Tanganing cheti, qirg„og„i
– gorizontal chiziq. Tanganing quyi qismini
tanganing asosiy maydonidan ajratib turadi.
“Gurt”
-
tanga qirrasiga aytiladi.
Tanga turi (monetniy tip)
–
tangadagi barcha yozuv va belgilar majmuasi.
Qadimgi tarixchilar Gerodot va Ksenofont asarlaridan ma‘lumki, ilk tangalar oltin
va kumushning tabiiy qotishmasi (elektra)dan bо‗lib, Kichik Osiyodagi Lidiya
davlatida miloddan avvalgi VII asrda zarb etilgan. Ammo mustaqil ravishda
Yunonistondagi Egina shahrida, Xitoy va Hindistonda ham tangalar zarb etish
ixtiro qilindi. Ularning kо‗rinishi sodda bо‗lib, dastlab ayrim chizgilar bilan
bezatilgan, sо‗ngra sekin-asta turli xil jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi,
baliq va hokazo) tasvirlashga о‗tilgan. Bunda aks ettirilgan jonzot, uning nomi,
shahar tug‗rosi yoki nomi bilan hamohangligidan kelib chiqib ish tutilgan.
Hozirgi kunda jahon bozorida turli tanga va pul birliklarining nomlarini
uchratish mumkin. Qadimda tetradrahma, drahma, obol, dinar, libra va hokazo
nomli tangalar mavjud bо‗lgan. Bu nomlarning kelib chiqishi ham bir-biri bilan
uzviy bog‗liqdir. Qadimgi tangalar ikki xil: quyma va zarblangan uslubda
tayyorlangan: Quyma tangalar maxsus shakl va tasvir о‗yilgan qolip – idishlarga
ma‘dan quyilib tayyorlangan. Ikkinchi yо‗sinda temir yoki bronzadan ishlangan
muhr – maxsus asbob (shtempel)da tangalar ifodasi tayyorlanib, kerakli metall
quymasi ustiga zarblangan. Birinchi uslubda tanga sathidagi tasvir noaniq
bо‗lganligi sababli tezda о‗chib ketishgan. Miloddan avvalgi VII
asrga kelib
zarblangan tangalar keng miqyosda qо‗llaniladigan bо‗ldi va shundan buyon
tangalar faqat zarblangan holda muomalaga chiqarib kelinmoqda.
XV asrda turli hukmdorlar tomonidan tangalar zarb etila boshlangan davr
bо‗ldi. Har bir yirik davlatda vaqt о‗tishi bilan sarroflar, ya‘ni pul
almashtiruvchilarning kо‗chalari vujudga keldi. Sarroflar Angliya, Fransiya, Misr
va boshqa davlatlarda savdogarlar va badavlat kishilarga boyliklarini saqlashda
katta yordam berar edilar. Davlatlarning sarroflari о‗rtasida doimiy ravishda aloqa
saqlanib, ular bir-biridan xabardor bо‗lib turardilar. Savdogarlar safarga
otlanishdan oldin о‗z sarmoyasini sarrofga topshirar, u esa qancha miqdorda pul
olgani haqida hujjat yozib berar edi. Savdogarlar о‗zga davlatga borganida u
yerdagi sarrofdan kerakli pul miqdorini olish imkoniyatiga ega edi. Zamonamiz
banklari (ingliz tilidan kelib chiqqan bо‗lib, ―sarrof stoli‖ degan ma‘noni anglatadi)
sarroflar faoliyati natijasida vujudga kelgan desak, mubolag‗a bо‗lmaydi
1
.
Do'stlaringiz bilan baham: |