3-mavzu. Mol qoni tavsifi, ishlov berish texnologiyasi va ishlatilishi Reja


Qonni defibrinlash, separatsiyalash, oqsillarini cho‘ktirish va konservalash texnologiyasi



Download 38,96 Kb.
bet3/7
Sana20.06.2022
Hajmi38,96 Kb.
#682413
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 маъруза

3.3. Qonni defibrinlash, separatsiyalash, oqsillarini cho‘ktirish va konservalash texnologiyasi
Qonni quyuqlashishi davrida hosil bo‘ladigan fibrin ikki usul bilan ajratiladi. Oziqaviy va tibbiy maqsadda ishlatilishi kerak bo‘lgan qonni fibrin xosil bo‘lish davrida darrov defibrinlanadi. Qonni yig‘ishtirish va defibrinlash orasidagi vaqt intervali 1 minutdan oshmasligi kerak. Qonni separatsiya qilish davrida ham bu usul qo‘llaniladi.
Ikkinchi usul bilan texnik maqsadda ishlatiladigan qonni, qon quyqa holatga aylangandan keyin defibrinlanadi va fibrin-polimer iplari uziladi. Birinchi usulda fibrin quyqasi ajralishi 5-8%, ikkinchi usulda 20-25% ni tashkil etadi.
Oziqaviy qonni defibrinatorlarda mexanik meshalkalar (aralashtiruvchi) yordamida defibrinlanadi. Jarayon davomiyligi 4-5 minut. Defibrinlangan qon metal setkali filtr orqali maxsus idishlarga quyiladi. (Filtr teshiklari diametri 0,75-1 mm.ni tashkil etadi.) Ajratilgan fibrin va defibrinlangan qonning miqdor nisbati yirik shoxli mollarning qonini ishlov berilganda 6,5-9 va 91-93,5%, cho‘chqalarniki -4-7 va 93-96%.
Fibrin quyqasida oqsillar miqdori 20% ni tashkil etadi. Ko‘rsatilgan miqdorning deyarli yarmi fibrindan iborat.
Fibrin, fibrin plyonkasi olishda, fibrinning gemoglabin bilan kompleksini qiymali mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Fibrinning aminokislotali tarkibini e’tiborga olib, uni organizmning parenteral ovqatlanishi va bakterial muhit tayyorlashda ishlatiladigan gidrolizat olish uchun ishlatish maqsadga muvofiq.
Texnik maqsadda ishlatiladigan qondan fibrinni ajratish uchun, qon quyqasini maydalash (bo‘laklash) orqali defibrinlanadi. Qon quyqasini bo‘laklash va fibrin iplarini maydalash S-41-1 yoki MIK-1 apparatlarida bajariladi.
Suyuq qondan maydalangan fibrinni ajratish uchun teshiklari diametri 2-3 mm. li metal setkalardan o‘tkaziladi yoki 30 minut davomida tindiriladi. Ajratilgan fibrin quyqasida ko‘p miqdorda qon bo‘lib, fibrin bilan birgalikda qonli un tayyorlashda ishlatiladi. Qon yo‘qolishini kamaytirish uchun quyqani P-41-1 apparatida qayta ishlash yoki sentrifugada siqib olish orqali bajariladi.
Fibrinni maydalash darajasini oshirish, qonni purkovchi disklar yordamida quritish uchun imkoniyat yaratadi. Barabandagi teshiklar diametri 0,4-1,0 mm bo‘lgan AVJ-245K apparatlarini qo‘llash, quyqalarni kerakli darajada bo‘laklash imkonini yaratadi. Bu usulda ishlov berilgan qon, quritish apparatining purkovchi diskiga o‘tadi. Qonga ishlov berishning bu usulini qo‘llash jarayonning uzluksizligini tashkil etish va quruq mahsulot chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradi.
Qonni separatsiyalash, qonni zardob (sыvorotka) yoki plazmaga va alohida elementlarga ajratish, bu fraksiyalar zichligining turli xilligiga bog‘liq. Separatsiyalash, qonni maxsus separatorlar yordamida nisbatan tez va to‘liq alohida fraksiyalarga ajratish imkonini beradi. Separatorning aylanuvchi barabanidagi qon yupqa qatlamlar shaklida tarelkalar orasidagi bo‘shliqga o‘tadi., markazdan qochma kuch ta’sirida fraksiyaning og‘ir elementlari chetga ajralib chiqadi, zardob (sыvorotka) esa markazda to‘planadi.
Qon elementlarining ajralishi uning yopishqoqligiga bog‘liq. Shuning uchun qonni separatsiyalashni yuqori haroratda (35-40˚S) o‘tkazish maqsadga muvofiq. Qonni separatsiyalashda ishlov berilayotgan qon miqdorini separatorning ish unumdorligiga asosan olish kerak. Chunki, qon miqdorini me’yoridan oshirish, zardob chiqishini kamaytiradi.
Qonni fraksiyalarga ajratish SK-1 separatorida bajarilishi mumkin. Bu separatorning unumdorligi 0,25 va 0,3 m3/soat bo‘lib, zardobni tarkibiy qismlarga ajratish yirik shoxli mollar uchun 62-63 va 37-38% ni tashkil etadi.
Davolovchi preparatlar olish uchun AS-1J separatori ishlatilib, uning ishlab chiqarish unumdorligi 0,04-0,05 m3/soat. Bu separatorda qonni fraksiyalarga ajratish, sterillangan sharoitda o‘tadi.
Separatorning barabani aylanish chastotasi ko‘rsatilgan darajaga yetgandan keyin separatorga qon quyiladi. Baraban 3-4 soat davomida ishlagandan keyin albatta yuviladi. Eritrotsitlar to‘liq ajralmagan holatda, plazma yoki zardob qizilroq rangda bo‘ladi. Rangsizlantirish darajasini separatorning ajratuvchi tarelkasiga filtrlovchi to‘siqlar qo‘yib oshirish mumkin.
Separatsiya jarayonida plazmada (zardobda) mikroorganizmlar miqdori kamayadi. Qon uzatish sistemasini germetizatsiyalash va uni ajratish, olinayotgan fraksiyalarning bakterial ifloslanishini kamaytiradi.
Qon oqsillarini koagulyatsion cho‘ktirish asosida ajratishda hozirgi vaqtda sanoat amaliyotida issiqlik yoki kimyoviy koagulyatsiya usuli qo‘llanilayapti. Texnik koagulyatsiya 90-95˚S da o‘tkaziladi. Bunday sharoitda mikrobiologik ifloslanish ancha kamayadi. Koagulyatda namlik miqdori 50% gacha bo‘ladi. Bunday usulning kamchiligi shundan iboratki, denaturatsiyaga uchrashi natijasida qon oqsilining funksional xususiyatlari o‘zgaradi. Oqsillarni rN 3,5-4,5 kislotali muhitda qonga yoki uning fraksiyasiga reagentlar bilan ishlov berib ajratish mumkin. Kimyoviy reagentlar sifatida natriy polifosfati, temir trixloridi, lignin va uning hosilalarini ishlatiladi. Bu usulni qo‘llash qondan oqsillarni deyarli to‘liq (98% gacha) ajratish imkonini beradi. Neytrallashtirilgandan keyin oqsilli koagulyant quritiladi va uni oziqaviy maqsadda ishlatish mumkin. Alginatlar, pektin, karboksimetil-sellyuloza va boshqa birikmalar yordamida qon oqsillarini ajratishda ham yaxshi natijalar olingan.

Download 38,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish