3-mavzu. Boshqaruv nazariyalari. Liderlik tabiati, turlari, superliderlik fenomeni



Download 0,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/15
Sana16.01.2022
Hajmi0,77 Mb.
#374753
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
resources

 

 

Boshqaruvda inson omili nazariyasi. 

Inson omili – iqtisodiy-siyosiy atama, mehnat psixologiyasi, ergonomika 

va  sotsiologiya  tizimlarining  zamonaviy  umumiy  nazariyasi  manfaatlari 

predmetidir.  Inson  omiliga  bo’lgan  e’tibor  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishni 

jadallashtirish  zarurligi  bilan  bevosita  bog’liqdir,  uni  esa  boshqaruvning 

avtoritar,  ma’muriy-buyruqbozlik  usullarini  qo’llash  bilan  ta’minlash  mumkin 

emas. 

Inson  omili  deganda  psixologiyada  boshqarish  tizimiga  kiruvchi  shaxs, 



gurux,  jamoa,  jamiyat  tushuniladi.  Aniqrog’i  –  bu  insonlarning  ichki  dunyosi, 

ularning talabi, qiziqishi, ehtiyoji, yo’l – yo’riqlari, kechinmalaridir. 

Xuddi  shu  inson  omili  ishlab  chiqarish  samaradorligini  hamda  hozirgi 

raqobatni  aniqlaydi.  SHuning  uchun  hozirgi  kunda  insonlardan  kompaniyaning 

faollari sifatida to’g’ri foydalanish muhimdir. 

Inson omilining alohida rolini rasman e’tirof qilgan ma’muriy boshqaruv 

tizimi,  haqiqatan  uning  mazmunini  inkor  qilib  so’zsiz  bo’ysunish  tamoyillariga 

asoslanadi,  pirovard  natijada,  shaxsni  jamiyat  manfaatlaridan,  mehnatkashlarni 

ijtimoiy  maqsadlar  va  manfaatlardan  o’zoqlashtirdi,  boshqaruvning  butun 

tizimini ortiqcha markazlashtirish va rasmiylashtirish bilan bog’liq bo’ldi. Ayni 




vaqtda, 

boshqaruvning 

iqtisodiy 

usullariga 

o’tish 

inson 


omilini 

faollashtirmasdan  turib,  bu  usul  ularni  amalga  oshirish  mumkin  emasligini 

ko’rsatdi. 

Ijtimoiy  jixatdan  rivojlangan  inson  katta  mehnat  salohiyatiga  ega 

bo’ladi,  biroq,  u  ayni  vaqtda,  passiv  insonga  nisbatan  ancha  murakkab  ob’ekt 

hisoblanadi. Xodimlarning manfaatlari ko’p tomonlama bo’lib, shu sababli inson 

omilini boshqarish, uni faollashtirish usullarini xilma xilligi, moslashuvchanligi, 

maqsadga  qaratilganligi  bilan  ajralib  turishi  lozim.Ma’muriy-buyruqbozlik 

boshqaruv tizimi buni uddasidan chiqa olmadi. U inson omiliga shu jixati bilan 

putur  yetkazdiki,  o’z  maqsadlariga  erishishi  uchun  majburlash  va  katag’on 

usullaridan  foydalandi,  bu  usullar  ijtimoiy  vaziyatga  mos  kelmadi,  ijtimoiy 

zahiralardan  va  ularning  mehnat  potentsialidan  samarasiz  foydalanishga  olib 

keldi.  Ijtimoiy  siyosat  vazifalari  hamisha  turmush  sharoitini  yaxshilashdan, 

ijtimoiy  adolatni  amalga  oshirishdan,  ijtimoiy  guruxlarni  yaqinlashtirish  va 

milliy munosabatlarni takomillashtirishdan iborat bo’lib keldi. 

Zamonaviy  menejer  faoliyatida  ijtimoiy  –  iqtisodiy  –  psixologik 

boshqaruv usullari ma’muriy boshqaruvdan ustun turadi. Menejerning ko’pgina 

insonlar bilan munosabati uning faoliyati asosini tashkil etadi. 

Yaponiyaning  yirik  menejeri  Akio  Moritaning  aytishicha:  firmamizning 

faoliyati  bilan  tanishgan  chet  elliklar,  xuddi  ularnikidek  texnologiya  va  kadrlar 

bilan  ishlaganda  ham  yuqori  sifatli  maxsulot  ishlab  chiqara  olmaganliklariga 

xayron  qoldilar.  Ular  bunday  sifatni  dastgoxlar  emas,  balki  insonlar  ishlab 

chiqarishini tushunmaydilar. 

Deyl Karnegining: «Qanday qilib do’st orttirish va ularga qanday qilib ta’sir 

o’tkazish» degan kitobida insonlarga munosabatning asosiy usullarini ko’rsatadi: 


Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish