Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari bu - ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi "psixologik vaziyatni", har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini, mehnat omillarini o’rganishga asoslangan usullardir.
.
O’z mohiyatiga ko’ra, boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullarining bu guruhi jamoaning shakllanish va yuksalish jarayoniga, kishilarning ongiga, ma’naviy manfaatlariga jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ta’sir qiluvchi vositalarning majmuidir.
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullar "Ijtimoiy menejment" va "Menejment psixologiyasi"ga asoslanadi.
Ijtimoiy menejment insonning ishlab chiqarish omillari bilan o’zaro aloqasi, jamoaning ijtimoiy rivojlanishini rejalashtirish, mehnat jamoasini tarkib toptirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni ko’rib chiqadi.
Menejment psixologiyasi kishilarning boshqarish faoliyatlari xususiyatlarini va natijalarni aniqlashga xizmat qiladigan hodisalarni o’rganadi. U kadrlarni tanlashda, ularni joy-joyiga qo’yishda, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rag’batlantirishda, intizomni mustahkamlashda va hokazolarda qo’llaniladi.
Biz yaxshi bilamizki psixologiya insonning ruhiyatini o’rganuvchi fandir. Inson ruhiyatiga esa sezish, idrok qilish, tasavvur, tafakkur, ta’ssuf jarayonlari, xotira, diqqat, e’tibor, iroda, shuningdek inson shaxsining ruhiy xususiyatlari, chunonchi, qiziqish, qobiliyat, xarakter va mijoz kiradi. Ijtimoiy psixologiya— bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli ijtimoiy guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta’sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir.
Boshqarishning ijtimoiy - ruhiy usullari quyidagi muammolarni hal qilishga qaratilgan:
* jamoani rivojlantirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida hamkorlikda ishlash uchun qulay shart – sharoitlarni yaratish;
* namunali an’analarni qo’llab – quvvatlash va milliy urf – odatlarni joriy etish hamda jamoa ongini o’stirishga yordam berish;
* ijtimoiy rivojlantirishni va kishilarning intilishini, tashabbusini rag’batlantirish, umumiy ta’lim darajasini oshirish, ma’naviy- ma’rifiy o’sish, malaka oshirish;
* kishilarning madaniy va ijtimoiy maishiy ehtiyojlarini qondirish;
* sog’lom ijtimoiy – psixologik muhitini vujudga keltirish
* ishlab chiqarish samaradarligi va ish sifatini oshirish uchun shart – sharoitlarni vujudga keltirish.
Bu muammolarning yechimi boshqarishning yanada uyushqoq, samarali bo’lishini talab qiladi.
Mehnat jamoalaridagi ijtimoiy -ruhiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi. Nizo — bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir yechimga kela olmaganligini bildiradi.
( Bu masala “Nizo va stressni boshqarish” mavzusida kengroq ko’rib chiqiladi)
Jamoa a’zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a’zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi. Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e’tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi. Bunday nosog’lom vaziyat jamoa a’zolarining kayfiyatiga salbiy ta’sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada ijtimoiy - ruhiy vaziyat yomonlashadi. Bu esa o’z - o’zidan ishga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, infratuzilma menejmenti metodologiyasini o’rganishning tarbiyaviy usullarining ta’siri bir yildan keyin va undan keyin namoyon bo’ladi. Shuni ta’qidlash lozimki, tarbiyaviy usullarni amalga oshirishga sarflanadigan sa’y – xarakatlarning iqtisodiy samarasi ma’muriy va iqtisodiy usullarni amalga oshirishdan bir necha marta ortiq bo’ladi.
Boshqaruv ishini oqilona tashkil etish ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi. Mehnatning ilmiy asoslangan me’yorlari boshqaruv apparatidagi har bir xodim ishini xolisona baholash, moddiy rag’batlantirishdan samarali foydalanish imkonini beradi. Biroq, boshqaruv sohasi, hatto, bitta boshqaruv funksiyasi doirasida o’z ichiga o’ta xilma-xil ish turlarini oladi.
Ayrim mehnat turlarini normallashtirishga yondashish differensiyalanishi lozim. Menejer mehnatining o’ziga xos xususiyatini hisobga olgan holda, rahbarlar uchun boshqaruvchanlik me’yorini ajratib olish maqsadga muvofiqdir. Me’yoriy miqdor va boshqaruvchanlik me’yori barcha darajadagi rahbarlar uchun ishlab chiqilishi mumkin. Miqdoriy me’yorlar yordamida boshqaruv funksiyasi bo’yicha xodimlarning umumiy soni aniqlanishi, boshqaruvchanlik me’yori yordamida esa xodimlarni joy-joyiga qo’yish mumkin.
* Qulay ish tartibi va sharoiti. Boshqaruv mehnatining unumdorligi to’g’ridan-to’g’ri menejer mehnat qiladigan ish o’rnining holati va sharoitiga bog’liqdir. Ko’rib chiqilayotgan muammo ahamiyati ijtimoiy va iqtisodiy jarayonni boshqarish tizimida muhim sifat o’zgarishlari ro’y berganda bozorga o’xshash yangi tashkilotlar yuzaga kelishi bilan yanada kuchayadi.
Menejerning ish joyini oqilona tashkil etish boshqaruv faoliyatida imkon qadar qulay ish sharoiti tashkil etilishini ta’minlaydi, ish unumdorligini oshiradi. Hozir turli kategoriyadagi ma’muriy boshqaruv xodimlari uchun ish joylarini tashkil etishning besh mingdan ortiq tipovoy loyihalari ishlab chiqilgan. Bulardan tashqari boshqaruv apparatida ish o’rinlarini tashkil etishda qator iqtisodiy, ergonomik, etik va estetik talablarga rioya etish lozim. Ergonomika aniq faoliyat apparatida inson va mashinaning o’zaro moslashishini o’rganuvchi fandir.
* Mehnatning sanitariya-gigienik va estetik jihatdan qulay ish sharoiti.
Binoda kerakli xarorat darajasi saqlanishi, me’yorida yoritilishi, havo namligi, devorlar rangi, mebellar bir-biriga mos tushgan bo’lishi kerak.
* Mebellarning qulayligi. Shaxsning xususiyatlarini hisobga olgan holda mebellarni o’lchami va shakliga ko’ra tanlab, ularni qulay joyga qo’yishdan iborat.
* Orgtexnika vositalari. Ish joyi tegishli orgtexnika bilan jihozlanishi, shuningdek, undan samarali foydalanish texnologiyasi tashkil qilinishi zarur.
* Mehnat va dam olishning oqilona rejimi. Menejerning me’yorga solinmagan ish kuni unga nisbatan ishga chiqishning moslanuvchan jadvalini tuzish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |