Djovanni Kavini
(1499-1570) bо‗lib, uning
kolleksiyasida kо‗plab qadimgi davr tangalari bо‗lgan.
1517 yilda Rimda
Andreo Fulvioning
―Izobrajeniya znamenitix lyudey‖
(―Mashhur shaxslarning tasviri‖), 1553 yilda
Lionda Gilyom Rull
ning ―Begliy
obzor monet naiboleye znamenitix lits, sushestvovavshix s sotvoreniya mira, s
kratkim opisaniyem ix jizni i deyaniy, zaimstvovannim u klassikov‖ (Dunyo
yaratilgandan buyon yashagan taniqli kishilarning tangalardagi hayoti va faoliyati
haqida qisqacha ma‘lumot)asari bо‗lib, u tarixiy shaxslar, ya‘ni Rim
hukmdorlarining tasvirlariga qiziqqan xolos. Lekin ulardan hech biri tangalarni
о‗rganishga ilmiy nuqtai nazardan yondashmagan. Vaqt о‗tishi bilan numizmatika
predmetlarini tо‗plash ishi keng urf bо‗lgan. XVI asr о‗rtalarida mansabdorlarning
saroy va qasrlarida 950 ta maxsus kabinetlar bо‗lgan (Myuns kabinet).
Kolleksiyalar bilan ishlash uchun maxsus xizmatchilar yollangan. XVI asrda
birinchi numizmatikaga oid yozma ishlar paydo bо‗lgan. (Bu asarlarda afsonalar,
fantastik fikrlar kuchli bо‗lgan).
Kolleksiya tо‗plash mazkur fanning rivojiga turtki bо‗ldi. G‗arbiy Yevropa
hukmdorlari, san‘at ahli tangalarni boylik sifatida tо‗plashlari natijasida
kolletsionerlarda turli mamlakatlar tangalari yig‗ilib bordi. Tangalarni yig‗ish XIV
asrlardan boshlab avj olib, asta sekin odat tusiga kirdi. Qirol va imperatorlar
qimmatbaho tangalarni davlat xazinasidan ajratib olib, maxsus tangalarni saqlovchi
xonalar tashkil qilarkanlar, ularni о‗rganish va tartib berish uchun olimlarni jalb
etganlar. Kolleksionerlarni XIV-XVI asrlarda hukmdorlar qiyofasi va tarjimai holi
qiziqtirgan bо‗lsa, XVIII asrda fanni ilmiy nuqtai nazardan rivojlantirish katta
ahamiyat kasb etdi va numizmatika bilan ilmiy shug‗ullanuvchi mutaxassislar
―
numizmatlar‖
paydo bо‗ldilar. Vaqt о‗tishi va material tо‗planishi bilan
numizmatik bilimlar ham kuchaygan. 1749-1769 yillarda chaqa pullarning kо‗p
tomli katalogi Leypsigda I.F.Ioaxim va I.G.Byome tomonidan nashr qilingan. Bu
katologdagi chaqalar ularning о‗zlaridagi ma‘lumotga qarab о‗qilgan. XIV asr
mobaynida numizmatikani о‗qitish Yevropaning boshqa bir qator universitetlarida
ham joriy qilingan edi.
Avstriyaning Vena shahrida imperator Maksimilian I saroyida, Parijda qirol
Genrix IV va Lyudovik XIV ning kabinetida qirollarning medallari tо‗plangan.
XVIII
asrda Britaniya muzeyida tangalarning yirik kolleksiyasi yig‗ilgan.
Peterburgda Pyotr I muzeyga asos solgan
(u XVIII asrda Kunstkamera deb
atalgan). Unda tangalardan tashqari medallarning ham katta kolleksiyasi
saqlangan. Keyin bu kolleksiyalar Ermitajga berildi. Hozirgi kunda Ermitaj
tangalar kolleksiyasi bо‗yicha Yevropada birinchi о‗rinda turadi. Yevropaning
beshta - Parij, London, Peterburg, Vena, va Berlin shaharlarida qadimgi
tangalarning yirik kolleksiyalari jamlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |