3-mavzu. Mol qoni tavsifi, ishlov berish texnologiyasi va ishlatilishi Reja



Download 38,96 Kb.
bet1/7
Sana20.06.2022
Hajmi38,96 Kb.
#682413
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3 маъруза


3-mavzu. Mol qoni tavsifi, ishlov berish texnologiyasi va ishlatilishi
Reja:
3.1. Mol qoni tavsifi
3.2. Xom ashyo sifatiga talablar, qonni yig‘ish va stabillashtirish
3.3. Qonni defibrinlash, separatsiyalash, oqsillarini cho‘ktirish va konservalash texnologiyasi
3.3.1. Qon va uning komponentlarini konservalash
3.3.2. Qonni rangsizlantirish
3.3.3. Qonni quritish
3.3.4. Qon plazmasini konsentrlash


3.1. Mol qoni tavsifi
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini so‘yganda olinadigan qoni oqsillarning muhim manbai bo‘lib, oziqaviy, davolovchi, mollarga yemish va texnik mahsulotlar ishlab chiqarishda qimmatbaho xom ashyo hisoblanadi. Qonni to‘liq ishlatish atrof mihitni ifloslanishidan saqlaydi.
Qon tarkibiga kiruvchi oqsillar miqdori va sifati, organik formada (shaklda) bog‘langan temir moddasining yuqori miqdori, qonni go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishda ishlatish maqsadga muvofiq ekanligini tasdiqlaydi. Hozirgi vaqtda kolbasa, yarim tayyor mahsulotlar va konservalar ishlab chiqarishda qon plazmasi va zardobi (sыvorotka) keng miqyosda ishlatilinayapti. Qon va eritrotsitlar qonli kolbasa, ayrim turdagi zelslar, pashtetlar, konservalar ishlab chiqarishda ko‘llanilayapti. Qonni chegaralangan miqdorda kombinatsiyalashtirilgan go‘sht mahsulotlarining rangini yaxshilash uchun ishlatiladi. Qonni izoleysin va metionin aminokislotalarining yetishmovchiligini qoplash uchun oqsillar bilan aralashmasi, shuningdek mahsulotlar rangini maskirovkalovchi maxsus ishlov berish usullarini ko‘llash, qonni turli xildagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarishda keng qo‘llash imkonini beradi. Qondan davolash xususiyatga ega bo‘lgan preparatlar: suyuq va quruq gemotagen, plazmadan, zardobdan va fibrindan davolovchi zardob va oqsilli gidrolizat tayyorlanadi. Qondan yuqori qiymatli oqsilli yemishlar tayyorlanayapti.


3.2. Xom ashyo sifatiga talablar, qonni yig‘ish va stabillashtirish
Oziqaviy maqsadda va davolovchi preparatlar tayyorlash uchun faqat sog‘lom hayvonlardan, maxsus sharoitlarda yig‘ishtirilgan qon ishlatiladi. Molning sog‘ligi to‘g‘risidagi xulosa, veterinar-sanitariya nazorati tomonidan tanani sinchiklab tekshirilgandan keyin beriladi. Shuning uchun, qonni ishlov berishga yuborish uchun yo‘llanma, molni karaxtsizlantirilgandan 30-40 minut o‘tgandan keyin aniqlanadi.
Yemish va texnik mahsulot tayyorlash uchun veterinar-sanitariya tomonidan so‘yishga ruxsat berilgan hamma mollarning qoni ishlatiladi. Antiseptiklar bilan konservalangan qon yemish tayyorlashga yaramaydi.
Qon va uning kompanentlariga ishlov berish usuli va sharoiti, tayyorlanadigan mahsulot turi va ishlatiladigan apparaturaga bog‘liq. Qonni yig‘ish, mol tanasini qonsizlantirilgandan keyin uni yig‘ish sharoiti, uni keyinchalik ishlatish yo‘nalishini belgilaydi. Qonni yig‘ishda vakuumni qo‘llab yopiq sistemani ishlatish, jarayonning yuqori sanitariya-gigiena ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi, oziqaviy maqsadda qonni to‘liq ishlatish, yuqori unumdorligini ta’minlaydi.
Mol tanasini qonsizlantirishda ajraladigan qon miqdori molning turiga, nasliga, jinsiga, yoshiga, semizlik darajasiga, shuningdek karaxlantirish usuliga va qonni yig‘ish sharoitiga bog‘liq. O‘rtacha ko‘rsatkichlarga asosan, qonning chiqish me’yori (tirik vazniga nisbatan % hisobida), yirik shoxli mollarda – 4.2, kichik shoxli mollarda – 3.2, cho‘chqalarda – 3.5 ni tashkil etadi. Oziqaviy qonni ajratib olgandan keyin texnologik ishlov berishning keyingi bosqichiga yuboriladi. Texnik qon tarnov (jyolob) orqali mahsus idishga to‘planadi va keyin mollarga yemish yoki texnik mahsulot ishlab chiqarishga yuboriladi.
Qonni stabillashtirish, qonning ivishini oldini oladi, texnologik jarayonni osonlashtiradi, qon mahsulotlari tayyorlash siklini mexanizatsiyalash va vaqtini qisqartirish imkonini beradi, qon tarkibidagi hamma oqsillarning yo‘qolishidan saqlaydi, mikroblar bilan ifloslanish imkoniyatlarini kamaytiradi. Oziq-ovqat va tibbiyot sohasida qo‘llash uchun ishlatiladigan to‘la qiymatli fibrinogen oqsilini saqlash va qon tarkibidagi quruq moddalar miqdorini saqlash hisobida texnik mahsulotlarni chiqishini ko‘paytirishda stabilizatsiya katta ahamiyatga ega (1-jadval).

Download 38,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish