Avtomobilning tebranishi
Avtomobil ko‘p massali sistema bo‘lgani uchun uning tebranishi juda murakkabdir. Qabul qilingan ekvivalent tebranish sistemasi ressoralangan massa , ressoralanmagan massalar va bikrlikka ega bo‘lgan osmalardan, bikrlikka ega bo‘lgan shinalardan hamda qarshilikli amortizatorlardan iborat; osma sharnirlari va ressora listlari o‘rtasida quruq yoki yarim quruq, shinalarda esa molekulalararo bog‘lanish mavjud. Kuzov va o‘qlar oltita erkinlik darajasiga ega (uchta chiziqli va uchta burchakli). Tebranishga ta’sir etuvchi faktorlarning ko‘pligi uni analitik usulda tekshirishni juda qiyinlashtiradi, shuning uchun avtomobilning konstruktiv faktorlari soddalashtiriladi. Avtomobilning ressoralanmagan massalar miqdori ressorlangan massalar miqdorining 15 ... 20 % ni tashkil qiladi, ressorlar qattiqligi esa shinanikidan 3 ... 7 marta kam. Demak, ressorlanmagan massalarning erkin tebranish chastotasi ressorlangan massalarnikidan katta bo‘ladi. SHuning uchun ressoralanmagan massalarning kuzov tebranishiga ta’siri hisobga olinmaydi, osmaning elastik elementlari va shina bikrligi esa keltirilgan bikrlik bilan almashtiriladi.
Osmaning keltirilgan bikrligi deb, berilgan yuk ta’sirida xaqiqiy osma kabi deformatsiyaga ega bo‘lgan, sohta elastik element bikrligiga aytiladi. Keltirilgan bikrlik quyidagicha aniqlanadi:
ressora va shinaning vertikal bikrligi.
Ressoraning bikrligi shinanikidan bir necha marta kichik bo‘lgani uchun osmaning keltirilgan bikrligi ressoranikidan 15 ... 20 % kas bo‘ladi. Avtomobillar oldingi va ketingi osmalarining bikrligi 200 ... 600 N/sm, shinasining bikrligi 2000 ... 4500 n/sm bo‘ladi.
Avtomobillar yurish ravonligini tekshirishni osonlashtirish uchun uni ikkita erkinlik darajasiga ega sistema deb qabul qilish zarur: birinchisi-vertikal yo‘nalishdagi tebranish; ikkinchisi-ko‘ndalang o‘q atrofida vertikal tebranish. Ikkala xil tebranishlar birgalikda avtomobilning kishi organizmiga ta’sir etuvchi komfortli vaziyatni vujudga keltiradi. Avtomobilning vertikal tebranishi yumshoq osma va amortizator bilan kamaytiriladi. Avtomobilning burchakli tebranishini esa osma konstruksiyasini mukammallashtirish, avtomobil massalarini bo‘ylama o‘q bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlash hisobiga kamaytirish mumkin.
Asosiy adabiyotlar:
Avtomobillar. Konstruksiya asoslari. Muxitdiinov A.A. va boshq. – T. «Istiqlol nuri», 2016. – 332 b.
Transport vositalarining tuzilishi (Design of vehicles). Muxitdinov A.A., Sattivaldiev B., Xakimov SH.K. – T. “Ta’lim nashriyoti”, 2014. – 160 b.
Kodirov S.M. va Kodirxonov M.O. Dvigatel va avtomobillar nazariyasi. Toshkent , «Ukituvchi», 1981 y. 280-283 betlar.
Mamatov X.M. va boshkalar. Avtomobillar. . Toshkent , «Ukituvchi», 1982 y.391-394 betlar.
Kodirxonov M.O., Rasulov G.G. Avtomobil nazariyasidan masalalar tuplami. . Toshkent , «Ukituvchi», 1996 y. 48-49 betlar.
Litvinov A.S., Farobin YA.E. Avtomobilь. Teoriya ekspluatatsionnыx svoystv. Moskva, «Mashinostroenie», 1989 g. 193-200 betlar.
Kushimcha adabiyotlar:
X.M.Mamatov. Avtomobillar. (Avtomobillar konstruksiyasidan programmalashtirilgan ukuv kullanma). Toshkent, «Ukituvchi», 1986, 15-22 betlar.
E.V.Mixaylovskiy i dr. Ustroystvo avtomobilya. Moskva. «Mashinostroenie», 1987. 5-14 betlar.
Agnew.W.G. “Automotive Fuel Economy Improvement”, General Motors Research Publication GMR-3493
Cole D.E., Harbeck L.T. and Smith D.N. “Delphi Forecast and Analysis of the U.S. Automotive Industry in the 1980’S”, Othee for the study of Automotive Transportation and Industtrial Devolopment Div. of the Institute of s’cience and tech (1991)
Coon C.W. and Wood C.D. Improvement of Automobile Fuel Economy, - SAE Paper 740969, october, 1984
Saunders J. SAE-A Truck Fuel Consumption Measurement Procedure: Tupe 1 Test. SAE Australasia. 1984, XI-XII,p 268-271
Joshida E. Namura H., Hozaki H., etal Jasoline Volatility Hot Weather Driveability of Japanese cars. Motor vehicle technology.
Dr-Ing. Wolf-Heinrich Hucho. Aerodynamik des Automobiles. 1987
Hucho W-H., Emmelmann, H-J. Aerodynamische Formoptimierung, ein Weg zur Steigerung der Wirtschaftlichkeit von Nutzfahzeugen.
Go’’tz, H.Die Aerodynamik des Nutzfahzeuges –Massnahmen rur Kroftstoffeinsporung. Reihe 12, 1987.
Do'stlaringiz bilan baham: |