Tadqiqotning masad va vazifalari. Tadqiqot ishning maqsadi O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining atroflicha taxlil qilish, mamlakat mintaqalarining tashqi aloqalardagi ishtirioklarini o’rganish orqali Namangan viloyati tashqi iqtisodiy faoliyatini mintaqaviy xususiyatlarini ochib berishdan iborat. Bu maqsadaga erishish uchun uchun BMI oldiga quyidagi vazifalar qo’yilgan: Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va o’rnini o’rganish; Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy asoslarini o’rganish; O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyatini ochib berish; 2 Солиев А. Ўзбекистон географияси. Тоiкент, 2014 й, 199-бет. 5 O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini atroflicha tadqiq etish; Namangan viloyati iqtisodiy saloxiyatini taxlil qilish; Mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlanishi muammolari va istiqbollarini o’rganish va h.k
KURS Ishning o’rganilish darajasining qiyosiy taxlili. Ayni vaqtda juda ko’plab respublikamiz iqtisodchi va geograf olimlar tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish yo’llari va istiqbollarni belgilash masalalari o’rganilib kelinmokda. Jumladan O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish yo’llarini izlash, bu borada amaliy samara beradigan dasturlar ishlab chiqish, ilmiy izlanishlar olib borish borasida olimlarimizdan M.Abdusalomov, A.Vahobov, R.X.Shodiev, G.G.Nazarova, N.Sirajiddinov, R.M.Alimov, N.X.Xaydarov, A.Soliev, A. Qayumov, A.Sodiqov, X.Mirzaaxmedov va boshqalar tomonidan o’rganilgan. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar muammoning ayrim jihatlarini tadqiqot ob’ekti sifatida olib o’rganilganligi bois ularning ishlarida keskin farqlar mavjud. Xususan A.Qayumovning ilmiy ishlanmalarida O’zbekiston Respublikasining tashqi aloqalari va ularning omillariga e’tibor qaratilgan. A.Solievning ishlarida esa tashqi aloqalar siyosiy geografiya va iqtisodiy geografik jarayonlarni tadqiq etish doirasida o’rganilgan. SHuningdek, Namangan viloyati tadqiqotchilari tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalar qo’shma korxonlar tashkil etish va rivojlantirish nuqtai nazaridan tadqiq etilgan. Ushbu bitiruv malakaviy ishida yuqoridagi tadqiqotlarga uslubiy yondashilgan xolda Namangan viloyati xo’jalik va hududiy tuzilmalarining tashqi iqtisodiy aloqalardagi ishtioklari atroflicha ko’rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |