Opisaniye drevnix russkix monet
‖ asarida
qadimgi rus tangalarining ilmiy tasnifini amalga oshirdi. Rus numizmati Aleksey
Vasilyevich Oreshnikov (1855-1933) tangani muhim tarixiy manba deb ataydi.
Uning ―
Russkiye moneti
‖ asarida tangalarni knyazliklarga ajratib katalog tuzgan.
XX asrda numizmatikaning mavqei о‗zgardi. Tadqiqotlar xususiy
myunskabinetlardan davlat darajasiga kо‗tarildi. ―Numizmat‖ tushunchasi
―kolleksioner‖ tushunchasidan ajratildi. Tangalar haqidagi fan tadqiqotchilarning
harakatlari tufayli olg‗a siljidi. 1986 - yilda Kembrijda 13 tomlik tanga pullar tarixi
bо‗yicha jahon olimlari ishtirokida yozilgan tо‗plamning 1 jild bosmadan chiqdi.
О‗zR FA Muso Toshmuhammad о‗g‗li Oybek nomli О‗zbekiston xalqlari tarixi
muzeyining ―Numizmatika‖ bо‗limi О‗rta Osiyo bо‗yicha eng boy haqiqiy tangalar
saqlanadigan va uni о‗rganadigan ilm-fan dargohlaridan biridir. Unda Eron shohi
Doroning oltin tangalari, Aleksandr Makedonskiyning tetradrahmasidan tortib XX
asrning boshlarida О‗rta Osiyoda zarb qilingan va savdo muomalasida yuritilgan
65 mingdan kо‗p turli tuman oltin, kumush va misdan ishlangan tangalar
saqlanmoqda.
Ushbu tangalar о‗lkamizning iqtisodiy rivojlanishi, hunarmandchilik va tashqi
savdo aloqalari tarixini о‗rganish uchun qimmatli manbalar beradigan ilm
xazinasidir. Numizmatika ba‘zan tarixning muhim sahifalari bо‗lgan о‗z
zamonasining
siyosiy-iqtisodiy
tuzilmalarini
ochib
berishda
qimmatli
ma‘lumotlarni, ya‘ni tarixiy hujjatlarda о‗rganilmagan, qayd qilinmagan
voqealarni, podsholarning hukmronlik qilgan yillari, nomlarini aniqlashda asosiy
manba bо‗lib xizmat qiladi. Ilk о‗rta asrlarda Sharq musulmon davlatlarida zarb
qilingan tangalarga mahalliy hukmdorlar о‗zlari bilan birga halifa nomini ham
qо‗shib zarb qilganlar. Chunki halifa Xudoning yerdagi noibi, diniy va siyosiy
hokimiyat ramzi hisoblangan. Agar tangalarda halifa nomi qayd qilinmagan bо‗lsa,
demak yerli hokimiyat va Amir-al-Mо‗min о‗rtasida nizo borligini va yoki unga
qaram emas, davlatning mustaqilligini kо‗rsatadigan dalil bо‗lgan.
Tangalar nafaqat siyosiy balki, madaniyat san‘atga ham oid qimmatli
ma‘lumotlarni beradi. Ular arxitektura yodgorliklari suratini aks ettirganligini,
ularga qarab me‘morlar binolarni ham ta‘mirlashi mumkin
1
. Jumladan, Afinada
zarb etilgan bir tangada Akropoldagi Dionis teatri tasvirlangan. Bu bilan
Akropolning qaysi tomonida bu teatr joylashgan о‗rni aniqlangan.
Xazina va tanga pullar topilmasi bugungi kunda maxsus tadqiqotlarning
asosiy ob‘ktlari hisoblanadi. Bu manba orqali numizmat tanga pullar zarb qilingan
vaqtdagi pul muomalasiga, savdo yо‗llariga va iqtisodiy aloqalariga oid savollarga
javob topishi mumkin. Sо‗nggi 40-yillar mobaynida numizmatika yordamchi tarix
fanlari doirasidan bir muncha chetga chiqdi, ammo о‗zida yordamchi tarix fani
funksiyasini saqlab qoldi. (Bu yillar mobaynida uning mustaqil tarix faniga
aylanishi uchun sharoit vujudga keldi).
Do'stlaringiz bilan baham: |