3.2-rasm. Korxonasining taxminiy ishlab chiqarish tuzilmasi
Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi quyidagi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uchta omillar: korxonani ixtisoslashtirish darajasi va boshqa korxonalar bilan birgalikda ish olib borish asosida tashkil etish shakli (kooperasiya); korxonaning mahsulot ishlab chiqarish ko‘lami (masshtabi) va uning murakkabligi; texnologik jarayonning xususiyatlariga bog‘liq.
Korxona tarkibiga va uning bo’linmalarini tuzilishiga ishlab chiqarish - texnik va tashkiliy omillar ta’sir ko’rsatadi. Ulardan eng muhimlari ishlab chiqarish jarayoni va mahsulotlarining xususiyatlari, ishlab chiqarish ko’lami, ixtisoslashuv xarakteri va darajasi, mahsulotning hayotiy tsiklini qamrab olish darajasidir.
Ishlab chiqarish jarayonining xarakteri. Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichiga ko’ra sexlar va jarayonlarga bo’linadi:
tayyorlov (quyish, presslash, metallkonstruktsiyalarlar va boshqalar);
ishlov berish (mexanik, yog’ochga ishlov berish, termik, elektroliz va boshqalar);
yig’ish (uzellar va umumiy yig’ish, sinash, tayyor mashinalarni bo’yash va boshqalar)
Iste’mol qilinadigan xom ashyo tarkibi va tayyor mahsulot tabiatiga qarab quyidagi jarayonlar farqlanadi:
analitik (bir xil xom ashyodan bir necha turdagi mahsulotlar olinadi - neftkimyosi, yog’och kimyosi, koks kimyosi va boshqalar);
sintetik (bir turdagi mahsulot har xil xom ashyodan tayyorlanadi);
to’g’ridan-to’g’ri (bir turdagi xom ashyo bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladi).
Misol uchun, korxonada analitik jarayonlar ustuvor bo’lsa, u birta tayyorlov sexi va turli xildagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir necha ishlab chiqaruvchilar bo’lishi mumkin. Bunday holda, korxona keng tarmoqli savdo aloqalariga ega bo’ladi.
Sintetik jarayonlar, aksincha, tayyorlov sexlarining kengaytirilgan tizimi bilan xarakterlanadi. Xom ashyoni dastlabki qayta ishlash jarayonidan asta-sekin tor doirada qayta ishlash bo’g’inlariga o’tadi va yagona ishlab chiqaruvchi tomonidan tugallanadi. Bunday holda, moddiy-texnik ta’minot (MTT) bo’yicha tayyorlov jarayonini boshqarish bo’yicha juda ko’p vaqt talab etiladi.
Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga ega bo’lgan korxonalarda odatda bitta “ishlab chiqarish zanjiri” yaratiladi va tayyor mahsulotni ishlab chiqarish boshidan oxirigacha bitta sexda amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xususiyati va ularni ishlab chiqarish usullari. Mahsulotlar va ularni ishlab chiqarish konstruktiv va texnologik xususiyatlari va ishlab chiqarish usullari ishlab chiqarish tarkibi, sexlar tarkibi, ularning hajmi, yuk aylanmasi va korxona hududining maydonini belgilaydi. Demak, yetkazib beruvchi tarmoqlardagi korxonalar uchun ishlab chiqarishning bir bosqichli tuzilmasi, qayta ishlab beruvchi korxonalar uchun esa, ko’p bosqichli tuzilmalar xos bo’ladi.
Mahsulot va uning ishlab chiqarish texnologiyasi qanchalik murakkab bo’lsa, ichki ishlab chiqarish munosabatlari shunchalik xilma-xil bo’ladi va korxonaning tuzilishi shunchalik murakkab bo’ladi. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarning tashqi va ichki harakati uchun temir yo’l transporti harakati tashkil etilishi lozim. SHu bilan birga maishiy sovutgichlar ishlab chiqaradigan korxonalarda bu sexlarga ehtiyoj bo’lishlari shart emas, ularning tarkibida qismlarni shtamplash sexlari ustunlik qiladi, zavod ichki temir yo’l transportiga zarurat qolmaydi. O’z navbatida, yangi texnika va texnologiya, ilg’or materiallardan foydalanish mexanik ishlov berish ishlari hajmining qisqarishiga olib keladi. Bu esa, mexanik sexlar sonini kamaytirish va avtomatlashtirilgan maydonchalar, sexlar va ishlab chiqarish mutanosibligini oshirish orqali korxona tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish ko’lami. Bu omil sexlar hajmiga, ularning soni va ixtisoslashuviga ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish hajmlarining o’sishi bilan texnologik ixtisoslashuvni chuqurlashtirish, buyumli va detalli ixtisoslashgan sexlar va ishlab chiqarishlarni tashkil uchun shart-sharoitlar yaratiladi. Nisbatan kichik ishlab chiqarish hajmlardagi ehtiyojlarni ishlab chiqarishni kooperativ yetkazib berish orqali qondirish mumkin. Shu munosabat bilan korxona tarkibida ayrim tarkibiy bo’linmalar bo’lishi shart yemas.
Korxonaning ixtisoslashtirish darajasi bevosita sexlar o‘rtasida ishlab chiqarish jarayonlarini taqsimlash darajasi korxona ichida va boshqa korxonalar bilan birgalikda mehnatni taqsimlash asosida ishni tashkil qilish shaklini aniqlaydi. Korxonaning ixtisoslashtirish darajasi qancha yuqori bo‘lsa, tor sohadagi sexlarni tashkil qilishga imkoniyat yaratiladi.
Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotga qarab tayyor mahsulot, ehtiyot qismlar, yig’ma detallar yoki zagatovkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar mavjud. Korxonaning ixtisoslashuv darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, boshqa teng sharoitlarda uning tarkibida turli-tuman ishlab chiqarish bo’linmalari ham bo’ladi, ya’ni ishlab chiqarish tuzilmasi soddalashadi.
Mahsulot hayotiytsikli bosqichlarini qamrab olish darajasi. Tadqiqot - ishlab chiqarish -iste’mol siklini amalga oshirishga qarab, ishlab chiqarish tuzilmasi ham murakkablashadi. Shunday qilib, “ilmiy tadqiqot” bosqichini amalga oshirishda ishlab chiqarish tuzilmasiga tajriba va eksperimental ishlab chiqarishlar kiritiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish tuzilmasi tayyor mahsulotni “sof” ishlab chiqarish doirasidan tashqariga chiqadi va o’z tovarlariga markali xizmatlarni ko’rsatish bo’linmalarini o’z ichiga oladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi dinamik va o’zgarmas bo’lishi mumkin emas. Faoliyat yuritayotgan ko’plab korxonalarda, yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmatlarni yetkazib berish uchun turli xildagi past texnologiyalar bilan kichik sexlar, uchastkalar asossiz tashkil qilingan aslida ularga ya’ni, turli vaqtlarda, ehtiyoj paydo bo’ladi. Bu esa ishlab chiqarish rivojlanishining uyg’unligini buzdi. Bu holatlarning barchasida ishlab chiqarish tuzilmasi zamonaviy talablar nuqtai nazaridan ko’rib chiqilishi lozim.
Texnik taraqqiyot, korxonalarning ixtisoslashuvi va kooperatsiyasini rivojlantirish ishlab chiqarish tuzilmasini qayta ko’rib chiqish, yangi sexlar yaratish, maydonlarni qayta taqsimlash, ishlab chiqarish quvvatining o’zgarishi va boshqalarni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |