3 I bob yirtqich qushlarning biologiyasi, sitematikasi



Download 0,51 Mb.
bet7/22
Sana13.03.2023
Hajmi0,51 Mb.
#918585
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Yirtqich qushlar ,ularning tabiiy sanitarlar sifatidagi ahamiyati

Burgut - Aquila chrysaetus [Linnaeus, 1758]
Burgut 1758 yilda K.Linney tomonidan birinchi marta fanda qayd etilgan. Bu
tur yirtqich qushlar turkumi, qiyg’irlar oilasining vakili bo’lib, O’zbekistonda keng
tarqalgan. Farg’ona vodiysida burgut baland tog’ qoyalarining 3000 m va undan
yuqori qismlarida uchraydi. Erkagining og’irligi 6 kg gacha, bo’yi esa 70-90 sm
(qanotlarini yozganda 220 sm) gacha boradi. Urg’ochisi esa erkagidan biroz
kattaroq bo’ladi. Ranggi to’q qo’ng’ir, yoshlarining dum asosi oq, uchi qora
bo’ladi. Uchganda oldingi qoqish patlarini barmoqqa o’xshatib ketadi (2-rasm).
Burgut o’troq qush, faqat qishda tekisliklarga tushadi. Tog’lardagi qoyalarga
uya quradi, uyasini har yili yangilab turadi, uning diametri va balandligi 2 m
atrofida bo‘ladi. Burgutlarning uyasi bir-biridan 10 km masofada bo’ladi. Mart
oylarida urg’ochi burgut bitta yoki ikkita tuxum qo’yadi. Tuxumidan 45 kunlarda
oq patli jo’jalari chiqadi. Tuxum bosish davrida xo’rozlari ovqat tashib boqadi.
Ular uyasida ikki yarim oy yashab uchirma bo’ladi. Iyulda yaxshi uchadigan
bo’ladi.
Burgutlarning 6 turi fanga ma’lum. Jumladan, Fors ko’rfazi, SHarqiy hamda
G’arbiy Sibirdan tashqari Yevrosiyoning barcha qismida uchraydigan Aquila__chrysaetus;'>Aquila
chrysaetus; SHimoliy amerikada tarqalgan A.canadensis; Fors yarim oroli,
SHimoliy Afrika, Turkiya va Erongacha bo’lgan hududlarda tarqalgan Aquila
homeryi; Yaponiya va Koreyada tarqalgan Aquila japonica; Janubiy
Qozog’istondan sharqqa tomon Mongoliya, Xitoy, SHimoliy Hindiston va Pkiston
hududlarida uchraydigan Aquila daphanea hamda SHarqiy Sibir, Oltoydan
Kamchatkagacha bo’lgan hududlarda tarqalgan Aquila kamtschatica turlari qayd
etilgan. Demak, burgutlar keng arealni egallagan qushlar qatoriga kiradi.
Burgutlarning bir qismi uya qurgan hududlarda qishlab qoladi. Boshqalari esa
qishlash uchun Janubiy o’lkalarga uchadi. Borishi qiyin bo’lgan o’rmonlar,
botqoqlar paydo bo’lgan o‘rmonlar, tog’larda ko’plab uyalar quradi. Ular ko’proq
ov qilishga qulay bo’lgan botqoq, daryo vodiylari, tog’lar, pasttekisliklar
yaqinlariga uyalar quradi.
Asosiy ozig’i quyon, tog’ echkisi, o’rdaklar, tovuqlar, katta qushlardan g’oz
va turnalargacha tutib yeydi. Ilonlarni ko’p ovlaydi. Qishda o’lgan hayvonlarni
topib ham yeydi. Tulkilarga ham hujum qiladi. Bug’ular, tog’ echkilariga ham
hujum qiladi. Juft bo’lib yashaydi. Umri oxirigacha juftligini saqlaydi. Baland
daraxtlarda 1.5-3 m gacha bo’lgan diametri 2 balandlikdagi uylar quradi.
Daraxtlarda, topgrafik minoralarda, cho’qqi qoyalarda uya quradi. Har bir juftlik
bir nechtadan uyaga ega bo’lib, ko’p yil undan foydalanadi. Har yili uyldarini
boshqasiga almashtirib turadi.
Ba’zi olimlarning fikriga ko’ra, ularning uydan-uyga almashishi uyalaridagi
qush burgasi va boshqa parazitlar ko’payishidan saqlaydi. Har yili uyalarini
qurishni davom ettiraveradi. SHuning uchun uyalari hajmi kattalashib boradi.
Daraxtlarga qurilgan uyalarning og’irligidan daraxt shoxlari sinib ketadi. 3-5 yilda
ko’payishni boshlaydi. Makiyoni yanvardan mart oxiriga qadar tuxum qo’yadi. Bu
uya qurilgan joyga bog’liq. Och qo’ng’ir (kir) rangdagi tuxumlardan 42-45 kunda
poloponlar chiqadi. Jo’jalarini 2 oydan ortiq vaqt davomida boqadi. 75-80 kunlik
bo’lganda burgutchalar uchirma bo’ladi. Lekin keyingi bahorgacha ota-onasini
tashlab ketmaydi.
Hozirgi vaqtda Orenburg cho’llari, qirg’izlar, bashqirlar va boshqa osiyoliklar
burgutlardan foydalanib, ov qiladilar. Odatda, ovga yosh, navqiron, yaxshi ucha
oladigan burgutlar o’rgatiladi. Markaziy Osiyo va Qozog’istonda burgutdan tulki,
quyon, ba’zan bo’ri va jayronlarni ovlashda ham foydalaniladi.
O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi hamda CITES (yo’q bo’lib ketish xavfi
ostidagi yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to’g’risidagi
Konvensiya) ning II ilovasiga kiritilgan.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish