3-Mavzu: Numizmatika fani, shakllanishi va taraqqiyoti. G‟arb va Sharq mamlakatlari numizmatikasi. Reja



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/40
Sana03.01.2022
Hajmi0,91 Mb.
#315134
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
Bog'liq
3-mavzu ma'ruza matni

Tanganing  cheti,  qirg„og„i

  –  gorizontal  chiziq.  Tanganing  quyi  qismini 

tanganing asosiy maydonidan ajratib turadi. 

“Gurt”

 - 

tanga qirrasiga aytiladi.  



Tanga  turi  (monetniy  tip)

  –

  tangadagi  barcha  yozuv  va  belgilar  majmuasi.



 

Qadimgi tarixchilar Gerodot va Ksenofont asarlaridan ma‘lumki, ilk tangalar oltin 

va  kumushning  tabiiy  qotishmasi  (elektra)dan  bо‗lib,  Kichik  Osiyodagi  Lidiya 

davlatida  miloddan  avvalgi  VII  asrda  zarb  etilgan.  Ammo  mustaqil  ravishda 

Yunonistondagi  Egina  shahrida,  Xitoy  va  Hindistonda  ham  tangalar  zarb  etish 

ixtiro  qilindi.  Ularning  kо‗rinishi  sodda  bо‗lib,  dastlab  ayrim  chizgilar  bilan 

bezatilgan, sо‗ngra sekin-asta turli xil jonzotlarni (toshbaqa, ukki, dengiz mushugi, 

baliq  va  hokazo)  tasvirlashga  о‗tilgan.  Bunda  aks  ettirilgan  jonzot,  uning  nomi, 

shahar tug‗rosi yoki nomi bilan hamohangligidan kelib chiqib ish tutilgan.  

Hozirgi  kunda  jahon  bozorida  turli  tanga  va  pul  birliklarining  nomlarini 

uchratish  mumkin.  Qadimda  tetradrahma,  drahma,  obol,  dinar,  libra  va  hokazo 

nomli  tangalar  mavjud  bо‗lgan.  Bu  nomlarning  kelib  chiqishi  ham  bir-biri  bilan 

uzviy  bog‗liqdir.  Qadimgi  tangalar  ikki  xil:  quyma  va  zarblangan  uslubda 

tayyorlangan:  Quyma  tangalar  maxsus  shakl  va  tasvir  о‗yilgan  qolip  –  idishlarga 

ma‘dan  quyilib  tayyorlangan.  Ikkinchi  yо‗sinda  temir  yoki  bronzadan  ishlangan 

muhr  –  maxsus  asbob  (shtempel)da  tangalar  ifodasi  tayyorlanib,  kerakli  metall 

quymasi  ustiga  zarblangan.  Birinchi  uslubda  tanga  sathidagi  tasvir  noaniq 

bо‗lganligi  sababli  tezda  о‗chib  ketishgan.  Miloddan  avvalgi  VII



 

asrga  kelib 

zarblangan  tangalar  keng  miqyosda  qо‗llaniladigan  bо‗ldi  va  shundan  buyon 

tangalar faqat zarblangan holda muomalaga chiqarib kelinmoqda. 

XV  asrda  turli  hukmdorlar  tomonidan  tangalar  zarb  etila  boshlangan  davr 

bо‗ldi.  Har  bir  yirik  davlatda  vaqt  о‗tishi  bilan  sarroflar,  ya‘ni  pul 

almashtiruvchilarning  kо‗chalari  vujudga  keldi.  Sarroflar  Angliya,  Fransiya,  Misr 

va  boshqa  davlatlarda  savdogarlar  va  badavlat  kishilarga  boyliklarini  saqlashda 

katta yordam berar edilar. Davlatlarning sarroflari о‗rtasida doimiy ravishda aloqa 



saqlanib,  ular  bir-biridan  xabardor  bо‗lib  turardilar.  Savdogarlar  safarga 

otlanishdan  oldin  о‗z  sarmoyasini  sarrofga  topshirar,  u  esa  qancha  miqdorda  pul 

olgani  haqida  hujjat  yozib  berar  edi.  Savdogarlar  о‗zga  davlatga  borganida  u 

yerdagi  sarrofdan  kerakli  pul  miqdorini  olish  imkoniyatiga  ega  edi.  Zamonamiz 

banklari (ingliz tilidan kelib chiqqan bо‗lib, ―sarrof stoli‖ degan ma‘noni anglatadi) 

sarroflar faoliyati natijasida vujudga kelgan desak, mubolag‗a bо‗lmaydi

1

.   



Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish