Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Mazkur tadqiqotda ilk bor Yaponiyadagi zamonaviy dramaturgiya va uning ahamiyati haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, shuningdek, bu mamlakatda ijod qilgan Kinoshita Junjining hayoti va ijodiga bag‘ishlangan dastlabki tadqiqot ekanligi ahamiyatga molikdir. Mazkur tadqiqot orqali jahon adabiy jarayonidagi yangi uslub va yo‘nalishlarning yapon dramaturglari ijodiga ta’siri, moslashuvi, xususan, Kinoshita Junjining ijodida namoyon bo‘lishi haqida ma’lumotga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |