Qadimgi Yunoniston tangalarini davrlashtirish.
Dastlab Gretsiyada tanga tushunchasi bо‗lmay, о‗rniga tovar ayirboshlash
vositasi orqali savdo qilar edilar. Dastlab Ellada о‗lkasida orol davlat bо‗lgan
Egina Lidiyaga yaqin bо‗lganligi sababli, ya‘ni Lidiya elektron tangalari bilan
tanish bо‗lganligi sababli ular birinchi bor tanga zarb qilishni yо‗lga qо‗ydilar. Bu
tangalarning tashqi kо‗rinishi borasida olimlar ikkilanuvchi fikrlar aytishgan.
Ayrimlari tanga tarkibidagi metallga qarab Lidiyaliklar bilan savdo natija qilish
orqali paydo bо‗lgan degan fikr mavjud bо‗lsa, bir tomondan tanganing mahalliy
kelib chiqishi jihatidan mahalliy ravishda shu zaminda paydo bо‗lgan degan fikr
ham yо‗q emas.
Egina tangalari loviyasimon kumush shakli berilgan bо‗lib dastlabki
kо‗rinishni kо‗rsatadi. Ularni zarb qilish mos quyma sо‗ngra esa ustidan zarb
urinib tanga shakliga keltirilgan. Ular tangani «stater» deb nomlashgan, tarjimada
«tarozi»(grekcha) degan ma‘noni bildiradi.Egina staterlarida toshbaqa surati
tasvirlangan.Bu
staterning og‗irligi 12 gramm bо‗lgan. Gerodotning
ma‘lumotlarida ham shunga о‗xshash ma‘lumotlar keltirilgan.
Lishklana tangalari haqida Agrikole quyidagicha ma‘lumot keltiradi.
«Attikaning tо‗rtinchi qiroli Agrifoniy kullariga kumushni Lavrion tog‗idan qazib
olishni buyurdi». .Talant grek tilidan olingan bо‗lib, talvatov og‗irlik degan
ma‘noni bildiradi. U dastlab Etnada og‗irlik о‗lchov birligi sifatida ishlatilgan.
Taxminga kо‗ra u Elladaga Vavilondan kirib kelgan. 1 talant 60 minaga teng
bо‗lsa 6000 ming draxmaga о‗lchangan yoki 36000 obolga teng. 594 yilga kelib
Afinada Solon islohatidan sо‗ng, talantga aniq og‗irlik miqdori belgilanadi. YA‘ni
26,196 kg ga tenglashtirilgan. Ungacha talant 34,33 kg og‗irlikda noaniq ravishda
mavjud edi. Iskandar Elomonga kelib talant 25,9 kg tilloga tenglashtirilgan. Demak
talant hisobsiz bо‗lgan tangalarni og‗irlik sifatida о‗lchash uchun ishlatilgan.
Draxma (Grekcha – braxil- uyum) degan ma‘noni bildirib, uning kelib
chiqishi odamzodning metalni parchalangan holda ishlatib yurish davriga oiddir.
Bu qadimgi grek tangasi ham hisoblanib, u evolyusion yо‗l bilan rivojlanib kelib,
antik Gretsiyada 1 ming 100 draxmaga tenglashtirilgan. 6000 draxma 1 talantga
teng bо‗lgan. Draxmalarni zarb qilishda kumushdan foydalanishgan.
1
Aюпова. Ф. Қадимий тангалар // ―Moзийдан садо‖, 2000. - №. 1-2 (5-6) - Б. 80-81.
U eramizdan av. VI asrda boshlangan. Gretsiyaning turli xududlarida uning
og‗irligi turlicha edi. chunki har bir о‗z imkoniyatlari qarab draxmalarni zarb
qilgan. Egina draxmasi 6,07 gr kumushni tashkil etsa erdi Attika draxmasi 4,36 gr
kumushni tashkil qilsa. Korinor draxmasi 2,97 yoki 2,91 gr ni tashkil qilgan. Abder
draxmasi esa 3,6 gr kumush, Xiosos draxmasi 3,93 ga teng bо‗lgan.
Ammo Savdolar kо‗proq, Afina draxmasida (4,25 gr kumush) olib borilgan.
Draxmalardan
tashqaridan
didraxma,
tetradraxma,
dekadraxma
kabilar
ishlatilgan.Draxmalar grek millatiga xos, ular kо‗proq va intensiv ravishda
chiqarilgan. Hozirgi kunda Makedoniya, Kipr pullari hisoblanadi.
1.
Tetradraxma (- 4 draxma) kumush. Afrikaga tegishli er.av. 500 y.
2.
Draxma (6 obolga) kumush. Afrikada er.av. 500 y
3.
Triobol (1g‗2 draxmaga teng) kumush. Afinada er.avv. 500 y
4.
Obol (1g‗6 draxmaga teng) kumush. Afinada er.av. 500 y
5.
Tetradraxma. Kumush Sirkuza er.av 510 y
6.
Didradraxma S-2 draxmaga kumush. Sirakuzda er.av 510 y
7.
Draxma Sirakuza. Kumushdan yasalgan. Er.av 510
8.
Obol Kumush Sirakuzada er.av 500 y ishlatilgan.
9.
Litra, kumush Sirakuzada er.av. 500 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |