Bog'liq Soha iqtisodiyoti 3-MAVZU.Ishlab chiqarish omillari
Maxsulot sifati iqtisodiy kategoriya bo`lib, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning munosabatlarini, sifatli maxsulot ishlab chiqarish, reja topshiriqlarini bajarish hamda maxsulotga baho belgilash bo`yicha korxonaning davlat bilan munosabatlarini ifoda etadi. Undan tashqari, maxsulot sifati sifatli maxsulot uchun moddiy rag`batlantirish va sifatsiz maxsulot ishlab chiqarilgani uchun moddiy javobgarlikka tortish bo`yicha korxonalar o`rtasidani munosabatlarni ifodalaydi.
Maxsulot sifati texnika taraqqiyotining sur’atlarini, mehnat unumdorligini va shu orqali ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflovchi iqtisodiy kategoriyadir. Maxsulot sifatini muntazam ravishda yaxshilash iqtisodiyotni rivojlantirishning zarur sti, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xalq farovonligini o`stirishni asosiy omillaridan biri bo`lib hisoblanadi.
Maxsulotning miqdori va sifati o`zaro dialektik bog`liqdir. YUqori sifatli maxsulot sifatsiz tayyorlangan maxsulotga nisbatan jamiyat extiyojlarini yuqoriroq darajada qondirishga qodir. Demak, maxsulot sifatini yaxshilash ishlab chiqarish xajmini qo`shimcha harajatlarsiz oshirish demakdir. Ishlab chiqarilayotgan maxsulot sifati va miqdorining o`zaro bog`liqligi maxsulot sifatini oshirish, jamiyat extiyojlarini to`la qondirishga imkon beradi, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchi kuchlari o`sishining muhim omili bo`lib xizmat qiladi.
Sifatli maxsulot doimo o`z haridorlariga ega. Hozirgi davrda mazkur talab qondirilgandanina maxsulotni dunyo bozoriga chiqarish mumkin bo`ladi. Bu esa o`z navbatida mamlakatga eksportdan keladigan valyuta tushumini ko`paytirish orqali yangi texnika va texnologiyalar sotib olish, ishlab chiqarish xajmini kengaytirish hamda uning samaradorligini oshirish imkonini beradi. YUqori sifatli maxsulot ishlab chiqarishga va uni sotishga erishgan korxona (firma) esa o`z ishlab chiqarish saloxiyatini yanada yuksaltirish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bunday sub’ektlarning ko`payishi esa mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo`lib hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining taraqqiy etishi esa uning axolisini daromadlari va demak turmush darajasining ham yuksalishigaolib keladi. Natijada sifatli maxsulot va yuqori darajada ko`rsatilgan xizmatlarga talab ko`payadi. Ya’ni, sifatli maxsulot (taklif) o`zining sifatli iste’molchisini (talab)ni yaratadi. Pirovardida jamiyatda yanada yuqoriroq darajada iqtisodiy o`sish ta’minlanadi.