Qurilish ishlari
Viloyatda tashkil etilgan qurilish ishlari hajmi 5 619,1 mlrd.so‘m bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 7,9%ga oshgan. Viloyatda qurilish ishlari hajmining respublika ko‘rsatkichidagi ulushi 5,2%ini tashkil qilgan.
Chakana savdoViloyatda o‘tgan yilda chakana savdo hajmi 21 004,2 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 11,7%ga oshgan. Chakana savdo tovar aylanmasining 80,4%ini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 12,1%ga o‘sgan.
Xizmat ko‘rsatishSamarqand viloyatida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 18 656,7 mlrd.so‘mni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan 21,6%ga oshgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 4 676,4 ming so‘mni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 19,2%ga oshgan.2021 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik sub’yektlarining YaHM dagi ulushi 73,4%ni tashkil etgan. Shuningdek ushbu davrda 10,8 ming ta yangi kichik korxonalar va mikro firmalar tashkil qilindi, bu o‘tgan davrga nisbatan 24,9%ga ko‘p demakdir.
Tashqi savdo aylanmasiTashqi savdo aylanmasi hajmi 1 920,9 mln.dollarni tashkil qilgan holda, 2020 yilga nisbatan 28,8%ga oshgan. Viloyat tashqi savdo aylanmasining respublika jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 4,6%ni tashkil qilgan.2021 yilda jami amalga oshirilgan eksport hajmi – 530,6 mln.dollarni tashkil qilib, 2020 yilga nisbatan 58,3%ga oshgan. Import hajmida esa 2020 yilga nisbatan 20,2%ga o‘sishi kuzatilib, 1390,3 mln.dollarni tashkil etgan
Mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarida Samarqandviloyatining Kattaqurg’on shahri va Kattaqurg’on tumanining tutgan o’rni
Samarqand viloyatidagi. Viloyatning ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 y.dan). 1925—30 yilarda Respublika poytaxti. O’zbekistonning jan.-g’arbida, Zarafshon vodiysining o’rta qismida (Darg’om va Siyob kanallari orasida) joylashgan. O’rtacha 695 m balandlikda. Toshkentdan 300 km. Sdan Toshkent— Dushanba, Toshkent—Turkmanboshi, Toshkent—Uchquduq—Qo’ng’irot t.ylari, Katta O’zbekiston trakti(Toshkent— Termiz yo’li) o’tadi. Shahar aholisi va xo’jaliklari Shovdor, Bog’ishamol ariqlaridan suv oladi. Iyulning o’rtacha t-rasi 25,9°, eng yuqori t-ra 40—42°, yanv.ning o’rtacha t-rasi 0,2°, eng past t-ra —26°. Mayd. 0,09 ming km2. Aholisi 383,3 ming kishi (2004); 1975 y. 299 ming, 1970 y. 267 ming, 1959 y. 196 ming, 1939 y. 136 ming, 1897 y. 55 ming. 1865 y. 26 ming. S. shahar Kengashiga qarashli 4 shaharcha (Ingichka, Kimyogarlar, Farhod, Xishrov) mavjud. Tarixiy yozma manbalarda S.ning yoshi qadimiyligi to’g’risida ma’lumotlar bor. Muha.mmad sh-Nasafiy «al-Qand fiy zikri ulamoi Samarqand», Haydar as-Samarqandiy (12-a.) «Qandiyai Xurd», Abu Tohirxoja Samarqandiy «Samariya», Xitoy tarixchisi Chjan Syan, yunon va rimlik tarixchilar Arrian, Kursiy Ruf va b. ko’plab mualliflarning asarlarida bu hakda yozib o’tilgan. Shu bois o’rta asrlardan Sharqda ommalashib ketgan maqollardan birida «G’arbda Rim, Sharqda Samarqand» deyilgan. Samarqand va Rim insoniyat taqdiridagi buyuk xizmatlarini nazarda tutib «Boqiy shaharlar» nomini olganlar. Xalq iborasi «Samarqand sayqali ro’yi zaminast» [Samarqand yer yuzining sayqali (jilosi)] behuda aytilmagan. Amir Temur S.ni o’zgacha mehr b-n qadrladi, obod qildi, dunyoning sayqaliga aylantirdi. «S.» so’zining kelib chiqishi to’g’risida bir qancha taxmin va gipotezalar mavjud. Sharq mualliflari «Samarqand» so’zining birinchi qismi, ya’ni «Samar» so’zi shu shaharga asos solgan yoki shaharni bosib olgan kishining nomi deb hisoblab, bir qancha sun’iy ta’riflarni taklif etdilar. Biroq tarixda bunday ismli kishi to’g’risida ma’lumotlar aniqlanmagan. So’zning ikkinchi qismi «kent» (qand) — qishloq, shahar degan ma’noni bildiradi. Ba’zi yevropalik olimlar, bu nom qadimdan qolgan, sanskritcha «Samarya»ga yaqin, ya’ni «yig’ilish, yig’in» so’zidan kelib chiqqan deb izohlaydilar. Antik mualliflarning asarlarida shahar Marokandadeb atalgan . Bu haqiqatga ancha yaqin bo’lib, Marokanda — Samarqand atamasining yunoncha aytilishidir. 11-a. olimlaridan Abu Rayxrn Beruiiy na Mahmud Koshg’ariy shahar nomining kelib chiqishini «Semizkent», ya’ni «semiz qishloq» so’zining buzib talaffuz qilinishi deb tushuntiradilar. S. jahonning eng qad. shaharlaridan biri — 2700 y.dan ortiq tarixga ega. S. mil. av. 4-a.dan mil. 6-a.gacha Sug’d davlatining poytaxti bo’lgan. Arxeologik qazishmalardan ma’lum bo’lishpcha, yuqori paleolit davrida ham S. hududida odamlar yashagan (q. Samarqand makoni). Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning (mil. av. 1-a. oxiri — mil. 1-a.) yozishicha, S. qal’asi devorining aylanasi taxm. 10,5 km bo’lgan. Mil. av. 329 m. makedoniyalik Aleksandr (Is-kandar Maqduniy) qo’shinlari S.ni vayron qilgan. S. 6-a.da Turk xoqonligi tarkibiga kirgan va mahalliy hokimlar tomonidan boshqarilgan. 7-a. boshidan Zarafshon vodiysi S. hokimlari qo’l ostiga o’tgan. Bu davrda S. Hindiston, Eron, Misr va Vizantiya davlatlari b-n savdo-sotiq qilgan. Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo’shinlari 712 yilda S.ni egallagan. Qo’zgolon ko’targan shahar aholisining bir qismini qirib tashlagan. At-Tabariy keltirgan ma’lumotga ko’ra, samarqandliklar shahriston (ichki shahar)ni arablarga bo’shatib berishga majbur bo’lganlar. Arablar shahristonda masjid va minbar qurganlar. Mahalliy aholidan tortib olingan qimmatbaho buyumlar va oltin, kumush b-n bezatilgan sanamlar (xilat ul-as-nom) ni eritib 10 ming misqol qimmatbaho metall olingan. 776—783 y.larda arablarga qarshi Muqanna boshchiligida qo’zg’olon ko’tarilgan (q. Muqanna qo’zg’oloni). Arablarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’olonlarni bostirishga faol qatnashgan mahalliy zamindor aholi vakillari 9-a. 20- y.laridan Movarounnahr va viloyatlarini boshqarishga tortildi, jumladan, S.ni boshqarish Somoniylar qo’liga o’tdi. O’sha vaqtdan S. — Somoniylar davlatining poytaxti bo’ldi. 887 y.dan birinchi marta somoniylar kumush tangalari S.da zarb qilina boshladi. Somoniylar 1poytaxti Buxoroga ko’chirilgandan (889) so’ng ham S. Movarounnahrning eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri bo’lib qoldi. 11-a.dan S. Qoraxoniylar davlatitarkibiga kirgan. P-a.da S.ni Saljuqiylarbosib olgan. 12-a.dan Qoraxitoylarga tobe bo’lgan. 1210 y.dan Muhammad Xorazmshoh davlati tarkibida. 1212 y. samarqandliklar Xorazmshohga qarshi qo’zg’olon ko’targan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25- avgustdagi ,,Eksport qiluvchilar garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda, sug‘urta mukofoti uchun to‘lov xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi
Do'stlaringiz bilan baham: |