signifikat
So‘zlarning farqlanish belgilariga sema (inglizcha – seme 1. sememaning bir ko‘rinishi (semema – so‘zning ma’nosi, predmetlik mazmuni) bo‘lib, so‘zning sintagmatik qatoridagi kichik ma’no elementi) deb ataladi va ularning semalarining yig‘indisi semantema deb yuritiladi. Bu atama mazmun jihatdan leksemaga to‘g‘ri keladi. Agar semalar gapning formal (grammatik) tomonini bildirsa, semantema narsalarning ma’nosini bildiradi. Ammo semalar o‘rtasidagi munosabat ma’no (leksika) bilan bog‘liqdir. Semantikada qaysi ma’nolar semalarga tegishli yoki ularning biri tegishli emasligi aniq emas. Bu vaziyatda ularning aloqasini sinonimik nuqtai nazardan aniqlash mumkin. masalan, ketmoq, uxodit, inglizchi to go fe’li harakatning yo‘nalishi ma’nosidagi semaga ega. Boshqa fe’llar – bormoq, yurmoq, jo‘namoq ham ketmoq fe’lining ma’nosiga yaqin semalarga ega.
Biroq ular shu harakatning ayrim belgilarini ifodalashi mumkin. bu ma’nolar (belgilar) nutq vaziyatida aniqroq namoyon bo‘ladi. Odatda, ularning bir semantik tarkibdan ikkinchi semantik tarkibga o‘tishi semantik transfikastiya sifatida qaraladi. Bu shakldagi transformastiya grammatikaga o‘xshash bo‘lsa ham, bu o‘rinda so‘z ma’nolarining kengayishi va torayishi, qayta normalanishi asosida tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanish va tafakkurdagi formal-mantiq qonuniyatlar yotadi.
So‘z tilning asosiy birligi bo‘lib, an’analarga binoan ifodalanishi va ma’no birligi, tilshunos olimlar tomonidan so‘zning formal va semantik ma’nolari, grammatik va leksik ma’nolarining qarama-qarshilik jihatlari aniqlangan va tasdiqlangan. Bu qarama-qarshiliklar orasida so‘zning ikki tomoni, ya’ni uning shakli (muloqotda bo‘lishi, ifodalanishi, kommunikativligi) va mazmuni orqali keng tushuntiriladi.
So‘zning semantik tomonidan ikki tomonlama birlik ekanligi tashqi (predmet) va ichki (til qurilishi) tomonini ifoda etadi. Shuning uchun so‘z tilda ikki qiyofada namoyon bo‘ladi: 1) nominastiya, ya’ni ifoda birligi sifatida ma’lum leksik ma’noga ega bo‘lgan lug‘atning elementi; 2) til qurilishi tarkibining negizi sifatida ma’lum morfologik shakllanishga, ya’ni grammatik ma’noga ega bo‘lgan birlik.3
Demak, so‘z muammosi leksikologiyaning asosiy o‘rganish manbayidir. O‘zbek tilshunosligida leksema va so‘z atamasining hozirgacha yonma-yon qo‘llanayotganligi va leksemani lisoniy sath birligi atamasi, so‘zni nutqiy sath birligi sifatida qarashga intilish kabi ziddiyatli nuqtayi nazarlar yashab kelayotganligini aytish joizdir. Tilshunoslar Arastu davridan boshlab leksikaga ta’rif berish ustida bosh qotirganlar. Ularning barchasi so‘zning alohida-alohida qirralariga berilgan ta’riflar bo‘lib, leksemaning barcha jihatlarini qamrab olishga qodir emas. «Bugungi kunda sintaksis bo‘yicha tilshunoslik nazariyasida yaratilgan kesim haqidagi yangi ta’limotga tayangan holda o‘zbek tilshunosligida o‘zbekcha kesim tushunchasini ishlab chiqish mumkin ekan, bunga bevosita metodologik omil sifatida tayanib, uni umumiy va xususiy leksema nazariyasiga ham tadbiq qilish lozim»,- deydi professor H. Ne’matov. Darhaqiqat, leksemaga ta’rif berilar ekan, har bir tilning ichki tabiatidan kelib chiqish zarurati mavjud bo‘lishi kerak. Ma’lumki, Yevropa tilshunosligida leksemaga morfema orqali ta’rif beradilar, chunki flektiv tillar, jumladan, rus va arab tillarida o‘zaklar mustaqil qo‘llanishga ega emas, o‘zak morfemaning bir turi sifatida qaraladi. Chunonchi, pishu, chitayu, druzya, ushi kabi ruscha, ktb, qr’ kabi arabcha so‘zlarda o‘zak qo‘shimchalar bilan qorishib ketgan, o‘zak bilan affiks orasida chegara aniq emas. Turkiy tillarda o‘zak va qo‘shimcha orasida chegara aniq bo‘lganligi tufayli, leksemaga morfema orqali emas, balki lisoniy sathning alohida bir birligi sifatida qarash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |