MUNDARIJA:
KIRISH....................................................................................................................3
I BOB YIRTQICH QUSHLARNING BIOLOGIYASI, SITEMATIKASI
1.1 Qushlar ustida gelmintologik tadqiqotlar o`tkazish..........................................
1.2 Respublika hududida tarqalgan ayrim yirtqich qushlarning biologiyasi va hayot
sikli.......................................................................................................................17
II BOB YIRTQICH QUSHLARNI MUHOFAZA QILISHVA ULARNING AHAMIYATI
2.1 Yirtqich qushlarning o‘zaro munosabatlari.......................................................40
2.2 O'zbekiston respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan yirtqich qushlar
va ularni muhofaza qilish........................................................................................47
XULOSA...……………………………………………………………………….56
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI.........................................58
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Markaziy Osiyo hududi qadimda turli
mamlakatlardan o‘tgan hayvonlarning makoni bo‘lgan. Shunga ko‘ra
O‘zbekistonda Yevropa va Markaziy Osiyo uchun xarakterli bo‘lgan
hayvonlarning turlari bilan bir qatorda bizga Afrika va Hindistondan o‘tib qolgan
hayvonlar ham uchraydi. Hozirgi kunda yer yuzidagi barcha landshaftlar bevosita
yoki bilvosita inson faoliyatiga uchragan. Hayvonlar, ayniqsa tabiiy landshaftlarda
asosiy bioindikatsion rolga ega qushlarni faunasi va aholisini o`rganishga katta
e’tibor berilmoqda. Tabiiy landshaftda qushlarning roli juda sezilarli. Qushlar
tog‘lar, bog`lar va o rmonlarni, o`tloq va qishloq xo‘jalik maydonlarini zararli
hasharot va kemiruvchilardan himoyalaydi, begona o`tlar urug`larni yo`qotadilar,
daraxt va butalarning tarqalishiga moyillik qiladilar, tuproqni o`g‘itlaydilar.
Bularga chittak, moyqut, dumparast, kurkunak, shaqshaq, zarg‘aldoq, kakku, ola
qizilishton, ko`k qarg‘a, miqqiy, soch, kuykunak, baliqchi kabi qator qushlar misol
bo`ladi. Soch yoki ola chug‘urchiqning bitta koloniyasi R. N. Meklenburtsevning
ma`lumotiga ko`ra, O‘rta Osiyoda bir oy mobaynida ko`payish vaqtida 100 ming
dona chigirtkani qiradi.
O‘zbekistonning katta qismi, ya’ni yurtimiz maydonining 85 foizini cho‘l va
yarim cho‘llar tashkil etadi. Ular sharqda va janubi-sharqda umumiy hududning 15
foizini band etgan. Tyonshon va Hisor-Oloy tog‘ tizmalariga tutashib ketadi.
Mazkur hududlar jonivorlarning yashashi, ko‘payishi hamda qishlashi uchun juda qulay makon sanaladi. O‘zbekiston ornitofaunasi turlarga juda boy bo‘lib, hozirgi kunda 432 turni o‘ziga birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |