3-MAVZU. BOSHQARUV NAZARIYALARI.
LIDERLIK TABIATI,
TURLARI, SUPERLIDERLIK FENOMENI.
REJA:
3.1. Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari.
3.2. Teylor, Jilbert nazariyalarining tahlili
3.3. Linda Joulning superliderlik to’g’risidagi nazariyasi.
3.4. Ma’muriy boshqaruv maktabi. Insoniy munosabatlar maktabi.
3.5. Liderlikka oid nazariyalar.
Boshqaruv psixologiyasi AQSH va G’arbiy Yevropada keng rivojlangan
bo’lib, o’zining ko’plab yo’nalishlariga ega. F.Teylorning «Ilmiy menejment»
maktabi, Elton Meyo asos solgan «Insoniy munosabatlar», Drakerning
«Empirik», Ch.Bernardning «Ijtimoiy tizim», Perrouning «Inqirozli holatlarda
boshqaruv»
kabi
sotsiologik
maktablari
boshqaruv
sotsiologiyasining
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. G’arb va Amerika boshqaruv
sotsiologiyasi va psixologiyasidagi tizimli, ijtimoiy va insonparvarlik nomlari
bilan ataluvchi sotsiologik va psixologik yo’nalishlar hozirgi davr ijtimoiy
hayotini ilmiy asosda boshqarish shakllari, usul va vositalarini yanada
takomillashtirishni maqsad qilib qo’ydi.
Boshqaruv psixologiyasining rivojlanishida bir qancha chet el sotsiolog,
menejer, psixologlar ham o’z ulushlarini qo’shdilar. Ularning ko’pchiligini fikri
bir joydan chiqib, ishlab chiqarishda muvaffaqiyatlarga va yutuqlarga erishishida
insonlar
ruhini
o’rgangan
holda,
ya’ni
insoniy
munosabatlarni
yaxshilagandagina erishish mumkinligini isbotlab berdilar.
Garvard universiteti professori Elьton Meyo «Insoniy munosabatlar»
nazariyasini ilgari surdi. Uning g’oyalarini mohiyati shundaki, mehnat
jarayonida psixologik va ijtimoiy omillar yetakchi ahamiyatga ega. Shu sababli,
E.Meyo fikriga binoan ishlab chiqarish va boshqaruvning barcha muammolariga
insoniy munosabatlari nuqtai nazaridan qarash lozim. Bu nazariya insonning
ma’lum ijtimoiy va psixologik ehtiyojlarini qondirish yo’li bilan uni yanada
unumli mehnat qilishi mumkin degan g’oyaga asoslangan.
Insoniy munosabatlar maktabining yana bir namoyondasi D.Mak Gregor
boshqaruvni tashkil etishda 2 xil yondashuv mavjudligini aytib o’tadi:
majburlash va rag’batlantirish usullari;
tashabbuskorlik va mustaqillikni iloji boricha namoyon qilish uchun
sharoit yaratish.
Lekin bu nazariyaning yaxshi tomoni shundaki, «Insoniy munosabatlar»
maktabi vakillari ijtimoiy muammolarni butun jamiyat miqyosida emas, balki
alohida korxona miqyosida hal etadilar. Mehnatkashlarning ijtimoiy ahvoliga
kompleks ravishda yondashish ijtimoiy-iqtisodiy muammo sifatida emas, balki
kishilarning guruxiy munosabatlari sifatida qaralgan.
«Emperik» (pragmatik) maktab namoyondalari menejment zarurligini
umuman inkor etib, ochiq emperizmni targ’ibot qiladi. U boshqaruvning
maqsadi - rahbarlik qilish bo’yicha ijobiy tajriba va aniq xatolarni o’rganishdan
iborat,-deb ta’kidlaydi. Bu maktab vakillari kamroq nazariy maslaxatlar berib,
ko’proq aniq vaziyatlarni tahlil etish bilan shug’ullanish va albatta, tajriba
o’rganish juda muhimligini aytib o’tadilar. Lekin faqat amaliyotga asoslanib
menejmentni shakllantirish mumkin emas «Emperik» maktabning eng yorqin
namoyondalari - T.Draker, R.Devis, L.Nьyuman, D.Miller va boshqalardir.
Yuqorida sanab o’tilgan xorijiy boshqaruv maktablarining eng asosiy
kamchiligi boshqarish nazariyasini har tomonlama chuqur o’rganilmaganligidir.
Bu yangi yo’nalish «Ijtimoiy tizimlar» maktabining vujudga kelishiga turtki bo’ldi.
Uning eng taniqli namoyondalari D.March,G.Saymon, A.Ettsioni va boshqalardir.
«Ijtimoiy tizimlar» maktabi «Insoniy munosabatlari» maktabi xulosalariga
asoslanib, korxonaga o’zaro bog’liq va o’zaro ta’sir ko’rsatuvchi omillar
majmuidan iborat kompleks tizim sifatida qarab, inson bu omillarni biri deb
hisoblaydi. Sotsiologlarning katta guruxi sanoat sotsiologiyasi sohasida tadqiqot
olib boradilar. «Ijtimoiy tizim» maktabi o’zidan avvalgi maktablarga nisbatan keng
ko’lamdagi muammolarni hal etishga, boshqaruv nazariyasini yaxlit holga
keltirishga intiladi. Lekin boshqaruv nazariyasini tuzishga intilish uni hozirgi
kapitalistik dunyo sharoitidan o’zoqlashib ketishga va natijada uning unchalik keng
yoyilmasligiga olib keldi.
Agar «Klassik» maktabi namoyondalari nizolarni moddiy rag’batlantirish
yoki jihozlash yo’li bilan, «Insoniy munosabatlar» maktabi ishlab chiqarish
jarayonini adolatli boshqarish yo’li bilan hal qilishni taklif etgan bo’lsalar,
«Ijtimoiy tizimlar» maktabi tashkilotda nizolarning mavjud bo’lishi, uning
tabiatidan kelib chiquvchi holat deb hisoblab, asosiy vazifa nizolar va ularning
oqibatini yumshatishdan iborat deb ta’kidlaydilar.
asrning birinchi yarmida 4 ta boshqaruv maktablari shakllandi va
rivojlanib bordi. Ular quyidagilardir:
ilmiy boshqaruv maktabi;
ma’muriy boshqaruv maktabi;
insoniy munosabatlar va psixologik maktab;
ilmiy boshqaruv maktabidir.
Bularning har biri boshqaruv sohasida o’zlarining barakali hissalarini
qo’shdilar.