2Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va


Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy asoslar



Download 199,49 Kb.
bet6/9
Sana13.07.2022
Hajmi199,49 Kb.
#785660
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Boboyev Suxrobb

Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy asoslari Jahon tajribasi ko’rsatishicha, islohotlarning natijalari va mamlakatning ichki rivojlanishi davlat tomonidan amalga oshiriladigan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning samaradorlik darajasiga hamda uning faollik bilan amalga oshirishga bog’liq bo’ladi. O’zbekiston mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlaboq o’zining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy ustuvor yo’nalishlarini belgilab olishga va xalqaro munocabatlapda o’zining ishtirok etish strategiyasini ishlab chiqishga kirishdi. O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatiga quyidagi muhim tamoyillar asos qilib olindi: 1. O’zaro manfaatlarni xar tomonlama hisobga olgan holda davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 2. Teng huquqlilik va o’zaro manfaatdorlik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik; 3. Mafkuraviy qarashlardan qat’iy nazar hamkorlik qilish uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; 4. Xalqaro hyquq normalarining ichki davlat normalaridan ustuvorligi; 5. Tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko’p tomonlama bitimlar, kelishuvlar asosida rivojlantirish. O’zbekiston bu tamoyillarga amal qilar ekan, qisqa muddat ichida jahon hamjamiyatiga kirish yo’lida muayyan natijalarga erishdi, jahon xo’jalik tizimiga izchillik bilan integratsiyalanish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratdi. Xalqaro munosabatlarning teng huquqli ishtirokchisi bo’lish xalqaro mehnat taqsimoti tizimiga integratsiyalashuv uchun barcha zarur shart-sharoitlarni 25 yaratish talab etiladi. Avvalo huquqiy tizimni yaratish kerak, chunki tashqi siyosatning asosiy tamoyillaridan biri, xalqaro huquqning hamma e’tirof etgan normalarigacha rioya qilish va xalqaro andozalarga izchillik bilan o’tishdan iborat. SHu munosabat bilan 1991 yilda O’zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonuni qabul qilindi, u iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida ma’muriy usullardan bozor usullariga sekin asta o’tishda, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solishda muhim rol o’ynadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada kuchaytirish uchun O’zbekiston Respublikasi Prizidentining 1992 yil 24 iyulda «O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatini rag’batlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida»gi maxsus Farmoni asosida davlat organlarining ichki bozorini kundalik extiyoj mollari bilan boyitish sohasidagi birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilab berildi. Farmonda, shuningdek, qo’shimcha kapital mablag’lar jalb qilish, ilg’or texnologiyalar va boshqaruv tajribalaridan foydalanish, xorijiy investorlar huquqlarini himoya qilishning ishonchli kafolatlarni, umuman respublikaning iqtisodiy saloxiyatidan samarali foydalanishni ta’minlash ham nazarda tutilgan edi. Mustaqil rivojlanishning boshlang’ich bosqichidayoq O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini kuchaytirish bilan bog’liq bo’lgan vazifalar davlat faoliyatini ana shu sohasi institutsional tuzilishini takomillashtirish zarurligini keltirib chiqaradi. Ana shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 21 fevraldagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil topdi, uning asosiy vazifalari - respublika uchun xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning ustuvor yo’nalishlarini belgilab olish asosida davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatini shakillantirish va amalga oshirish; tashqi savdoni rag’batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish; tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari operatsiyalarini nazorat qilish; respublika iqtisodyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ulardan samarali foydalanishdan iborat edi. 26 Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati tuzilishini shakllantirish zarurligi ichki ehtiyojlari bilan bog’lik bo’lib, ayni paytda jahon moliyaviy tizimga jadallik bilan integratsiyalashuv ham talab etilmoqda edi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991 yil 7 sentyabrdagi Farmoni bilan O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tashkil etildi, u bugungi kunga kelib Markaziy Osiyodagi eng yirik tijorat banki bo’lib qoldi. Bank o’z e’tiborini xorijiy kreditlarni va bevosita investitsiyalarni jalb etishga qaratmoqda. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir huquqiy hujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taalluqli bo’lgan, iqtisodiyotga xorijiy mamlakatlarning ilg’or texnologiyalari jalb qilishga va umuman jahon andozalariga erishishga xizmat qiladigan xorijiy investitsiyalar sohasidagi mavjud qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo bo’ldi. SHu munosabat bilan 1998 yil 30 aprelda mamlakatimiz parlamenti «Xorijiy investorlar to’g’risida» O’zbekiston Respublikasi qonunini va «Xorijiy investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to’g’risida» qonunni qabul qildi. Davlat tomonidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida faqat 1999 yildagina iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida 1324 mln. AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi. Biroq, davlatimizning tashqi iqtisodiy siyosatida investitsiya sohasidagi ana shunday muvafaqqiyatlarga qaramasdan hali xal etilmagan ko’pgina muammolar bor. Bundan tashqari, vaqt o’tishi bilan respublikaning ijtimoiy - siyosiy hayotidagi va umuman jahon miqyosidagi o’zgarishlar nuqtai nazaridan mamlakatimiz tashqi iqtisodiy faoliyatidagi qonunchilik bazasini qayta ko’rib chiqish zarurati paydo bo’lmoqda. O’zbekiston Respubilkasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XIV-sessiyasida xuddi ana shu nuqtai nazardan quyidagilarni ta’kidlab o’tdi: «Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning butun tizimini tubdan qayta qo’rib chiqish kerak. Mening fikrimcha, u haddan ziyod reglamentlashtirilgan. Unda iqtisodiy, ta’rif sohasida tartibga 27 solishdan ko’ra ma’muriy tartibga solish ustunlik kiladi. Biz tashqi iqtisodiy faoliyatning butun dunyoda qabul qilingan tsivilizatsiyali shakllariga tezroq o’tishimiz lozim». Bu fikr davlatimiz rahbari tomonidan uning ikkinchi chaqiriq O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi va islohotlar hamda investitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash majlisidagi nutqlarida ham chuqurlashtirildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonun ishlab chiqildi va ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida (2000 yil 26 may) yangi tahrirda qabul qilindi. Unga tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonini aks ettiruvchi yangi qoidalar kiritildi. Bunga xususan quyidagi qoidalar kiradi: Qonunning birinchi moddasi ushbu Qonunning asosiy vazifalari deb yuritilib unda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishi, uning asosiy vazifalari tashqi ishiqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag’batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi belgilangan
Davlat o’z milliy va butun jamiyat manfaatalrini muhofaza qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqaradi, shuningdek ana shu boshqaruv jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlarning ishtirokchilarini qo’llab-quvvatlab yoki tashqi iqtisodiy faoliyatning ayrim turlari bilan shug’ullanishga noqulay sharoit yaratish yo’li bilan ta’sir o’tkazadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga davlat ta’siri bevosita yoki bilvosita bo’lishi mumkin. Bunday ta’sir tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug’ullanish chog’ida vujudga keladigan munosabatlarni boshqaradigan qonunlar hamda me’yoriy hujjatlarni qabul qilish yo’li bilan o’tkaziladi va uning maqsadi ham jamoat, ham xususiy manfaatlarni himoya qilishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyotini qapop toptirish yo’lida huquqiy jihatdan ko’p ishlar kilindi. Respublikada huquqiy masalalar ham izchillik bilan shakllantirilib borilmoqda. Bozor munosabatlarini tsivilizatsiyalashgan shaklda joriy etishga imkon beradigan qonunlar majmui yaratilmoqda. Hozirgi vaqtda iqtisodiyot sohasiga tegishli bo’lgan, iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Islohotlarning huquqiy negizini yaratish bir qancha muhim yo’nalishlar bo’yicha amalga oshirildi.

  1. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish shart-sharoitlari O’zbekiston mustaqillikka erishgan kundan beri o’tgan tarixan qisqa davr ichida katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi, ana shu davr mobaynida yuz bergan olamshumul o’zgarishlar, qo’lga kiritilgan natijalar va eng asosiysi – iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda to’g’ri va oqilona yondoshish jahon hamjamiyatida ham haqli ravishda tan olindi. Mamlakatimiz iqtisodiyoti ko’p tarmoqli hududiy-ishlab chiqarish majmuasidan iborat bo’lib, uning poydevorini ixtisoslashgan tarmoqlar tashkil etadi. Yoqilg’i, mashinasozlik, rangli metallurgiya, kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati, ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi kabilar ana shunday makroiqtisodiy tarmoqlar turlariga kiradi. O’zbekistonda iqtisodiy taraqqiyot uchun zarur bo’lgan imkoniyatlar mavjud. Eng avvalo agroiqlimiy sharoitlarning qulayligi, zaminimizda D.I.Mendeleev davriy jadvalining deyarli barcha elementlarini topilganligi, serunum yerlarimiz borligi va, ayniqsa, xalqimizning mehnatservarligi milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishining asosiy omillari xisoblanadi. Respublikamiz hududida xo’jalik tarmoqlari, xususan sug’orma dehqonchilik, savdo, hunarmandchilik qadimdan rivojlanib kelgan. Bunga o’rta asrlarda uning Buyuk Ipak yo’lida, o’ziga xos uning muhim bo’g’ini sifatida joylashganligi ham katta ahamiyatga ega bo’lgan. O’z navbatida, sug’orma dehqonchilik madaniyati, faqat qishloq xo’jalik ekinlarini yerlarni sug’orish asosida yetishtirishgina emas, balki u bilan bog’liq boshqa tarmoqlar – fan, xalqaro savdo, shaharsozlik kabilar rivojlanishi bilan keng ma’noda tavsiflanadi. Binobarin, aytish mumkinki, vatandoshlarimiz tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, jumladan, al-Xorazmiy, alBeruniy, at-Termiziy, Abu Ali Ibn Sino, al-Farg’oniy, Bobur va boshqalarning olamshumul ilmiy ishlari ham sug’orma dehqonchilik madaniyati (tsivilizatsiyasi) bilan hamohang va chambarchas bog’liq bo’lgan. Hozirgi kunda esa mustaqil 36 respublika milliy iqtisodiyoti, jahonning ko’pgina yetakchi mamlakatlari qatorida, bozor munosabatlari sharoitida shakllanib va rivojlanib bormoqda. Eng muhimi ko’pchilik mamlakatlar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida o’zining milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda bir qator qiyinchiliklarga uchragan davrda, respublikamizda bu soha yuqori va barqaror sur’atda yuksalib bormoqda. Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayoni turli mamlakatlarda umumiy qonuniyatlar negizida ro’y beradi va asta-sekin rivojlanib boradi. SHu bilan birga, bunday mamlakatlarning har biri bu borada o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar xo’jalik tarkibi va yo’nalishi, mamlakatning geografik o’rni, tabiiyiqlim sharoitlari, mavjud tabiiy boyliklar, milliy urf-odatlar, aholi mentaliteti bilan belgilanadi. Aytib o’tilgan ana shu omillar e’tiborga olinib, respublikamizda bozor munosabatlariga o’tishning milliy modeli shakllantirilgan. Ushbu modelni va respublika rahbariyati tomonidan bozor munosabatalriga o’tishning asosiy tamoyillarini amalga oshirish jarayonida 1996 yilda milliy iqtisodiyot barqaror rivojlanish pallasiga o’tdi. Buning asosiy mazmuni-yalpi ichki mahsulot o’sish sur’atining barqarorlik darajasiga erishuvi va uning aholi o’sish ko’rsatkichlaridan kamida 4 martadan ziyodroq sur’atda ko’payib borishi demakdir. Umuman mustaqillik yillarida yalpi ichki mahsulot o’sishi bo’yicha uch asosiy davrni ajratish mumkin. Birinchi 1991-1995 yillarni o’z ichiga olib, bu davrni turli iqtisodiy-siyosiy omillar tufayli yuzaga kelgan depressiv davr, deb atash mumkin. Bunda asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlar oldingi yilga va 1990 yilga nisbatan past bo’lgan. Xususan, 1992 yilda o’sish, aslini olganda – kamayish juda sezilarligi qayl etiladi (88,9 %.). Ikkinchi davr 1997-2003 yillarni o’z ichiga oladi (tiklanish davri). Bu yillarda yalpi ichki mahsulot (YaIM) qiymati oshib borgan, ammo barqaror bo’lmagan. Eng muhimi umumiy o’sish koeffitsienti aholi ko’payishidan yuqoriroq bo’lsada, bu nisbat 1:4 ko’rinishga bo’lmagan. Uchinchi davr 2004 yildan boshlanadi va bu davrni barqaror o’sish, yuksalish yillari sifatida baholash mumkin. Sababi, bu 37 davrda YaIM ning yillik ko’payish ko’rsatkichi muntazam ravishda 7,0 foizdan ortiq bo’lgan. Agar aholi ko’payish sur’atining 1,5-1,6 foiz atrofida deb olsak, nisbat 4 va undan ortiqrog’ni tashkil qiladi. Demak, makroiqtisodiy rivojlanish mamlakatimiz aholisining ijtimoiy holatini yildan-yilga yaxshilanib borishini ta’minlamoqda. So’nggi 13 yil mobaynida (2000-2016 yillarda) YaIM o’sishi qariyb ikki martadan ko’prog’ini tashkil qilgan, aholi jon boshiga hisoblaganda esa u 2,0 barobarga ortgan. Sanoat ishlab chiqarish ko’rsatkichlari ham umumiy tarzda ko’tarilib borgan. Bu esa mamlakatimiz milliy iqtisodiyotini sanoatlashib borishidan darak beradi. Ayniqsa eng oxirgi yillarda uning o’sish sur’atini yanada yuqori darajada ekanligi diqqatga sazovordir. Ta’kidlash lozimki, bunday darajaga asosan rangli metallurgiya, mashinasozlik sanoat tarmoqlarining jadal rivojlanib borishi negizida erishilgan. Sanoat ishlab chiqarishining o’sish sur’ati, oldingi yilga nisbatan hisoblanganda, xususan 2004 va 2006-2009 yillarda ancha yuqori bo’lgan. Yana shunisi e’tiborliki, sanoat ishlab chiqarishning ko’rsatkichlari deyarli barcha yillarda (faqat 1997-1998 va 2010 yillar bundan mustasno) YaIM darajasidan ortiqroq bo’lgan. O’zbekiston milliy iqtisodiyotining an’anaviy tarmog’i – qishloq xo’jaligida ham o’sish kuzatiladi. Biroq, bu o’sish, sanoat va yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichlaridan farqli ravishda, bir tekis emas. Sababi, agroiqtisodiyot sohasining eng muhim xususiyati, ya’ni uning bevosita tabiiy-iqlim sharoiti bilan bog’liqligi uning turli sur’atlarda rivojlanishiga olib keladi. SHuningdek, respublikamizda savdo, pullik xizmat, investitsiya, tashqi iqtisodiy aloqalar ham muntazam rivojlanib obrmoqda. Bu esa milliy iqtisodiyot tarkibidagi ijobiy o’zgarishlar, tarmoqlar tuzilishining diversifikatsiyasi, ya’ni turlanishi, globallashuv va xalqaro integratsiya, ijtimoiy sohalarga jiddiy e’tibor berilishi natijasida yuzaga kelmoqda. 38 Milliy iqtisodiyotda bozor islohotlarini amalga oshirish chuqurlashtirilib borilmoqda. Yalpi ichki mahsulotning 82,8 foizi nodavlat sektorida yaratilgan va bu ko’rsatkich avvalgi yillarga qaraganda muntazam ko’tarilish xususiyatiga ega. Yalpi ichki mahsulotning deyarli 1/4 qismini sanoat ishlab chiqarishi ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligining bu boradagi hissasi 16,9 foiz, transport va aloqa 11,5, savdo 9,1, qurilish 6,4 foizga barobar. Umumiy jarayon shundan iboratki, yalpi ichki mahsulotni yaratishda eng avvalo sanoat hissasi oshib bormoqda. Bu ijobiy holat hisoblanadi, chunki mustaqillikning dastlabki yillarida gorizontal (hududlararo) iqtisodiy aloqalarning buzilishi sababli sanoat, xususan og’ir sanoat tarmoqlari yaxshi rivojlanmadi va, natijada, milliy iqtisodiyotning sanoatlashuv darajasi ancha pasaydi. So’nggi yillarda esa amalga oshirilayotgan sanoatni mahalliylashtirish va modernizatsiya qilish, xorijiy investitsiyalar hisobidan qo’shma korxonalarni qurish, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash darajasini oshirish va, umuman, mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini jadal rivojlantirib borish Davlat dasturini amalga tadbiq etish tufayli sanoat ishlab chiqarishining ulushi sezilarli darajada ortdi. Mazkur jarayon kelajakda ham saqlanib qolinadi. Ayni vaqtda agroiqtisodiyot tarmog’ining nisbiy ko’rsatkichlari pasayib bormoqda. Bu, bir tomondan, boshqa tarmoqlarning ustuvorroq rivojlanib borishi bilan izohlansa, ikkinchidan, qishloq xo’jaligining ba’zi tarmoqlarida, masalan, paxta yetishtirishda yakuniy ko’rsaktkichlarning birmuncha pasayib borishi bilan bog’liqdir. Asosiy tarmoqlarda sanoat ishlab chiqarishining qishloq xo’jaligiga nisbatan tezroq rivojlanishi birinchi xususiyat bo’lsa, xizmat (servis) sohalarning yuqoridagi tarmoqlarga nisbatan ustuvorroq sur’atda rivoj topishi makroiqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishlaridagi ikkinchi eng muhim jarayon hisoblanadi. Masalan, xizmat ko’rsatish sohalarining yalpi ichki mahsulot ichidagi hissasi 2005 yilda 39,5 foizni tashkil qilgan bo’lsa, 2013 yilda bu ko’rsatkich 53,0 foizga yetdi.

Aytish mumkinki, O’zbekiston sanoati yaqin o’tmishdagi qiyinchiliklar davridan barqaror rivojlanish bosqichiga o’tdi. Eng so’nggi yillarda mamlakatimizning milliy iqtisodiyotni sanoatlashtirish siyosati, ishlab chiqarishda tarkibiy o’zgarishlarni mahalliylashtirish (―lokalizatsiya‖), diversifikatsiya va modernizatsiya jarayonlarini amalga oshirish negizida sanoat ishlab chiqarishi yanada tez sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Masalan, 2012-2016 yillarda u 8,0 foizdanga ko’paydi. Sanoatning respublika yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi muntazam ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda uning 1/4 qismiga yaqini sanoat ishlab chiqarishiga to’g’ri keladi. Makroiqtisodiyotning mazkur tarmog’i 16 mingdan ziyod korxonalarni birlashtiradi, ularda 630 ming kishiga yaqin ishchi-xizmatchilar band. Bu korxonalarning ko’pchiligi oziq-ovqat, mashinasozlik va metalni qayta ishlash, yengil hamda qurilish materiallari sanoatidan iborat. Demak, aytish mumkinki, aynan shu tarmoqlar korxona darajasidagi mujassamlashuvining nisbatan past ko’rsatkichlariga ega. Bu tabiiy hol, chunki hozirgi sharoitda o’ta yirik korxonalarining ishlab chiqarish samaradorligi uncha yuqori emas. Tabiiyki, sanoat ishlab chiqarishining asosiy fondlarida og’ir sanoat tarmoqlari oldinda turadi. Ushbu xususiyatni yoqilg’i sanoatida ishlovchilar hissasi ham tasdiqlab beradi. SHuningdek, rangdor va qora metallurgiya sanoat korxonalarining ham fond sig’imi katta. Mustaqillik yillarida yoqilg’i-energetika va oziq-ovqat xavfsizligiga katta e’tibor berildi. Alohida qayd etish joizki, mamlakatimizda sobiq Ittifoq davrida mavjud bo’lmagan mutlaqo yangi mahsulot turlari, masalan, yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar, soda, shakar, kaliy o’g’itini ishlab chiqarish yo’lga 43 qo’yildi, neft va yog’och mahsulotlari ancha ko’paydi va h.k. Ayni vaqtda sanoatni modernizatsiyalash, yangi zamonaviy texnologik jihozlashga, uning tarkibiy tuzilishini boyitishga, ya’ni diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Xususan, ichki bozorni xaridorgir, sifatli xalq iste’mol mollari bilan to’yintirishga ahamiyat berildi. Mamlakatimizning bunday sanoat siyosati yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi. Bevosita sanoat ishlab chiqarishda esa ikki qarama-qarshi jarayon davom etadi: bir tomondan yirik sanoat tarmoqlari tarkibida yangi sanoat tarmoqlari vujudga keladi, ikkinchi tomondan, iqtisodiy integratsiya asosida tarmoqlararo majmualar shakllanib boradi. Yoqilg’i va elektr energetika sanoati bir-biri bilan yaqindan bog’liq. SHu sababli ularni yagona tarmoqlararo sanoat majmuasi sifatida ko’rish mumkin. Qolaversa, aynan shu majmua har qanday mamlakat yoki mintaqa iqtisodiyotida katta ahamiyatiga ega. CHunki, barcha ishlab chiqarish tarmoqlari bevosita yoki bilvosita yoqilg’i va elektr energetika sanoatiga asoslanadi. Binobarin, mustaqil davlatning umumiqtisodiy xavfsizligi, eng avvalo, uning yoqilg’i-energetika sohasidagi mustaqilligiga ham bog’liq.


Download 199,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish