Xulosa
Ma’lumki, har qanday mehnat jarayoni xoh u kichik doirada, xoh u katta doirada bo’lsin, boshqaruvni taqozo qiladi. Bu faoliyat boshqarishning farmoyishli ta’sir ko’rsatish shakli yordamida bajariladi. Shunday qilib, boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usuli yakkaboshchilik munosabatlari, intizom va mas’uliyatga asoslanadi. Mantiqan bu usulni quyidagi ibora bilan izohlash mumkin: Rahbar buyrug’i uning qo’li ostida ishlayotganlar uchun qonundir.
Boshqarishning farmoyishli ta’sir o’tkazish usulidan amaliyotda foydalanish ma’lum talablarga javob berishi kerak.
* birinchidan, qaror nimaga asoslanib chiqarilganligi aniq ko’rsatilishi shart;
* ikkinchidan, qabul qilingan qaror mohiyati qisqa va ravshan bayon etilishi lozim;
* uchinchidan, ijroni nazorat qilish shakli, farmoyishning kuchga kirish va bajarilish muddati ko’rsatilishi zarur;
* to’rtinchidan, buyruq va farmoyishlar qisqa, tushunarli va aniq bo’lishi kerak.
* beshinchidan, buyruq va farmoyishlarni eng qulay muddatlarga chiqarish va ijrochilarga yetkazish kerak.
Buni amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor berish zarur.Kechikish ijrochilarga buyruq mazmunini to’liq anglash, uni bajarish uchun zarur bo’lgan hamma ishlarni qilish imkonini bermaydi. Bunday holda ijroning sifati puxta bo’lmaydi. Va, aksincha, buyruqni juda vaqtli chiqarish ham maqsadga muvofiq emas. Chunki uni bajarish muddati yetib kelguncha ijrochining mas’uliyati, ishtiyoqi pasayishi mumkin.
*oltinchidan, buyruq va farmoyishlar imkon qadar kamroq bo’lishi kerak.
Buyruqbozlik, bo’lar-bo’lmasga buyruq, farmoyish va ko’rsatmalar chiqarish ishga naf keltirmaydi. Boshqarish sifati buyruqlarning ko’pligi bilan belgilanmaydi. Yaxshi tashkil etilgan boshqaruv jarayonlari o’rnatilgan tartib va an’analar tufayli normal kechadi.
Shuni ta’kidlash joizki, buyruq va farmoyishlar bajarish uchun chiqariladi. Bu esa ularning bajarilishini nazorat qilishni talab qiladi. Ijroni tekshirish bo’yicha nazorat tizimi yo’lga qo’yilmasa, har qanday buyruqlarning bajarilishi, xatto u yaxshi ijrochilar zimmasiga yuklangan bo’lsa ham, orzu-istak bo’lib qolaveradi, bajarilganda ham sifatsiz va kechiktirib bajariladi.
Amaliyotda menejmentning ijtimoiy - ruhiy usullaridan samarali foydalanish uchun boshqarish ob’ektining holati to’g’risida keng axborotga ega bo’lish kerak. Bunday axborot olish uchun jamoada bevosita ijtimoiy tadqiqotlar o’tkazish lozim.
Ijtimoiy tadqiqotlar juda xilma - xil axborotlar olish imkonini beradi:
* jamoa a’zolarining mehnatga va rahbarlarga munosabati;
* boshqarish usullarining bir-biri bilan o’zaro munosabati;
* jamoaning ehtiyojlari va qiziqishlari;
* xodimlar shaxsiyati;
* xodimlarning ishlab chiqarishdagi faolligi;
* jamoa a’zolarining ma’naviy va jismoniy ravnaqi;
* ehtiyojlarning qondirilish darajasi va hokazo to’g’risidagi axborotlar.
Bu axborotlar jamoalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va xilma-xil ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish uchun muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ijtimoiy tadqiqotlar olib borishga korxonaning o’z ijtimoiy xizmatlari, shuningdek, xo’jalik shartnomasi asosida ilmiy muassasalar va o’quv yurtlarining xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Qayd qilingan ijtimoiy tadqiqotlarning ham ijobiy jihatlari, ham kamchiliklari bor. Shuni hisobga olgan holda, u yoki bu usulni voqealikni real aks ettirishi va ko’proq samara berishiga qarab tanlash lozim. Tajribalar esa infratuzilma menejmenti metodologiyasini o’rganishning ijtimoiy - ruhiy usullarini ma’lum darajada birga qo’shib qo’llanishi maqsadga muvofiq ekanligini ko’rsatadi.
Shuni ta’qidlash joizki, menejmenti usullari boshqarish uslublari rahbarning qo’l ostidagi xodimlariga ta’sir etish usullari yig’indisi bo’lib, bir – biri bilan o’zaro bog’liqdir
Do'stlaringiz bilan baham: |