2Tashqi iqtisodiy faoliyatning iqtisodiyotni rivojlantirishdagi roli va
o’rni ..................................................................................................
3 O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga erkinlashtarishda
tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyati .............................................
4Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning huquqiy va me’yoriy
asoslari
5Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish shart-
sharoitlari ….....………….................................................................
6Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida SAMARQAND viloyatining
KIRISH Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab tashqi aloqalarni kengaytirish, respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va rag’batlantirish maqsadida butun tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish uchun huquqiy asoslari yaratib berildi hamda asosiy qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezident Farmonlari va hukumat qarorlari chiqdi. Bular, avvalo, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «CHet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunlar hamda boshqa qonuniy va me’yoriy hujjatlar bo’lib, ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun asosiy shart - sharoitni yaratishga imkon berdi. Bugungi kunda iqtisodiyot tarmoqlarida islohotlarning chuqurlashuvi, barcha sohalarni qamrab olayotgan erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga yangi talablar qo’ymoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalarning iqtisodiyot taromqlari hamda mintaqalar ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti uchun ahamiyati borgan sari kuchaymoqda. Biroq, xozirgi davrdagi global iqtisodiyotda kechayotgan vaziyatlar hamda ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi jadal taraqqiyot tezligiga barcha mamlakatlar va ularning mintaqalari ham javob bera olmaydi. Bu borada har bir mamlakat va uning mintaqalari uchun aniq puxta ishlangan dasturlar bo’lishi va ularning doimiy monitoringi olib borilishi lozim. Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlantirish borasida ishlab chiqarilgan maxsulotlarning sifat, tannarx kabi muhim ko’rsatkichlari ham asosiy omillardan sanaladi. Prezidentimiz SH.Mirziyoev ta’kidlaganidek Tarmoqlar bo’yicha tannarx o’rtacha 10 foizga qisqartirilgan bo’lsa-da, kimyo va yengil sanoat, avtomobilsozlik, qurilish materiallari va boshqa bir qator tarmoqlarning ayrim mahsulotlari qimmatligi sababli tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’la olmayapti. Ayrim korxonalar zarar bilan ishlamoqda.‖ 1 . 1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг мамлакатимизни 2016 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг асосий якунлари ва 2017 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маърузаси. http://uza.uz/oz/politics/tan-idiy-ta-lil-atiy-tartib-intizom-va-shakhsiy-zhavobgarlik-16-01-2017 4 Ta’kidlash joizki, bunday muammolar malakatimizning barcha mintaqalaridagi ishlab chiqarish korxonalarida yetarli darajada. Xususan bunga Namangan viloyatining malakat tashqi iqtisodiy aloqalaridag ulushi hamda mintaqaning eksport va import ko’rsatkichlaridagi tafovutlarni misol qilish mumkin. Respublika umumiy ko’rsatkichiga nisbatan eksport va import amallari bor-yo’g’i 1-1,2 foizga teng. Mintaqa eksportining 52,5 foizi, importining 50,3 foizi ―Uzoq‖ xorij va Boltiqbo’yi davlatlari bilan amalga oshiriladi. Qolgan qismi MDH mamlakatlari zimmasiga tushadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarining zaifligiga kichik shahar va qishloq joylarda qulay investitsiya muhitining tashkil etilmaganligi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi2 SHundan kelib chiqib qilib, Namangan viloyatining mamlkat tashqi iqtisodiy aloqalaridagi ishtirokining mintaqaviy hususiyatlarini dolzarb masalalar sarasiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |