Gulobi - pushtiga moyil rang; pushti – shaftoli guli rangidagi och qizil, gulobidan to`qroq rang; qizg`ish – pushtidan to`qroq rang; qizil – qon rang; ol – qizildan to`qroq rang; qirmizi – to`q rangdagi qizil.
Demak, yuqoridagi chizmada har bir leksema ma’lum bir belgining turlicha darajalanishiga ishora qilmoqda. Shu asnoda ma’noviy omilning o`zi ham ikki jihatni – bir-biriga yaqin va o`xshash tushunchalarni ifodalashni hamda ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishni qamrab oladi.
Graduonimik qatorlar lug`aviy paradigmalarga qo`yiladigan talablarning barchasiga javob bera oladi.
Giponimiya. Leksemalararo semantik munosabatlarning yana bir turi gipo-giperonimiya bo`lib, unda tur-jins munosabatlari o`z ifodasini topadi. Giponimik munosabatda giperonim (jins) va giponim (tur) farqlanadi.
Giperonim jins belgisini bildirgan predmetning nomini ifodalovchi ko`pgina ma’nolarni semantik jihatdan umumlashtiruvchi mikrotizimning markaziy leksemasidir. Giponim esa muayyan jins turlarining nomlarini hamda o`zining semantik tarkibida jins ma’nosini ham ifodalovchi, giperonimga nisbatan boy bo`lgan lug`aviy birlikdir. Chunonchi, daraxt (jins) – terak, olcha, dub, chinor, olma, archa… (tur); meva (jins) – olma, olcha, shaftoli, o`rik, nok… (tur).
Giponimik munosabat barcha tillar uchun xosdir. Chunonchi, derevo (jins) – grusha, vishnya, yabloko, persik (tur); the man (jins) – women, man (tur); der Baum (jins) – der Tannenbaum, der Aafelbaum, der Abrikosenbaum (tur).
Partonimiya. Partonimik munosabatlarda butun-bo`lak tushunchasi o`z aksini topadi. Tarkiban murakkablik, bo`laklarga bo`linuvchanlik borliq ashyolarining umumiy qurilish qonuniyati bo`lib, bu qonuniyat ong orqali lisonda o`z aksini topadi va shu asosda partonimik munosabatlar yuzaga chiqadi. Masalan, daraxt (butun), shox, tana, ildiz (qismlar); odam (butun), bosh, tana, qo`l, oyoq (qismlar). Tirnoq barmoqqa nisbatan, barmoq qo`lga nisbatan, qo`l esa odamga nisbatan butun-bo`lak munosabatida bo`ladi.
Omonimiya. Shaklan bir xil, mazmunan esa turlichalik nutqiy bosqichga xos bo`lib, lisoniy birliklarda omonimlik yo`q.
Nutqda ba’zan so`zlarning shakli ham, talaffuzi ham shakldosh bo`lib qoladi va uning ma’nosi kontekstda oydinlashadi. Chunonchi, Topgan gul keltirar, topmagan bir bog` piyoz. Yaxshidan bog` qoladi, yomondan dog`.Omonim so`zlarda ma’no bog`liqligi bo`lmaydi, ular shu jihatiga ko`ra ko`p ma’noli so`zlardan farqlanadi.
Leksmalarning mazmun guruhlari(LMG) semasiologiyaning eng zarur tushunchalaridan biri hisoblanadi. LMG deganda, muayyan birlashtiruvchi semasi asosida ma’lum guruhga birlashtiruvchi, ayni paytda farqlovchi semalariga ko`ra o`zaro farqlanib, ajralib turuvchi leksemalar tushuniladi. Yuqorida ko`rib o`tilgan ma’nodoshlik qatorlari, mazmuniy darajalanish qatorlari LMGlarning bir turidir.
Leksemalarni LMGlariga birlashtirishda ularni shunday belgilar asosida umumlashtirish lozimki, bu guruhga birlashuvchi leksemalar ma’lum sohaga, muayyan turkumga oid bo`lib, ular orasida o`xshashlik juda ko`p, farq esa oz bo`lsin. Masalan, qoramol LMG: (sigir, buzoq, tana, g`unajin, ho`kiz, buqa, govmish…); o`ragichlar LMG: (ro`mol, qiyiq, belbog`, tasma, peshonaband, gardanband, bo`yinbog`, paytava, kamar…).
LMGlar ikki qismdan – asos va qurshovdan iborat bo`ladi. LMG asosi, odatda, bir necha (taxminan ikki - besh) leksemadan tashkil topadi va doimiy barqarorlikka ega bo`ladi. Qurshov esa o`zgaruvchandir. Chunonchi, «Osmon jismlari» LMGning markazi (XV asrdan to hozirgacha) to`rtta leksemadan iborat: [quyosh, oy, yulduz, sayyora]. Bu leksemalarning qurshovi har bir davr uchun o`ziga xos bo`lib, vaqt o`tishi bilan o`zgarib turishi tabiiydir. XV asrda:
Do'stlaringiz bilan baham: |