Samarqand
ixshidlari tomonidan VII asr ikkinchi yarmidan to VIII asr
o‗rtalarigacha zarb qildirgan Xitoy tangalariga taqlid qilib so‗g‗d yozuvida Tarxun
(700-710), Gurak (710-738), Turg‗ar (738-750) kabi hukmdorlar ismi o‗rin olgan
bo‗lib, ular haqidagi ma‘lumotlar asosan xitoy, arab manbalarida, qisman esa
so‗g‗diy hujjatlarda uchraydi. Bu tip tangalardagi hukmdor tasvirlari turkiy
qiyofada bo‗lib, ular orasida umumiy o‗xshashlik mavjud. Bundan tashqari,
ularning barchasida
twrnyn
so‗zining uchrashi diqqatni tortadi.
Agar bu so‗z o‗sha
paytda turkiylar hukm suradigan o‗lka sifatidagi Turon nomi bo‗lib chiqsa,
mamlakatimiz tarixi bilan bog‗liq bir qator masalalarning yechimiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |