Yer po’sti va uning tuzilishi Yer po’sti



Download 4,37 Kb.
Sana23.04.2022
Hajmi4,37 Kb.
#576894
Bog'liq
Yer po’sti va uning tuzilishi Yer po’sti-fayllar.org


Yer po’sti va uning tuzilishi Yer po’sti

Yer po’sti va uning tuzilishi

Yer po’sti — Yerning tashqi qattiq qobig’i, geosferalardan biri, litosferaning yuqori qismi. Yer po’stining pastki chegarasi bo’ylama va ko’ndalang seysmik to’lqinlar tezligi birdaniga o’zgaradigan (6,7—7,6 km/sek dan 7,9— 8,2 km/sek gacha) yuza — Moxorovichich yuzasi)dj o’tadi. Shu yuza bilan Ye.p. mantiyadan ajraladi. Yer po’stining kuruklik va okeandagi turlari farq qilinadi. Quruqlikda Yer po’stining qalinligi tekisliklarda 35–45 km, tog’liklarda 50– 75 km gacha. Okean osti Yer po’stiniki 5–10 km. Quruqlikda Yer po’sti uch qatlam: yuqoridagi cho’kindi (qalinligi 15–20 km gacha), o’rtadagi shartli ravishda "granit" (10–20 km), pastdagi "bazalt" (o’rtacha 15–20 km)dan tashkil topgan. Okean osti Yer po’stida "granit" qatlami yo’q, cho’kindi qatlami ham yupqa. Qu-ruqlikda Yer po’stining yuqori qatlami cho’kindi va vulkan jinslaridan tashkil topgan bo’lib, ko’pincha burmalangan, uzilmalar bilan uzilgan va surilgan. "Granit" qatlam granit va gneyslardan, "bazalt" esa bazalt, gabbro va kuchli metamorfizmga uchragan jinslardan iborat.
Okean osti Ye.p. 3 qatlamdan: birinchisi zichlanmagan dengiz cho’kindilari (1 km gacha), uning ostidagisi zichlangan cho’kindilar (1–2 km), uchinchisi quyi okean bazalt qatlami (4–8 km) gabbrodan tashkil topgan, degan taxminlar bor.
Okeandan quruklikka o’tadigan joyda oraliq (subkontinental yoki sub’okean) Yer po’sti (8–25 km) joylashgan. Yer po’stida muntazam tektonik harakatlar bo’lib turadi. Shunga binoan Yer po’sti Harakatchan (burmalangan mintaqalar) va nisbatan tinchigan oblastlar — platformalarga bo’lingan. Yer po’stining yoshi 3,5—4,5 mlrd. yilga teng .
Yer Po’stining rivojlanishi Yer qa’ridagi fizik-kimyoviy jarayonlarga bog’liq bo’lsa kerak deb faraz qilinadi. Yer po’sti izostaziya (muvozanat) holatiga yaqin: ya’ni Yer po’stining qandaydir uchastkasi ogirroq yoki qalinroq, zichroq bo’lsa, u substratga chuqurroq cho’kkan bo’ladi. Tektonik kuchlar Yer po’stining izostaziya holatini buzib yuboradi, ammo tektonik kuchlar susayganda Yer po’sti yana kaytadan muvozanat holiga qaytadi. Ye.p.ning geologik tuzilishini o’rganish foydali qazilmalarni qidirishda muhim rol o’ynaydi.




Geosferalar


Geosferalarning bo‘limlari


Harfiy

ishorasi


Pastki chegarasining chuqurligi


Er po‘sti

1. Cho‘kindi – metamorfik jinslar “qatlami”


A

20 km gacha

2. Granit–gneyslar “qatlami”


40 km gacha


3. Eklogit–bazalt “qatlami”


70 km gacha




Mantiya

1. Gutenberg “qatlami”


V

100-400 km gacha

2. Astenosfera – Golitsыn “qatlami”


S

900 km gacha

3. Quyi mantiya


D

2900 km gacha



Markaz (yadro)

Tashqi yadro


F

4800 km gacha

F1

5100 km gacha

Ichki yadro


G



6371 km gacha


Yerning geosferalari haqida ma’lumotlar


http://fayllar.org
Download 4,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish