Morfemika haqida. Morfemikaning o’rganish obyekti. Ismoiljanov Shaxbozbek Morfemika Morfemika Morfemika so’zining nomustaqil tarkibiy qismi haqidagi ta’limot. Ma’lumki, o’zbek tilida, flektiv tillardagidan farqli o’laroq, o’zak mustaqil ma’no anglatish xususiyatiga ega. So'zning o’zakdan boshqa qismlari esa undan ayricha qo’llanmaydi va ma’no anglatmaydi. Shuning uchun ular morfema deyiladi. Masalan, paxtakorlarga so’zi (paxta), (-kor), (-lar), (-ga) qismlardan iborat. Ajratilgan har bir tarkibiy qismi bu so’z doirasida o’ziga xos elementlar va semantik mavqega ega. Ular lisonda o’z “xonacha”larida ana shunday ajralgan holda guruh-guruh bo’lib joylashgan. Paxta va –kor, -lar, -ga qismlari o’zaro semantik va qo'llanish xususiyati jihatdan farqlanadi. Paxta birligi mustaqil lug’aviy ma’noga egaligi va bu ma'noni qolgan qismlarsiz ham anglata olish xususiyati bilan boshqa tarkibiy qismlardan ajralib turadi. Shuning uchun u leksema deyiladi. Boshqa qismlari esa ajralgan holda mavhum bo’lishi, leksemasiz mustaqil ma’no anglata olmasligi bilan xarakterlanadi. Leksema shakllanuvchanlik belgisiga ega. Nomustaqillik tabiati va leksemaga shakl berish vazifasiga xoslanganligini ularni morfema deb atashga olib kelgan. Morfemaning nutqiy ko’rinishi qo’shimcha deyiladi. Tilimizda yordamchi so’z deb ataluvchi katta guruh ham bor bo’lib, leksema va morfema sirasida “oraliq uchinchi”maqomida bo'ladi. Shuning uchun ularni leksema-morfema deyish mumkin. Yordamchi so’zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so’z kabi ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug’aviy ma’noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi. Lisoniy sathda leksema qo'shimchali yoki qo'shimchasiz bo’lishi mumkin. Masalan, ishchi, paxtakor, ishla leksemalari – nutqiy yasama so’zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda ish, paxta leksemalridan farqli o’laroq, so’z yasovchi qo’shimcha bilan birga mavjud. Qo’shimchadan xoli leksema o’zak atamasi bilan ham nomlanadi. Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo’shimchasiz bo’lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so’z nol qo’shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitobni o’qi, Uyga bor, U a’lochi so’zlari – nol qo’shimchali nutqiy birlik. - Shuning uchun ularni leksema-morfema deyish mumkin. Yordamchi so’zning leksemaligi shundaki, u mustaqil so’z kabi ajralganlik xususiyatiga ega. Biroq shakllanuvchanlikka ega emas. Lug’aviy ma’noga ega emasligi ularni morfemik maydon sari tortib turadi. Lisoniy sathda leksema qo'shimchali yoki qo'shimchasiz bo’lishi mumkin. Masalan, ishchi, paxtakor, ishla leksemalari – nutqiy yasama so’zning lisoniylashuvi. Ular leksema sifatida lisonda ish, paxta leksemalridan farqli o’laroq, so’z yasovchi qo’shimcha bilan birga mavjud. Qo’shimchadan xoli leksema o’zak atamasi bilan ham nomlanadi. Turkiy tillarda nol morfema grammatik shakl sirasida ustuvor mavqega ega ekan, nutqda voqelangan aksariyat mustaqil leksema qo’shimchasiz bo’lishi mumkin emas. Moddiy qiyofali morfemasiz bunday so’z nol qo’shimchalidir. Masalan, nutqdagi Kitobni o’qi, Uyga bor, U a’lochi so’zlari – nol qo’shimchali nutqiy birlik.
- Leksema tarixiy taraqqiyot natijasida morfemaga aylanib borishi, morfema esa so’zning o’zagiga singing ketishi mumkin. Masalan, xona leksemasiz taraqqiyot natijasida ikkiga ajralgan. Bir ma’nosida “joy” semali yasama so’zni hosil qiluvchi derivation vositaga aylanib ketgan, leksemalridan mahrum bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |