Bog'liq 3- bo’lim. Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari
3- BO’LIM . Transport vositalarini ekspluatatsion xususiyatlari Avtomobini loyixalash davrida uning konstruksiyasiga ma’lum xususiyat beriladi. Avtomobil o‘z xususiyatini to‘liq ishlata olish uchun uning sifati, konstruktor avtomobilni qanday loyihalagan, tanlangan texnologiya va detallarning materiallariga bog‘lik.
Avtomobil konstruksiyasining murakkabliga va unga bo‘lgan talablarning ko‘pligi tufayli uning xususiyatlarini biror universal o‘lcham bilan baholash qiyin.
SHuning uchun avtomobilning xususiyatiga baho berish uchun o‘lchagich va ko‘rsatgich kiritamiz.
O‘lchagich – avtomobil xususiyatining sifatini aniqlaydi.
Ko‘rsatgich – o‘lchagichning raqamli qiymatini aniqlaydi.
Ko‘rsatkich bir ma’noli bo‘lgani uchun avtomobilning konkret sharoitdagi va ekspluatatsion xususiyati uchun oxirgi imkoniyatini aniqlaydi (masalan: Avtomobilning maksimal tezligi).
Ekspluatatsion xususiyat ko‘rsatgichi tajribada va hisoblab aniqlandi.
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari.
Avtomobilning ekspluatatsion xususiyatlari quyidagilardan iborat:
Avtomobilning dinamik xususiyati
1. Avtomobilning dinamik xususiyati deb, yuk va passajirlani berilgan yo‘l sharoitida xarakat xavfsizliginining saqlagan holda maksimal o‘rtacha tezlik bilan yura olish qobiliyatiga aytiladi.
Avtomobilning dinamik xususiyati tortish va tormozlash xususiyatlariga bog‘liq
Avtomobilning tortish xususiyati, ma’lum ekspluatatsion sharoitda maksimal o‘rtacha tezlik bilan baholanadi.
Avtomobilning tortish xususiyati sekinlashish va tormozlanishni samaradorligini ko‘rsatadi.
2. Avtomobilning yonilg‘i tejamkorlik xususiyati deb xarakat davomida minimal yonilg‘i sarflab transport ishini bajara olish qobiliyatiga aytiladi.
3. Avtomobilning turg‘unlik xususiyati deb, tashqi kuch ta’siri ostida avtomobil o‘z xarakat yo‘nalishini (xaydovchi ishtirokisiz) saqlay olish qobiliyatiga aytiladi.
4. Avtomobilning boshqariluvchanlik xususiyati deb xaydovchi boshqarayotgan avtomobilning berilgan xarakat yo‘nalishini eng kam o‘zgartirib yurishi va xaydovchi xoxishi bilan boshqaruvchi organlar o‘z vaziyatini o‘zgartirganda avtomobil xarakat proektoriyasining o‘zgarishiga aytiladi.
5. Avtomobilning o‘tag‘onlik xususiyati deb og‘ir yo‘l sharoitlarida va yo‘lsiz joylarda etakchi g‘ildiraklarning shatak siramasdan o‘ta olish qobiliyatiga aytiladi.
6. YUrish ravonligi xususiyati deb notekis yo‘lda kuzovning ortiqcha tebrantirmasdan xarakatlana olishiga aytiladi.
Ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi quyidagi asosiy misollarni o‘rganadi.
Avtomobilning konstruksiyasini mukammallashtirish yo‘llarini;
Har-xil sharoit uchun xarakat usullarini tanlash masalalarini;
Avtomobilni loyihalash davrida, uning ma’lum sharoitdagi ekspluatatsion xususiyatlarini oldindan aniqlash;
Ekspluatatsion xususiyatlarni tahlil qilishdan maqsad: uning ish unumdorligini oshirish va yuk tashish tannarxini kamaytirishdir bundan tashqari avtomobil agregatlarining ish jarayonini o‘rganish va uni hisoblashga imkon yaratish.
Bunga erishish uchun:
Avtomobil o‘rta tezligi oshirish
YOnilg‘i tejamkorligini yaxshilash
Transportning xarakat xavfsizligini ta’minlash
Haydovchi va passajirga xarakat davrida qulaylik yaratish.