, ya‘ni pul birligida o‗lpon to‗laganlar, lekin bizning
fikrimizcha, o‗lpon aslida pul miqdorida o‗lchangan- u, lekin u naqd pul tarzida
emas, balki ana shu pul miqdoriga teng bo‗lgan natural tovarlar bilan to‗lab
kelingan bo‗lishi ham mumkin. O‗zbekiston hududida XIX asr oxiri XX asrning
boshlarida kolleksionerlardan Ahmoniylarning qator dirik
1
va sikl
2
larini sotib
olinishi, Ahmoniylar davriga mansub tilla hamda kumush pullarni Sug‗d va
Baqtriyaga kirib kelganidan dalolat beradi. Ammo ularni qay tarzda rol o‗ynagani
hozircha noma‘lum.
Eramizdan oldingi IV asrga kelib qisqa vaqt ichida juda katta territoriyani,
shu jumladan, O‗rta Osiyoning ko‗pgina qismini qo‗lga kiritgan Aleksandr
Makedonskiy tomonidan Ahmoniylar imperiyasi ag‗darildi.
Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari o‗rtasida shu nom bilan shuhrat topgan
Ahmoniylar hukmronligidan keyin O‗rta Osiyo hududida mahalliy xalqning g‗oyat
keskin va shiddatli qarshiligiga duch keldi. Ayniqsa, Sug‗d elida Spitamen
boshchiligida ko‗tarilgan xalq qo‗zg‗oloni shu jihatdan xarakterlidir.
Aleksandr Makedonskiy vafotidan so‗ng uning imperiyasi mayda bo‗laklarga
bo‗linib ketdi. Imperiyannng Osiyo qismi Aleksandr Makedonskiyning
sarkardalaridan Selevk asos solgan Selevkidlar davlati tarkibiga kirdi.
Eramizdan oldingi III asr o‗rtalarida Osiyoning Sharqiy oblastlari Selevk
imperiyasidan ajralib chiqib, uning o‗rniga O‗rta Osiyoning Janubiy rayonlarini,
Afg‗oniston va Hindistonning bir qismini o‗z ichiga olgan Yunon -
Baqtriyapodsholigi tashkil topdi.
Hozircha O‗rta Osiyoning na Ahmoniylar davriga, na Aleksandr
Makedonskiy davriga oid tangalari topilmagan. O‗rta Osiyo ulkan imperiya
tarkibiga qo‗shib olingach, umumiy oldi- sotdi savdosida pul joriy etila boshlandi.
Chunonchi, Baqtriyada Selevkidlar davrida hukmdorlar tomonidan pullar chiqarila
boshlandi. Eramizdan oldingi 293—280 yillar mobaynida Baqtriya davlatining
sharqiy oblastlari noibi Selevkning o‗g‗li Antiox birinchi marta pul chiqarishga
asos soldi. Grek madaniyatining yirik vakillari bo‗lmish Selevkidlar tanga pullarini
grek namunasi bo‗yicha zarb etdilar, xususan grek tilidagi yozuvlar va
podshohning aksi tushirilgan tangalar chiqara boshladilar. Baqtriyada chiqarilgan
pullarning nomi ham grekcha edi. Jumladan, tilla pullar stater, kumush tangalar
tetradraxma, draxma, yarim draxma deb atalgan. Hatto pullarning og‗irligi ham
grek og‗irlik o‗lchov birligiga to‗g‗ri kelgan, ya‘ni tetradraxmalar — 16 gr,
draxmalar — 4 gr. ga yaqin bo‗lgan. Kundalik savdoda foydalanish uchun
mo‗ljallangan mis tangalar ham chiqarilgan.
Yunon- Baqtriya podsholigi pullari ko‗pchilik xollarda Selevk an‘analarini
davom ettirgan. Tanganing yuza tomonida podsho rasmi, orqa tomonida esa grek
xudolaridan (Apollon, Artemida, Afina, Gerakl, Zevs, Poseydon va boshqalar)
birining rasmi ifodalangan. Ammo mahalliy ta‘sir ham pul zarb etish ishlarida
sezilarli bo‗lgan. Jumladan, grek xudolarining ba‘zi bir xususiyatlari Sharq
xudolarining ba‘zi jihatlariga o‗xshash holda aks ettirilgan.
Yunon–Baqtriya tangalari medal yasash san‘atining go‗zal namunalari
hisoblanadi. Qichkinagina yumaloq doiraga tushirilgan podsholarning rasmi
bizning .davrgacha yetib kelgan o‗sha hukmronlarning yakkayu-yagona asl,
rasmlari hisoblanadi. Bu rasmlar tarixiy shaxslarning qo‗lyozma manbalarda ifoda
etilmagan qiyofalari va his-hayajonlarini aks ettiradi.
O‗rta Osiyoda zarb etilgan Selevk tangalari juda oz miqdorda topilgan bo‗lsa,
Yunon – Baqtriya tangalari esa aksincha ana shu umumiy miqdorning ko‗p qismini
tashkil etadi. Yunon – Baqtriya kumush tangalari xazinasi (100 donaga yaqin)
Qashqadaryo vodiysining Kitob shahri atrofidan topildi.
Yunon–Baqtriya shaharlarining tangalari mahalliy tanga pullari zarb qilishda
qo‗yilgan birinchi qadamdir. Yunon-Baqtriya tangalarining asosiy o‗lchov
birliklari tetradraxma, draxma(hovuch), obol(to‗rt qirrali sterjen) bo‗lgan.
O‗rta Osiyo xalqlarining xotirasida mangu qolgan birinchi grek nomi
Aleksandr edi. Keyinchalik Salavk va Antiox nomlari bilan tanishganlar, lekin
tezda unitishgan. Sal keyinroq yangi grek nomlari Diodot, Yevtidem, Demetriy,
Yevkratid ismlari bilan tanishganlar.
Yunon -Baqtriya davlati mavjud bo‗lgan vaqt mobaynida O‗rta Osiyoda
yunon -baqtriya numizmatikasi rivojlangan.
O‗zbekiston xalqlari tarixi muzeyida Yunon -Baqtriya davlati podshosi
Yevkratid draxmasi saqlanmoqda, bu draxmaning xususiyati shundan iboratki,
Yevkratid tangalari tiplari bu tangada mujassamlashgan. Bu podshoh 2 xil
yozuvdagi (legendali) tangalar chiqardi.1 chisida shoh diademada bo‗lgan, 2
nchida shoh portreti shlemda tasvirlangan. Muzeydagi tanga esa biroz
boshqacharoq, Yevkratid portreti nuqtali obodok bilan o‗rab olingan. Bu tanga
yuksak badiiy san‘at darajasida ishlangan, bu hol Yevkratid nomining o‗chib
ketishidan saqlab qoldi, uning qiyofasini ajdodlar uchun saqlab qoldi.
Surxondaryo viloyatidagi Kampirtepa qo‗rg‗onida o‗tkazilgan arxeologik
qazilmalar natijasida Rtveladze E.V. va S.A. Savchuk tomonidan anchagina
tangalar topilgan, jumladan Yunon – baqtr tangalari ham.Quyida shu tangalarga
ta‘rif berib o‗tamiz.
1. Diodot (250-230 er.old). - Aversda hukmdorning o‗ng tomonidan olingan
tasviri. Sochlari diadema bilan o‗ralgan xukmdor qiyofasi profilda tasvirlangan, sal
do‗ng peshona, to‗g‗ri burun, kichik lab, iyagi sal turtib chiqqan. Reversda
ilonning surati. Misdan yasalgan, 4g og‗irlikda.
2. Yevtidem (er.old 235 – 200 y)-Aversda soqolli Gerakl tasviri, uning
peshonasi to‗g‗ri, qisqa bo‗rtib chiqqan burun, to‗la yonoqlar, sochlari to‗g‗ri
chiziqlar bilan berilgan. Reversda yugurib ketayotgan ot tasvirlangan. Ot tasviri
ustida legenda mavjud bo‗lgan. 8 g og‗irlikda. Yana bir tanganing aversda
hukmdorining o‗zi tasvirlangan, sochlari jingalak, burni bukrisimon, boshida
nuqtali obodok tasvirlangan.
3. Dimetriy (er.old. 200 - 185)- Aversda filning boshiga o‗xshash bosh kiyim
kiygan shoh tasvirlangan. Nuqtali obodok. Reversdi legenda. Mis, og‗ir 7,8 g,
diametri - 2,7 sm.
4. Yevkratid (er.old. 171-155) - Aversda shohning jingalak sochlari diadema
bilan o‗rab olingan, hukmdorlarning peshonasi kichik, burni to‗g‗ri va juda qisqa
bo‗yni. Reversda otliqlar (Dioskur) tasvirlangan.
5. Geliokl (er.old. 155-140 yy) - Aversda qo‗sh diadema bilan sochlari o‗rab
olingan. Hukmdor kichkina turtib chiqqan peshonali, bukrisimon burun, kichkina
lablar va iyakga ega bo‗lgan. Ko‗zlari kichkina, ustida uzun ingichka qoshlar
tasvirlangan. Refersda xiton kiyib olgan Zevs, bir qo‗lida perun (hokimyat ramzi),
yana bir qo‗lida nayza tasvirlangan.
Bu tangalar F.R. Ayupova fikricha yuech-ji davrida va hattoki ilk kushonlar
davrida ham bo‗lgan bo‗lishi mumkin.
Yunon-Baqtriya podsholigi tangalari nomlari yunoncha bo‗lgan: ya‘ni tanga
stater, kumush tangalar – tetradrahma, drahma, obol deb atalgan. Topilmalarga
qaraganda bu yerda turli qiymatdagi kumush tangalar ko‗p zarb etilgan.
Tangalarning og‗irligi yunon tangalarining og‗irligiga teng bo‗lgan. Aniqrog‗i,
oltin tanga 8,6 gramm, tetradrahma 16 grammga, 1 stater – 5 tetradrahma yoki 20
drahmaga teng bo‗lgan.
Yunon-Baqtriya podsholigining tangalari asosan kumush va misdan, ba‘zan
tilladan zarb etilardi. Ular orasida Yevkraditning 20 staterli (160 g) tangasi antik
dunyo davrining eng yirigidir. Yunon-Baqtriya kumush tangalari asosan bir
andozada bo‗lib, o‗ng tomonida hukmdor, reversida ma‘budalar (Zevs, Gerakl,
Poseydon, Apollon) tasvirlangan. Ularda podsho martabasi, ismi hamda laqabini
qaratqich kelishigida masalan: ―podsho Antimox xudoning‖ - deb beruvchi yunon
yozuvlari yarim doira yoki ustuncha shaklida joylashtirilgan. Bundan tashqari
tanganing reversida ma‘budaning tasviri yonida bir necha yunon harflaridan iborat
monogramma ham bor. (Monogramma-yunon tilida mono-bir: gramma-harf,
yozuv.) Bu yerda, tangada monogramma – tangani zarb qilgan usta hamda
hukmdor ismining jimjimador bosh harfi.
2
Monogrammaning nima uchun kerakligi
haligacha noma‘lum, ba‘zi tadqiqotchilar bu zarbxona nomlarining qisqartirilib
tuzilgani desa, ba‘zilar tangalarni chiqarish uchun ma‘sul bo‗lgan amaldorlarning
ismi, xatto tanga zarb etilgan sana deb ham taxmin qilinadi. Yunon-Baqtriya
tangalarida andozaga tushib qolgan tasvirlardan chekinish hollari ham uchrab
turadi. Masalan, podsho Yevkradit davrida zarb etilgan tangalar ichida aversida
podshoh hamda ―Ulug‗ shoh Yevkradit‖ degan yozuv, reversida peshonasiga
tillaqosh taqqan ayolning yon tomonidan olingan surati aks ettirilgan. Suratning
tagida - Geliokl va Laodika deb yozilgan tangalar uchraydi.
2
Ртвелaдзе Э. Древние мoнеты Средней Азии. .. – С. 11.
So‗g‗diyona, Choch, Xorazm tangalari o‗z sifati, tayyorlanishi
texnologiyasiga ko‗ra Baqtriyanikiga tenglasha olmagan. Baqtriyada o‗sha davrda
kandakorlik san‘ati yuksak taraqqiy etgan edi. Yunon-Baqtriya podsholigi nodir
san‘atining namunalari bo‗lgan tangalar yordamida podsholikning siyosiy,
iqtisodiy, madaniy va diniy hayoti haqida ko‗pgina ma‘lumotlarni olish mumkin.
Yunon-Baqtriya tangalari topilmalari ichida 1 ta Diodotning, 8 ta
Yevtidemning, 2 ta Demetriyning tangalari mavjud.
Yunon-Baqtriya davlatida iqtisodiy xo‗jalik, hunarmandchilik, madaniyat va
shahar hayoti va savdo bitimlari uchun kumush tatradrahmalar va drahma qatorida,
kichik chakana savdo aloqalari bilan bog‗liq bo‗lgan mis tangalar ham zarb etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |