3 I bob yirtqich qushlarning biologiyasi, sitematikasi



Download 0,51 Mb.
bet9/22
Sana13.03.2023
Hajmi0,51 Mb.
#918585
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Yirtqich qushlar ,ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati

Qarchig’ay – Accipiter gentiles [Linnaeus, 1758]
Qarchig’ay yirtqich qushlarning qiyg’irlar oilasiga kiradi. O’rtacha
kattalikdagi yirtqich qushlardan, qanoti keng, kalta, dumi uzun – o’rmonlarda
harakatlanishga moslashgan. Patlari yelka tomondan kulrang, ostidan oq yoki
oqish sarg’ish bo’lib, kulrang ko’ndalang dog’lari bor. Panjalari, mo’mbezlari
sariq, tumshug’i qora. Qarchig’ay Yevropa, Sibir va SHimoliy Amerikada
bolalaydi. Markaziy Osiyoga qishlash uchun oktyabrdan kelib aprel’, may oylarida
uchib ketadi. Qarchig’ay haqiqiy o’rmon qushi.
Markaziy Osiyoda qishlovchi qushlar, jumladan, Farg’ona vodiysida tog’
o’rmonlari, to’qaylar, madaniy landshaftlarning xilvat joylarida qishlaydi.
Paychasi, panjalari uzun, o’tkir tirnoqlar bilan qurollangan, osonlik bilan katta
o’ljalarni ham tuta oladi. O’rmon qushlaridan – kaptarlar, chug’urchuqlar, shaq-
shaqlar, qizilishtonlar, qarg’asimonlar va boshqa qushlarni osonlik bilan ovlaydi.
Farg’ona vodiysida sut emizuvchilardan bog’ olmaxoni, kemiruvchilar, kakliklarni
ovlaydi. Farg’ona vodiysida qarchig’ay ko’proq kaklik uchraydigan joylarda
qishlaydi.
Qarchig’ay madaniy hayvonlarni ovlaganligi uchun zararli qushlar hisoblanib
yil bo’yi ovlangan. Natijada hozirgi kunda oz qolgan qushlardan sanaladi.
Qarchig’ay odamlar uchun uzoq yillar davomida ov qushi sifatida ahamiyatga
ega bo’lgan. Hozirgi kunda ov ahamiyati ozaygan. Muhofaza qilishga muxtoj
qushlardan. CITES ning II ilovasiga kiritilgan.
Quloqli yapaloqqush – Asio otus [Linnaeus, 1758]
Tungi yirtqich qushlar turkumi, boyo’g’lilar oilasiga kiradi. Boshida bir tutamli
ikkita quloq patlari bo’ladi. Qoramtir, qo’ng’ir, kulrang va sarg’ich ranglar
aralashmasidan iborat. Ko’pchilik individlar tanasining asosiy qismida sarg’ich
rang ustunlik qiladi. Kattaligi yapaloqqushlar orasida o’rtacha kattalikda – qora
qarg’a kattaligida. Mazkur qush Shimoliy yarim sharda keng tarqalgan. Farg’ona
vodiysida Sirdaryo vohasidagi to’qayzorlarda, har xil tog’ o’rmonlarida yashaydi.
Ular uya qurmay, boshqa qushlarning eski uyalaridan foydalanadi, ularni ta’mirlab,
tuxum qo’yadi. Ba’zida daraxt kovaklariga, yerga ham uya quradi. O’rtacha 4-5
tadan tuxum qo’yadi.
Makiyonlari birinchi tuxum tuqqandan boshlab, bir oyga yaqin bosib yotadi.
Bolalari oq momiq patlar bilan qoplangan bo’lib ko’zi ochilmagan, juda nozik
chiqadi(5-rasm).
Bolalari bir oyda uchirma bo’lib chiqib, bir necha kundan keyin mustaqil
yashay boshlaydi.Ularning ozuqasi, asosan, kemiruvchilar – sichqon, kalamush,
hasharotxo’r yerqazarlar va boshqa mayda kechki sut emizuvchilardir. Yoz
oylarida yirik hasharotlar – qo’ng’izlar va tunlamlarni ov qiladi. Quloqli
yapaloqqush foydali bo’lib, zararkunandalarni kamaytirish bilan xalq xo’jaligiga
katta foydi keltiradi. Bu qushlarni noto’g’ri va noo’rin ovchilar o’ldiradi. Bu
qushlarni himoya qilish uchun, maktablarda, mahallalarda tushuntirish ishlarini
olib borish zarur.
Quloqli yapaloqqush Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish Xalqaro
Ittifoqining qizil ro’yhati hamda CITES ning II ilovasiga kiritilgan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish