Imperiya davriga oid tangalar.
Neron davrida (54-68) aureus 1,45 funtga
tushdi. Karakalla davrida esa aureus 1,50 funtni tashkil etdi. Deokletian davrida
(285-305 yy) aureus 1,60 funtga yetdi, ya‘ni 5,5 grammni tashkil qildi. Aversida
kо‗pchilik tangalardagi singari imperator portreti, portretning aylanasi bо‗ylab esa
uning ismi va tituli yozib qо‗yilgan. Reversida esa (LIBERTAS-ozodlik),
(CONCORDIA-bitim) mamlakat mustaqilligini anglatuvchi sо‗zlar yozilgan. Rim
oltin tangalari Sharqiy Yevropa davlatlarida muomalada bо‗lmagan, lekin
arxeologik izlanishlar natijasida Ukrainada bir necha Rim oltin tangalari topib
о‗rganilgan, milodning I-II asrlarda 1 oltin aureus (taxminan 8 grammga teng
bо‗lgan) 25 kumush dinorga teng bо‗lgan. Birinchi kumush dinorlar Pliniy davrida
Rim paydo bо‗lgandan keyin miloddan avvalgi 269 yillarda zarb qilina boshladi.
О‗sha paytdagi dinordagi kumush funtning 1,40 qismini tashkil qilgan, keyinchalik
yillar о‗tgan sari kamayib borgan. 485 yilda bir kumush dinor – 1 frank 63
santimaga teng bо‗lgan, 510 yilda 87 sanitmaga, 513-707 yillarda esa 78 sanitmaga
teng bо‗lgan, qadimgi Rim kumush tangasining о‗ng tomonida, ya‘ni aversida ikki
yuzli Yanus, reversida Yupiterning ot aravadagi tasviri berilgan. Miloddan avvalgi
II asrda dinorda aversida Romning portreti, reversida esa Dioskurning tasviri aks
etgan.
Milodning I-II asrlarda tangalarning qiymati quyidagicha bо‗lgan:
1oltin aureus (taxminan 8gr)- 25 kumush dinor
1 kumush dinor (tax.4gr)- 4 kumush sestersiya
1 kumush sestersiy (1gr) – 2 dupondiy latun
1 dupondiy – 2 bronza ass
Rimning eng mashhur tangalaridan biri soliddir. Solid (lotincha ―Solidus‖
sо‗zidan olingan bо‗lib, ―qattiq‖ mustahkam degan ma‘noni bildiradi) Rim oltin
tangasi hisoblanadi. Solid imperator Konstantin tomonidan 314 yilda aureus
о‗rniga joriy qilingan tangadir. G‗arbiy Rimda solid 324 yildan boshlab zarb
qilinib, muomalaga kiritildi. Solidning og‗irligi 1,72 oltin funtga teng bо‗lib, 4,55
grammni tashkil etgan. Mana shu davrdan boshlab Rimning pul birligi sifatida
muomalada bо‗lgan. Keyinroq esa Vizantiya imperiyasida ham asosiy pul birligi
rolini о‗tagan.
Soliddan tashqari uning yarim qiymatiga ega bо‗lgan semisenslar va 1,3
qismini tashkil qiluvchi – triyenslar zarb qilinib, muomalaga kiritila boshladi.
Imperator Konstantin (306-337) о‗tkazgan pul islohotidan keyin tanga pullar
quyidagi qiymatga ega bо‗ldi.
1 oltin solid (4,5 gr) – 2 semisa yoki 3 triyens
1 oltin solid – 14 kumush miliariy
1 kumush miliariy (4,5 gr)- 1,7 kumush silivka
14 miliariy – 24 silivka
1 kumush miliariy – 33 mis nummiy
1 mis nummiy – 5 mis dinor
Do'stlaringiz bilan baham: |