O’zbekiston respublikasi axborot tenologiyalari va komunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi



Download 1,12 Mb.
Sana28.01.2023
Hajmi1,12 Mb.
#904187
Bog'liq
O1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TENOLOGIYALARI
VA KOMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
AKT SOHASIDA IQTISODIYOT VA MENEJMENTI FAKULTETI

“MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI


“ELEKTRON TIJORAT” YO’NALISH
INDUVIDAL LOYIHA
MAVZU; ELEKTRON TIJORATDAN FOYDALANISHNING XORIJIY TAJRIBASI(XITOY MISOLIDA)

Bajardi; 011-19 Guruh Axmadov Behruz


Ilmiy raxbar: Xakimjanov D.K
Komissiya a’zosi

Toshkent – 2023



“ELEKTRON TIJORAT”
Fakultet dekani,
. _______________________
“ _____”_________2023-y.

“MENEJMENT VA MARKETING”
_______________________
“ _____”_________2023-y.

Mundarija
Kirish……………………………………………………………………….. 3
I Bob Elektron pullar nima va ulardan qanday foydalanish mumkin …… 7
1.1 Kriptovalyuta va elektron pullarning farqi. ……………………… 7
1.2 Elektron pullar. Chiqarish. Foydalanish. Qoplash. ……… 14
II Bob. O`zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish uchun shart - sharoitlar……29
2.1 Elektron pullar tizimning sub’ektlari. Elektron hamyonlarni to‘ldirish yo‘llari………………………………………………………………………..……. .29
2.2 Elektron puldan foydalanish yo‘nalishlari. Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash ………………………………………………………………………… 37
Xulosa……………………………………………………………………….. 58
Foydalangan adabiyotlar ro`yhati…………………………………………… 62
Ilovalar ………………………………………………………………………

Kirish
Elektron pullar — elektron shakldagi naqd puldir. Ular hamyonlarda saqlanadi. Pul qiymati onlayn shaklda bo‘ladi va milliy valyutaga bog‘lanadi. 


Onlayn bank tizimlari elektron pullar bilan operatsiyalarni osonlashtiradi va pulga oson, doimiy kirish imkonini beradi.
Elektron pullar texnologik yechimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi.
Umuman olganda, bu turdagi pullar naqd pulga elektron muqobildir. 
O‘zbekistonning “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, ularni chiqarish, foydalanish va qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi.
Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020-yil 29-aprelda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, ularning muomalasini boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Elektron puldan qanday foydalansa bo‘ladi?
Elektron pul kartalarda, qurilmalarda yoki serverda saqlanishi mumkin. U alohida valyuta emas va banklar tomonidan nazorat qilinadi. 
Bu turdagi pullar rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llaniladi va rivojlanayotgan mamlakatlarda tobora ko‘proq foydalanilmoqda.
Dastavval elektron pul egasi identifikatsiyadan o‘tgandan keyin ulardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
Bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p summasi bazaviy hisoblash miqdorIning (BHM) 100 baravariga teng bo‘lgan summadan oshmasligi kerak.
Identifikatsiyadan o‘tmagan mijozga ham elektron puldan foydalanish imkoniyati berilgan. Biroq bunda bitta operatsiyaning eng ko‘p miqdori BHMning 1 baravaridan oshmasligi kerak.
Elektron pulning asosiy afzalliklaridan biri bu — bankga borib bank hisobvaraqasini ochmasdan turib to‘lovni amalga oshirish imkoniyatining mavjudligi. Bundan tashqari pul mablag‘laridan tezkor ravishda foydalanish mumkin.
Shuningdek, to‘lovlarni elektron pullar yordamida amalga oshirayotgan paytda vositachilik haqining boshqa to‘lov vositalariga nisbatan arzondir. 
Elektron pullardan foydalanib mobil operatorlar uchun, kommunal, davlat xizmatlari va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.
Bundan tashqari bu turdagi pullar orqali xorijiy valyutada emissiya qilingan elektron pulni ayirboshlash imkoniyati mavjud.

Kriptovalyuta va elektron pullarning farqini bilarmidingiz?



Kriptovalyuta haqida gap ketganda, ko‘pchilik elektron pullar haqida tushunishini payqadik. Siz nima deb o‘ylaysiz? Kriptovalyuta bu – elektron pul turimi? Darhol javob beraman - yo‘q! Kriptovalyuta elektron pulning bir turi emas, balki virtual, ya’ni raqamli puldir.
Keling, ushbu turdagi valyutalar o‘rtasidagi farq nimada ekanligini bilib olaylik: elektron pul, virtual pul va raqamli pul. Ko‘pincha insonlar bu atamalarni bir deb o‘ylaydilar . Muammo shundaki, odamlar kriptovalyuta elektron shaklda saqlansa, uni elektron pul deb atash mumkin deb o‘ylashadi. Ammo bu to‘g‘ri emas, negaki elektron pul tartibga soluvchi asosga ega.
Elektron pul nima?
Elektron pul (e-money) naqd pulga raqamli muqobildir. «Naqd pulga raqamli muqobil» bu pul qo‘shimcha konvertatsiya qilmasdan ham naqd, ham raqamli formatda bo‘lishi mumkinligini anglatadi.
Yevropa Markaziy banki ushbu pullarni elektron shaklda saqlanadigan va to‘lovlarni amalga oshirishda qo‘llanadigan pul qiymati sifatida belgilaydi. Ushbu pul qiymatini saqlash uchun ishlatiladigan texnologiyaga qarab, elektron pul turi apparat yoki dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lishi mumkin, masalan, to‘lov kartalari, virtual kartalar yoki to‘lov hisoblari. Elektron pulni faqat vakolatli muassasalar, masalan, banklar va elektron pul institutlari (EMI) chiqarishi mumkin - ularning barchasi elektron pul chiqarish uchun litsenziyaga ega.
Raqamli valyuta nima?
Raqamli valyuta - tartibga solinadigan va tartibga solinmaydigan raqamli pullar uchun umumiy atama. Pullar faqat raqamli shaklda mavjud va naqd pul bilan bog‘liq emas, bu esa o‘z navbatida raqamli valyuta ham elektron pul emasligini anglatadi. Raqamli valyutalar nomoddiydir va ularni muayyan tarmoqlarga ulangan kompyuter yoki elektron hamyon yordamida boshqarish mumkin xolos. Barcha kriptovalyutalar raqamli valyutalardir, ammo barcha raqamli valyutalar kriptovalyutalar emas. Elektron oltin va pulli o‘yinlarni o‘z ichiga olgan boshqa raqamli valyutalar mavjud.
Virtual valyuta nima?
Virtual valyuta - bu faqat raqamli formatda mavjud bo‘lgan tartibga solinmagan raqamli valyuta. Pul qiymatining ushbu elektron ko‘rinishi to‘lov vositasi sifatida ishlatilishi mumkin va uni amalga oshirish uchun sizga hamyon, mobil yoki veb-ilova kerak. Har qanday jismoniy yoki yuridik shaxs virtual valyutani elektron shaklda o‘tkazishi, saqlashi va savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin. Biroq, virtual valyutalar qiymat yig‘indisi, hisob birligi yoki almashinuvni hisoblash uchun ishlatiladigan qiymat sifatida ishlatilmaydi. Virtual valyutaning rolini tushunish muhimdir. Ushbu turdagi valyutani belgilangan valyutaga almashtirib bo‘lmaydi va markaziy yoki boshqa bank organi tomonidan chiqarilmaydi. Bu shuni anglatadiki, bugungi kunda virtual valyuta tartibga solinmagan valyutadir, ammo bu vaqt masalasidir. Markaziy banklar va tartibga soluvchi organlar virtual valyutalarning yangi, tartibga solinadigan va rasman chiqarilgan turlarini (masalan, kriptovalyutalar) yaratish ustida faol ishlamoqda.
Kriptovalyuta nima?
Keling, xulosa qilaylik. Kriptovalyuta tartibga solinmagan virtual valyuta bo‘lib, kriptografik usullar bilan shifrlash orqali qalbakilashtirish va buzishdan himoyalangan. Kriptovalyuta kursi faqat bozordagi talab va taklifga bog‘liq. Kriptovalyuta ham raqamli valyutaning bir turi, ammo u elektron pul turi emas, chunki u hech qanday bank yoki elektron pul moliya instituti (EMI) tomonidan tartibga solinmagan yoki ishlab chiqarilmagan.
E LEKTRON PULLAR: CHIQARISH, FOYDALANISH, QOPLASH

Respublika ichidagi toʻlovlar arхitekturasiga elektron pullar joriy etilmoqda. Bu elektron pullar emitentining elektron tizimda elektron shaklda saqlanadigan va toʻlov vositasi sifatida qabul qilinadigan soʻzsiz va chaqirib olinmaydigan pul majburiyatlaridir.


Elektron pullar faqat milliy valyuta - soʻmda nominallashtirilgan boʻlishi kerak. Markaziy bank va banklar (emitentlar) ularni ularning nominal qiymatiga teng boʻlgan pul mablagʻlari summasiga almashtirishga chiqaradi. Jismoniy va yuridik shaхslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va elektron pullar tizimi agentlari elektron pullarning egalari boʻlishi mumkin. Jismoniy shaхslar elektron pullarni toʻgʻridan-toʻgʻri emitentdan yoki elektron pullar tizimining operatori yoхud agenti orqali oladilar.
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan va elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank yoki boshqa tashkilot elektron pullar tizimining operatori boʻlishi mumkin. Operator elektron pullar emitenti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tizimning faoliyat koʻrsatish qoidalarini belgilaydi. Emitent va operator elektron pullarga ruхsatsiz ega boʻlish va (yoki) ulardan ruхsatsiz foydalanganlik, shuningdek emitentning dasturiy ta’minoti ishidagi yoхud tizimning faoliyat koʻrsatishidagi хatolar yoki uzilishlar oqibatida elektron pullar egasiga yetkazilgan zarar uchun uning egasi oldida javobgar boʻladi.
Emitent elektron pullar egasidan elektron pullarni chiqarganlik va koʻrsatiladigan qoʻshimcha хizmatlar uchun ular oʻrtasida tuzilgan shartnoma doirasida vositachilik haqi undirishga haqli. Shartnoma tuzilguniga qadar elektron pullarning potensial egasiga ulardan foydalanish shartlari, vositachilik haqi miqdori va uni undirish tartibi, emitent va operator ma’lumotlari (nomi, joylashgan yeri, operator bank hisoblanmagan hollarda - litsenziya raqami) va e’tirozlarni berish usullari toʻgʻrisida aхborot taqdim etishlari shart.
Oʻzbekistonda realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va хizmatlar uchun toʻlovlarni toʻlashda faqat shu yerda chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi mumkin. Tizim emitenti va (yoki) operatori elektron pullar egasini: shaхsan hozirligida va oʻz shaхsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etganda yoхud masofaviy identifikatsiya qilish tizimlaridan foydalangan holda identifikatsiya qilishni amalga oshiradi. Identifikatsiya qilinmagan jismoniy shaхslar bitta elektron qurilmada eng koʻpi bilan 5 BHMni (e’lon qilish sanasida – 1 115,0 ming soʻm) saqlashlari va 1 BHM (223,0 ming soʻm) summasi miqdorida operatsiyani amalga oshirishlari mumkin. Identifikatsiya qilingan jismoniy shaхslarga elektron pullar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarga 100 BHM (22 300,0 ming soʻm) miqdorida limit belgilangan.
Elektron pullarning egasi ularni emitentga nominal qiymati boʻyicha qaytarishda ilgari chiqarilgan pullarni qayta almashtirish qoplash deyiladi. Bunda qoplanilayotgan elektron pullarga teng “oddiy” pullarning summasi (agar shartnomada emitent yoki operatorning vositachilik haqi nazarda tutilmagan boʻlsa):
agar shartnomada boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, elektron pullar kelib tushgan kun davomida yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi;
jismoniy shaхs bank hisobvaragʻiga oʻtkaziladi yoki unga naqd pul beriladi.
Yangi qonun kripto-aktivlarga doir operatsiyalarga (qiymati va egasiga ega blokcheyndagi yozuvlar jami) nisbatan tatbiq etilmaydi. Mazkur masala boʻyicha alohida normativ baza shakllantirilmoqda, hozircha u Prezidentning ikkita qarorini (3.07.2018 yildagi PQ-3832-son; 2.09.2018 yildagi PQ-3926-son qarorlarga qarang) va Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni oʻz ichiga olgan.
! Yana bitta nozik jihati. Hujjatda toʻlov хizmatlari yetkazib beruvchilari – MB, banklar, toʻlov tashkilotlari, agentlari va subagentlariga nisbatan sanksiyalar belgilangan:
toʻlovlarni amalga oshirish muddatlari buzilgan taqdirda, u muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun muddati oʻtgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq muddati oʻtgan toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashi shart.
toʻlov notoʻgʻri amalga oshirilgan taqdirda, u хato aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablagʻlarini oluvchining hisobvaragʻiga oʻtkazishi shart, aks holda, toʻlovchi mablagʻlarni qaytarishni, shuningdek muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun notoʻgʻri amalga oshirilgan toʻlov summasining 0,1%i miqdorida, biroq toʻlov summasining 10%idan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
Elektron pul – zamonaviy qulayliklar.

To‘satdan va kutilmaganda paydo bo‘lgan va nogohon fenomen voqelikka aylangan pullar. Yevropa Ittifoqi Markaziy banki tomonidan o‘rganilib chiqilgandan so‘ng, elektron pullar rasmiy darajada tan olindi.
Elektron pul – naqdsiz mablag‘ emas, u naqd pulga asoslangan va to‘laqonli to‘lov vositasi hisoblanadi. 
To‘liq xavfsizlik elektron pullarning asosiy afzalligidir. Ular sizning cho‘ntagingizdan yoki qo‘lingizdan tushib qolmaydi, ular kasalliklarning tashuvchisiga aylanmaydi, ular yordamida to‘lovni tezda va osonlik bilan amalga oshirish mumkin.
Elektron to‘lovlar plastik karta, NFC’ni qo‘llab-quvvatlaydigan telefon yoki maxsus to‘lov chipiga ega bo‘lgan boshqa vositalar yordamida amalga oshiriladi. 

A-Pay nafaqat onlayn va oflayn do‘konlarda xizmatlar va xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirish, balki O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan elektron formatda pul o‘tkazish imkonini ham beradi.
A-Pay elektron hamyonidagi elektron pullardan foydalanish nafaqat xavfsiz, balki juda qulaydir.
A-Pay elektron pullari bilan quyidagilarni to‘lash mumkin:
taksi xizmati;
do‘konlardagi tovarlar;
poyezd yoki samolyot chiptalari, ham onlayn, ham joyida;
restorandagi hisob;
kommunal to‘lovlar
va 10 000 dan ziyod oflayn va onlayn do‘konlardagi boshqa tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlar.
Bir elektron APS (A-Pay Sum) bir so‘mga teng. Boshqa jihatlarga qo‘shimcha sifatida aytish mumkinki, elektron pullar A-pay elektron hamyonida firibgarlik harakatlaridan ishonchli himoya ostida va xavfsizlikda saqlanadi.
Barcha imtiyozlardan bahramand bo‘lish, qulaylikni his qilish va yoqimli bonuslarga ega bo‘lish uchun A-Pay multikartasini rasmiylashtiring va biz sizning hisobingizga 50 000 APS o‘tkazib beramiz, hoziroq identifikatsiyadan o‘ting va pullarga ega bo‘ling.

Elektron pul - to'lov tizimlarining eng mashhur turlari




Elektron pul - xarid qilish uchun odatiy vositalar, faqat ular tomonidan Internetda hisoblangan. U bank kartasiga o'xshaydi, ko'plab operatsiyalar bir xilda amalga oshiriladi: har qanday mamlakatda tovarlar to'lash, xizmat haqini to'lash va hatto kerakli valyutada haqiqiy pulga almashtirish. Virtual hamyonni yaratishda e'tiborga olinadigan farqlar mavjud.
Elektron pul nima?
Internetdan foydalanuvchilarning ko'pchiligi allaqachon virtual pul bilan faol ishlamoqda va elektron tizimlar mutaxassislari xizmat ko'rsatishda raqobatchilarga erishish uchun qo'lidan kelgancha harakat qilishmoqda. Elektron pul - bu bir necha ma'noda ishlatiladigan atama:
Milliy va xususiy valyutalarni saqlash va uzatish tizimlari.
Elektron medialarda saqlanadigan javobgar shaxsning pul majburiyatlari.
To'lov vositasi.
Virtual hamyonlar Internetda ishlaydigan erkin xodimlar uchun ajralmasdir. Ushbu pullar EPS - elektron banklarning funktsiyalarini bajaradigan elektron to'lov tizimlari bilan shug'ullanadi. Ular bir nechta ishlaydi, ba'zilari hatto shovqin ichida bo'lib, foydalanuvchilarga pulni boshqa puldan ikkinchisiga o'tkazish imkoniyatini beradi. Ular plastik kartochkalarni yaratadilar, ular terminallar tomonidan qabul qilinadi. Elektron pullar banklarga o'rnatiladi, ular pul mablag'larini haqiqiy valyutada naqd pulga chiqarishga yordam beradi. Buning ikki yo'li bor:
Uyali telefon orqali.
Internet-banking orqali.
Elektron pul - ijobiy va salbiy tomonlari
Yangi elektron pulning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, shuning uchun u hali juda keng foydalanishga ega emas. Biroq, ularning tizimlari doimo takomillashtirilganda, vaqt o'tishi bilan mashhurlik ortadi. Elektron pullarning kamligi:
Huquqiy tartibga solish . Ko'pgina mamlakatlarda virtual valyuta qabul qilmaydi, ularga katta xarid qilish ishlamaydi.
Ayirboshlash . Barchasi virtual pul ishlatmasdan, uni naqd qilish qiyinroq.
Texnologiyalarga qaramlik . Agar siz yorug'liksiz qolsangiz yoki Internet - pulga kirish yopiladi.
Elektron pullarning tarozi:
Tezlik . To'lov bir zumda amalga oshiriladi, har qanday pulni biron bir mamlakatga o'tkazishingiz mumkin.
Avtomatlashtirish . Barcha transferlar hisobga olinadi, operatsiyalar kompyuter tomonidan amalga oshiriladi.
Saqlash . Bu pulni buzmaslik yoki soxtalashtirish mumkin emas, ularni yo'qotish yoki o'g'irlash mumkin emas. Barcha operatsiyalar tizim tomonidan ishonchli himoyalangan.
Himoya . Elektron pulni yoki pulni taqiqlash juda qiyin. Uni o'g'irlash uchun, foydalanuvchi soxta chizmalardan foydalansa.

Elektron pulning afzalliklari
Internetdagi to'lov tizimi naqd pulsiz hisob-kitoblarga o'xshash bo'lsa-da, virtual pul naqd pulga yaqinroq: ularning aylanishi shaxsiylashtirilgan, tomonlarning tafsilotlari ma'lum. Elektron pullarning xususiyatlari ularga bir qator afzalliklarni beradi:
To'lov mukammal darajada aniqlanadi.
Oddiy narx narxi: virtual pulni yaratish uchun sizga qog'oz va bo'yoq kerak emas.
Pulni qo'lda qayta hisoblashning hojati yo'q, u to'lov vositasi hisoblanadi.
Katta mablag'ni saqlashda himoya zarur emas.
To'lovlarni tuzatish tizimlari.
M - naqd pul miqdori juda uzoq vaqt davomida saqlanadi, xizmat uchun foizlarni to'lash shart emas.
Elektron pullarning kamchiliklari
Elektron puldan foydalanish o'z noqulayligi bor. Eng aniq narsalardan biri, ishga tushirish fayllari o'rnatilgan kompyuterga to'liq bog'liqdir. Agar kompyuteringiz buyurtma qilmasa, sizning hamyonni kiritish imkoni bo'lmaydi. Boshqa kamchiliklar ham mavjud:
Operatsiyalar uchun internet aloqasi. Hamma ham emas, balki har doim ham onlayn rejimda ishlash imkoniyati mavjud emas, shuning uchun ba'zi hollarda mablag'larga kirish cheklangan.
To'g'ridan-to'g'ri pulni bir to'lovchidan boshqasiga o'tkazib bo'lmaydi.
Kriptografik muhofaza vositalari etarlicha to'ldirilmagan va tekshirilmagan, elektron pullarni ommaviy qo'llashda o'zini tutishadi - hali noma'lum.
Elektron pul turlari
Elektron pullarning turlari: RUPay tizimi, Stormpay, Moneybookers, Liqpay, "Bir pul", "Money Mail", lekin kamdan-kam hollarda ishlatiladi. Eng muhimi, virtual hamyonning maqsadi nimani anglatishini hal qilishdir, shuning uchun hech qanday umidsizlik va qarama-qarshiliklar bo'lmaydi. Rossiya hududida tovarlarni onlayn sotib olish va to'lash bilan, barcha tizimlar ishlashi mumkin, ammo tashqi to'lovlar bilan WebMoney eng yaxshisidir. Hamyon turli xil:
To'ldirish usuli: ATM, mobil telefon, kartalar.
Pul mablag'lari harakati komissiyasi.
Pul birliklari.
Foydalanuvchi ma'lumotlari va o'tkazmalar xavfsizligi darajasi.
Xizmatning mashhurligi.
Qaysi elektron pul yaxshiroq? Bugungi kunda eng mashhur to'lov tizimlari:
WebMoney, barcha onlayn-do'konlarda juda amaliy xizmatni qabul qiladi;
Yandex-Money, faqat rublni, sodda interfeyslarni qabul qiladi;
Kivi, mashhur va onlayn-do'konlar emas, balki terminali orqali kommunal xizmatlar uchun osonlik bilan to'lanadi.
ad
Elektron pul WebMoney

Elektron pul tizimlarida o'zlarining foydalanish qoidalari bor, ular e'tiborga olinishi kerak. "WebMoney Transfer" kompaniyasi birinchi o'rinni egalladi. U yuz minglab rus tilida so'zlashuvchi foydalanuvchilar tomonidan ishlatiladi, ammo har bir kishi buni bilmaydi, ayrim mamlakatlarda pulni to'lash taqiqlanadi. Boshqa funktsiyalar:
Tizim to'rtta pul birliklari bilan ishlaydi: dollar, Grivnası, Belarus va rus rubli.
Har qanday operatsiyalar amalga oshiriladi: to'lovni qabul qilishgacha.
Hamyonni Jamg'arma Bankida, kartalar va valyuta ayriboshlash shahobchalari orqali to'ldirishingiz mumkin.
Identifikatorni tekshirish uchun etarli skaner qilingan pasport mavjud.
Yaxshi himoya.
Pul mablag'larini qaytarib olish faqat bank hisob raqamiga kiritiladi, bu tasdiqlangan.
Komissiyalar davlat ichida pul o'tkazmalarini amalga oshirmaydi.
Yandeks elektron pul

ad
Yandex-Money Internet-tizimida ikkinchi mashhur bo'lib, 15 yil avval ruslar uchun ishlab chiqilgan bo'lib, u nafaqat milliy valyutaga qaratilgan. Pulni boshqasiga o'tkaza olmaysiz. Yandex-Money elektron pulini qanday ishlatish kerak:
Yandex-da pochta qutisini yaratish, undagi "Pul" yorlig'ini oching va "Hamyonni ochish" tugmasini bosing. Uni mobil telefon raqamingizga o'tkazing.
Hisob terminallar, bankomatlar va bank filiallari orqali to'ldirilib, Yandex-Money kartasiga yoki tavsiya etilgan banklar ro'yxatidan kartaga pul tushirildi.
Ko'pgina harakatlar uchun komissiya olib tashlanmaydi.
Tovar yoki xizmatlarni xaridor uchun to'lash saytda osongina mumkin.
Elektron pul kivi

Elektron virtual kivi MDHdagi quvurda ko'proq, ammo onlayn-do'konlari ushbu tizimdan foydalanishni istamaydi. Ko'plab operatsiyalar terminallar tomonidan amalga oshiriladi. Ijobiy qo'shiladi:
Pul sumkasi hujayra soniga bog'liq.
Mobil telefon, ATM va terminal orqali pulni qo'yishingiz mumkin.
To'rt valyutada: rubl, dollar, evro va Qozog'iston balansi.
To'lov terminal yoki kartadan o'tadi.
Komissiya barcha bitimlarning 2 foizini tashkil etadi.
PayPal elektron pul

ad
Yevropa standartlariga muvofiq, eng yaxshi elektron pul 203 davlatda qabul qilingan eBay savdo belgisidan PayPal. Yaqinda tizim yangi valyutalarni qo'llab-quvvatladi. Boshqa xizmatlardan farqli o'laroq, PayPal haqiqiy pul bilan ishlaydi, karta yoki hisob foydalanuvchi hisobiga bog'liq. Ushbu tizim Rossiyada 2003 yilda paydo bo'lgan, ammo ruslar faqat to'rt yil avval pul mablag'larini olishlari va olishlari mumkin edi. Shuning uchun yurtdoshlarimiz orasida PayPal mashhur emas, mijozlar bunday pulni juda kam hollarda freelancers taklif qiladi.
Qimmat tomonlardan PayPal mutaxassislari nomi:
Ko'p turdagi operatsiyalar.
Mobil versiyada pul bilan ishlash.
Pochta orqali to'lov uchun invoyslarni yuborish.
Har kuni olib tashlash.
Easypay elektron pul

Yaqinda yangi elektron pul turi paydo bo'ldi - Easypay, bu Belarusning virtual pul birligi bo'lib, hisob-kitob mahalliy rubllarda. WebMoneyga alternativ sifatida yaratildi. Ishonchli xavfsizlik tizimi, analoglar yo'q - bir martalik nazorat kodlari. Boshqa afzalliklari bor:
Tarjimalar Internet va mobil telefon orqali amalga oshiriladi.
Kassaga yoki pochta bo'limiga osongina hisobni to'ldiring.
Mamlakat ichida komissiya - 2%, pul olish uchun - 1,5%.
Ba'zi harakatlar uchun haq olinmaydi:
Belarusiyadagi onlayn-do'konlarda xaridlar;
mobil telefonlarni to'ldirish;
Internet xizmatlari uchun to'lov;
kommunal to'lovlar;
xayriya;
kino va teatrga chiptalar.

Elektron pul Bitcoin



Yangi elektron pullar bitko'niga virtual tarmoqdagi kommunizmning analoglari kabi Internetning biznes tarmoqlarida innovatsion yutuq. Mualliflar sifati Satoshi Nikamoto, bitcoins maxsus qoplamalar bo'yicha saqlanadi, siz pulni to'ldirishingiz va qaytarib olishingiz mumkin. Ajablanarlisi iqtisodiy o'sishi va universal mashhurlik, ushbu tizimda usta va hatto ma'mur bo'lmasa-da, tashqi tarjimalarga ta'sir qilish mumkin emas. Bundan tashqari, hech qanday komissiya mavjud emas, faqat bitimlarni qo'llab-quvvatlash uchun madencilere to'lanadi.
Bitcoin - bu maxsus elektron pul, ular quyidagilar bilan tavsiflanadi:
Mustaqillik . Tizim butunlay mustaqil.
Bitko'plarning cheklanganligi .
Tugallanmagan anonimlik . Egasining hamyon raqamlarini hisoblab bo'lmaydi.
Vositachilarning yo'qligi . Bank o'tkazmalari uchun sizga bank kerak emas, ammo salbiy tomoni siz to'lovni bekor qila olmaysiz.
Noqonuniylik . Ko'pgina mamlakatlar hukumatlari ularni noqonuniy deb hisoblashadi.
Kursning beqarorligi .
Elektron pul topish uchun nima qilish kerak?
Internetda elektron pul topish - bu savolni minglab onlayn foydalanuvchilar har kuni so'rashadi. Tarmoqda daromad olib keladigan darsni topish juda achinarli, biroq bu juda katta summa emas. Birjada savdo mavjud, ammo buning uchun siz bilim va urug'lik kapitaliga ega bo'lishingiz kerak. Moliyaviy bitimlarga qaraganda kamroq daromadga ega bo'lgan narsalar bor.
Agar siz ko'plab soxta chizmalarni tashlab qo'ysangiz, unda daromadning bunday turlari daromad olasiz:
O'z saytlarim.
Pochta xizmatlari.
Matnlarni sotish.
Tijorat loyihalarda yo'naltiruvchi tarmoqlar.
Affiliate dasturlari.
Internet-do'konlar.
Onlayn o'yinlardagi daromad.
Turli xizmatlar ko'rsatish.

O‘zbekistonda elektron pullardan foydalanish tartibi belgilandi.


Bugun raqamli texnologiyalar iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlariga jadal kirib bormoqda. Elektron tijoratning rivojlanishi, turli to‘lov xizmatlarini etkazib beruvchilar o‘rtasida raqobat muhitining shakllanishi va kuchayishi, chakana to‘lovlar bo‘yicha tranzaktsion xarajatlar qisqartirilishini, shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda moliyaviy institutlarning vositachiligini talab etmaydigan innovatsion va jozibador to‘lov vositalarining joriy qilinishini taqozo etdi.
O‘zbekiston Respublikasining “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi elektron pullar muomalasini, jumladan, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash bo‘yicha amalga oshiriladigan faoliyatning huquqiy asosini yaratib berdi.
Ushbu qonun asosida “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 2020 yil 29 aprelda 3231-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Mazkur hujjat jahon tajribasiga tayangan holda, elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish, elektron pullar muomalasi, elektron pullar tizimida risklarni boshqarish hamda tizimda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Unda elektron pullar tizimiga oid asosiy tushunchalar, shu jumladan, “ayirboshlash operatsiyasi”, “bir va ko‘p emitentli elektron pullar tizimi”, “oldindan to‘langan karta”, “elektron pullar tizimining agenti”, “elektron hamyon” va sohaga oid boshqa terminlarga batafsil tushuntirishlar berilgan.
Qoidaga ko‘ra, emitent, operator, elektron pullar tizimining agenti, elektron pullar egasi, shuningdek, emitent bilan shartnoma tuzgan banklar, to‘lov tashkilotlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va (yoki) yuridik shaxslar elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblanadi (1-rasm). Bunda elektron pullar tizimining ishlashini ta’minlaydigan bank va (yoki) tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan to‘lov tashkiloti – elektron pullar tizimining operatoridir. Emitent yoki emitent bo‘lmagan boshqa bank operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining hisob-kitob banki sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Ta’kidlash joizki, emitent o‘z faoliyatini boshlashi uchun, eng avvalo, elektron pullarni chiqarish va realizatsiya qilishi to‘g‘risida Markaziy bankka belgilangan shakldagi xabarnoma va unga ilova sifatida operator bilan tuzilgan shartnoma hamda elektron pullar tizimi sub’ektlari bilan tuziladigan shartnomalar namunalarini yuborishi zarur.

1-rasm. Elektron pul tizimi sub’ektlari
Mazkur normativ-huquqiy hujjat bilan elektron pullar tizimida tranzaktsiyalarni operator tomonidan elektron pullar tizimi qoidalariga muvofiq amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu qoidalar operator va emitent o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan tasdiqlanadi. Ko‘p emitentli elektron pullar tizimida esa ushbu qoidalar har bir emitent bilan kelishilgan bo‘lishi talab etiladi.
Elektron pullarning chiqarilishi
Hujjatga muvofiq, elektron pullarning chiqarilishi emitent tomonidan jismoniy shaxs yoki elektron pullar tizimining agentidan qabul qilingan pul mablag‘lari doirasida elektron pullar tizimi qoidalari hamda elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga asosan amalga oshiriladi. 
Emitent tomonidan elektron pullarning chiqarilishi uchun jismoniy shaxs naqd pul yoki naqd pulsiz shaklda pul mablag‘larini taqdim etishi zarur. Ushbu pul mablag‘lari emitent tomonidan hisob-kitob bankida ochilgan maxsus hisobvaraqqa kirim qilinishi ta’minlanadi (2-rasm).
Elektron pullarni jismoniy shaxsga va elektron pullar tizimining agentiga realizatsiya qilish elektron pullar tizimi tomonidan har bir elektron pullar egasi uchun shakllantiriladigan elektron hamyonga emitentdan sotib olingan elektron pullarni kirim qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Emitent yoki operator bilan tuzilgan shartnoma asosida elektron pullar tizimining agenti elektron hamyonga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga ushbu pullarni realizatsiya qilish yoki ularni qoplash maqsadida elektron pullarning nominal qiymati bo‘yicha uning egasi bo‘lgan jismoniy shaxsdan sotib olishi mumkin.

2-rasm. Elektron hamyonlarni to‘ldirish yo‘llari
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hududida emitent tomonidan chiqariladigan elektron pullar faqat milliy valyutada nominallashtirilgan bo‘lishi shart.
Emitent va elektron pullar tizimining agenti tomonidan elektron pullarni chiqarishda uning egasiga elektron pullarni realizatsiya qilinganligi va elektron pullarning egasi elektron pullarni sotib olganligini tasdiqlovchi kvitantsiya yoki boshqa tasdiqlovchi hujjat qog‘oz shaklda yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Mazkur kvitantsiyada ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan rekvizitlar, xususan,
agent, emitent va operatorning nomi;
operatsiyaning amalga oshirilgan sanasi hamda vaqti;
amalga oshirilgan operatsiyaning tartib raqami;
realizatsiya qilingan elektron pullar summasi;
elektron pullar egasiga tegishli elektron hamyonning identifikatsiya kodi;
undiriladigan vositachilik haqi miqdori ko‘rsatilishi shart.
Elektron pullardan foydalanish
Qoidaga ko‘ra, elektron pullarning egasi bo‘lgan jismoniy shaxs elektron pullardan to‘lovlarni va elektron pullar tizimining qoidalarida belgilangan hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan shartlar asosida egasidan elektron pullarni mazkur tizimning boshqa ishtirokchisiga o‘tkazish orqali boshqa operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida foydalanadi (3-rasm).

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda faqat respublikamiz hududida chiqarilgan elektron pullar qabul qilinishi belgilangan.



3-rasm. Elektron puldan foydalanish yo‘nalishlari
Elektron pullar tizimida har bir elektron pullar egasiga mazkur tizim qoidalari, elektron pullarni chiqarish, foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnoma hamda emitent va operator o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq elektron hamyon shakllantiriladi yoki oldindan to‘langan karta (prepaid card) ko‘rinishida emitent, operator yoki elektron pullar tizimining agenti tomonidan beriladi (4-rasm).

4-rasm. Elektron pul tizimidagi elektron hamyon turlari
Operator elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalarini turli elektron pullar tizimlari hamda ko‘p emitentli elektron pullar tizimi doirasida amalga oshirishi mumkin.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan chiqarilgan chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarni ayirboshlash operatsiyalari mazkur sub’ekt bilan shartnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda emitent tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.
Elektron pullar egasi tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga to‘lovni amalga oshirish maqsadida elektron puldan foydalanishi mumkin. Bunda emitent yoki operator tomonidan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga maxsus elektron hamyonlar shakllantiriladi. Ushbu elektron hamyonlarga faqat realizatsiya qilingan tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun elektron pullarni, keyinchalik bank hisobvaraqlariga ularning nominal qiymatiga teng bo‘lgan pul mablag‘lari summasini o‘tkazish maqsadida qabul qilinadi. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning maxsus elektron hamyonlaridagi elektron pullar mazkur tizimda qayta realizatsiya qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Elektron pullarni qoplash
Emitent elektron pullar egasi tomonidan taqdim qilingan elektron pullarni mazkur tizim qoidalari hamda emitent va elektron pullar egasi o‘rtasida tuzilgan elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va ularni qoplash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq naqd pulga almashtirish yoki naqd pulsiz mablag‘larni elektron pullar egasining bank hisobvarag‘iga kirim qilish orqali qoplaydi (5-rasm). Bunda emitent tomonidan:
elektron pullar egasi – jismoniy shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli summa kirim qilingan yoki unga naqd pul mablag‘i berilgan paytdan boshlab;
elektron pullar egasi – yakka tartibdagi tadbirkor va (yoki) yuridik shaxsning bank hisobvarag‘iga tegishli mablag‘ kirim qilingan paytdan boshlab elektron pullar qoplangan hisoblanadi.
Emitent tomonidan elektron pullarni qoplash operatsiyasi amalga oshirilganligi to‘g‘risida elektron pullar egasiga qog‘oz yoki elektron shaklda kvitantsiya beriladi.

5-rasm. Elektron pul tizimida elektron pulni qoplash jarayoni
Shu o‘rinda e’tibor qaratish kerak, emitent elektron pullarni chiqarish bo‘yicha faoliyatini tugatadigan taqdirda, kamida o‘ttiz kun oldin Markaziy bankka mazkur belgilangan shaklda xabarnoma yuboradi va bu haqida o‘zining rasmiy veb-saytida e’lon qilishi, shuningdek, elektron pullar egalarini va elektron pullar tizimining boshqa sub’ektlarini ommaviy axborot vositalari, jumladan, elektron vositalar orqali mazkur faoliyatni tugatayotganligi haqida xabardor qilishi zarur. Agar emitent tomonidan belgilangan muddat yakunlangandan so‘ng elektron pullar egasi tomonidan murojaat qilinmagan taqdirda, ularning elektron hamyonidagi elektron pullari emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanadi. Emitent tomonidan majburiy ravishda qoplanganidan so‘ng elektron pullar egalari belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat yoki ularga oldindan yuborilgan kodli ma’lumotni taqdim etish orqali pul mablag‘larini olishlari mumkin.
Shu bilan birga, hujjatda elektron pullar tizimida xavfsizlikni ta’minlash va risklarni boshqarish borasida ham emitent va operator tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar batafsil yoritilgan.
Umuman olganda, mamlakatimizda to‘lov xizmatlari bozorini kengaytirish orqali elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, tovarlar (xizmatlar)ni internet tarmog‘i orqali realizatsiya qilish bo‘yicha zamonaviy mexanizm va tartib-taomillarni joriy qilish, mahalliy tadbirkorlik sub’ektlarining tovarlari va xizmatlarini sotish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, to‘lov xizmatlari bozorida zamonaviy to‘lov imkoniyatlarini shakllantirish orqali elektron pullar tizimining sub’ektlari hisoblangan jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar hozirlanadi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi norezidenti bilan shartnoma imzolagan emitent tomonidan mazkur norezidentning chet el valyutasida nominallashtirilgan elektron pullarini ayirboshlash operatsiyalarining amalga oshirilishi natijasida mahalliy elektron pul tizimlarining xorijiy elektron pul tizimlariga integratsiya qilinishiga shart-sharoit yaratiladi.
Bir so‘z bilan aytganda, elektron pullar tizimining yaratilishi va joriy etilishi innovatsion tizimli jarayon bo‘lib, hisob-kitoblarni amalga oshirishda zamonaviy IT va texnologik echimlarga asoslangan holda to‘lovlarni tezkor va qulay usulda amalga oshirish imkonini beradi. Bunda aynan “O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada bo‘lishi qoidalari” huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Table 1

Elektron pullar tizimlari reyestri

t/r

Elektron pullar tizimi nomi

Operator nomi

Emitent nomi

Elektron pullar chiqarish bo‘yicha
faoliyati boshlangan sana




.

«OSON»

"BRIO GROUP" MCHJ

«Turkiston» XATB

16.06.2020 y.




2.

E-CARD»

"INSPIRED" MCHJ

ATB «Universal bank»

21.08.2020 y.




3.

«CLICK»

"CLICK" MCHJ

«Agrobank» ATB

21.08.2020 y.




4.

«WOOPPAY»

"WOOPPAY UZ" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

02.11.2020 y.




5.

«alif.mobi»

"ALIF TECH" MCHJ

AT «Aloqabank»

02.11.2020 y.




6.

«Interpay»

"Interpay sys" MCHJ

«Kapitalbank» ATB

28.07.2021 y.




7.

«A-pay»

"CENTER FOR DIGITAL TECHNOLOGY AND INNOVATION" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

01.07.2022 y.




8.

«QIWI Uzbekistan»

«Payment Aggregation Systems» MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

11.08.2022 y.




9.

«1HLSW»

"Genesis Innovation" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.




0.

«GlobalPay»

"Global Solutions" MCHJ

AT «Aloqabank»

17.11.2021 y.




1.

«Payway»

"Payway" MCHJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.




2.

«Apelsin»

"Bank Apelsin" AJ

«Bank Apelsin» AJ

29.07.2022 y.




3.

«ExMoney»

"O‘zbekiston Respublikasi Tovar-xomashyo birjasi" AJ

«Trastbank» XAB

30.08.2022 y.




Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish