1.2. O’zbekistonning jahon xo’jalik tizimiga integratsiyalashuvida tashqi iqtisodiy aloqalarning ahamiyati Mustaqil O'zbekiston nafaqat jahon siyosati balki jahon iqtisodiyotiga ham tez kirib bormoqda va qator mamlakatlar bilan savdo-sotiq aloqalarini o'rnatish va rivojlantirishga intilmoqda. Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro hamkorlikning eng muhim sohalaridan biridir. Turli mamlakatlar bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarini tobora takomillashib borishi, ayrim tarmoqlarni zamonaviy texnika va texnologiya bilan qurollanishga, yer-suv, qazilma boyliklar va mehnat resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Jahon talablari darajasidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish, ularning raqobatbardoshliligini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Buning uchun sub’ektlarni zamonaviy ilg’or texnologiya, eng yangi uskunalar, ayniqsa kichik va o’rta sub’ektlar uchun mo’ljallangan ixcham uskunalar bilan jihozlash talab qilinadi1 .. Hozirgi davrda xalqaro mehnat taqsimotida, tashqi iqtisodiy aloqalarni samarali yo’lga qo’yish va kengaytirishda faol ishtirok etish uchun respublikada katta imkoniyatlar mavjud. O'zbekiston juda qadim zamonlardan buyon ko’hna karvon yili-Buyuk ipak yo’lida joylashib, tashqi dunyo (G'arb bilan Sharq) bilan faol iqtisodiy aloqalar olib borgan. Mustaqillik sharofati bilan esa mamlakatimiz iqtisodiyotida yangi yo’nalish - tashqi dunyo bilan turli sohalarda hamkorlikka keng yo’l ochildi. Endilikda O'zbekiston tovarlar, kapital, ishchi kuchini mamlakatlararo tranzit etishga, jahon iqtisodini integratsiyalash, yirik transmilliy va xalqaro loyihalarni amalga oshirishga qodir. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish 1 И.А.Каримов. Ўзбекистон иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш йўлида. – Т.: Ўзбекистон, 1995. 102-103-бетлар. 19 maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki, bojxona qo’mitasi tuzildi. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo’nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko’maklashish kabi yo’nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo’lga qo’yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo’lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to'g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. O'zbekiston jahon hamjamiyatiga dadil kirib borib, ko’pchilik davlatlar bilan iqtisodiy, texnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarni amalga oshirmoqda. Tashqi aloqalar ham ko’p tomonlama, ham ikki tomonlama rivojlanmoqda. Vatanimizda iqtisodiy faoliyatni keng ko’lamda rivojlantirish, yuksak taraqqiy etgan davlatlardagi ishlab chiqarishning texnologiya va iqtisodiy jarayonlari bilan tanishish, xorijiy sarmoyadorlar bilan hamkorlikda qo’shma korxonalar, supermarketlar, savdo filiallari tashkil qilish imkoniyati yaratilmoqda. Respublikamiz ijtimoiy - iqtisodiy, madaniy - mafkuraviy taraqqiyotining hozirgi bosqichida ko’p ukladli iqtisodiy tizimni tashkil etish, yangi davlat mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon xo’jaligi tizimiga jadal kirib borishini ta’minlash sharoitida insonning jismoniy va ma’naviy salohiyatidan, uning aqlzakovatidan samarali foydalanish, ehtiyoj va manfaatlarni hisobga olish masalalari birinchi o’ringa chiqadi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tishdan iborat o’z yo’limiz va dasturimizni muvaffaqiyatli amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va fuqarolar jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning professional bilimlari, mas’uliyati, milliy ma’naviyati, tadbirkorligi, tashabbuskorligi va boshqa bir qancha fazilatlariga bog’liqdir. 20 Hozirgi kunda yuzlab korxonalar, xususiy firmalar, kichik biznes vakillari, fermer va dehqon xo’jaliklari qo’yingki har bir fuqaro respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishga o’z hissalarini qo’shib kelmoqdalar. SHuni ham ta’kidlash lozimki, zamonaviy bilimlarsiz, yangi texnika va texnalogiyalarsiz bozor sharoitida muvoffaqiyatga erishish mumkin emas. SHunday ekan iqtisodiyotni boshqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali amalga oshirish, jahon va ichki bozor kon’yunkturasini tadqiq qilish, talab va taklif munosabatlari, zamonaviy menejment va marketing bilan bog’liq bo’lgan bilimlarni puxta egallash bugungi kun talabiga aylanib bormoqda. Bozor munosabatlari har bir ishtirokchisida o’z iqtisodiy faoliyatini baholash ko’nikmalarini hosil etish, tashqi iqtisodiy aloqalar bilan bog’liq bo’lgan shartnomalar tuzish, hamkorlarni tanlash, xalqaro marketing tamoyillaridan o’z faoliyatlarida foydalanish, shular asosida qarorlar qabul qilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarishning qudratli omili sifatida maydonga chiqadi. Bu fikr davlatimiz rahbari tomonidan uning ikkinchi chaqiriq O’zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasidagi va islohotlar hamda investitsiyalar bo’yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi kengash majlisidagi nutqlarida ham chuqurlashtirildi. Ana shu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida»gi Qonun ishlab chiqildi va ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikkinchi sessiyasida (2000 yil 26 may) yangi tahrirda qabul qilindi. Unga tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish jarayonini aks ettiruvchi yangi qoidalar kiritildi. Bunga xususan quyidagi qoidalar kiradi: Qonunning birinchi moddasi ushbu Qonunning asosiy vazifalari deb yuritilib unda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solishi, uning asosiy vazifalari tashqi ishiqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning iqtisodiy suvereniteti va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, milliy iqtisodiyot rivojini rag’batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratishdan iboratligi belgilangan. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari deb nomlanuvchi 2 moddada Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratligi va agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanilishi ko’rsatib o’tilgan. SHuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni 28 o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushunilishiga uchinchi moddada oydinlik kiritilgan. Respublikamizning jahon hamjamiyatiga qo’shilishining shart-sharoitlari va tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari mustaqilligimizni qo’lga kiritish bilan vujudga kela boshladi. Vujudga kelgan vaziyat tashqi iqtisodiy majmuani boshqarishning o’ziga xos tizimini shakllantirish, aloqalarni yo’lga qo’yish borasida qoida va tamoyillarni ishlab chiqish, respublikamizning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga qo’shilish yo’llarini belgilashni taqazo etdi. O'zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo’lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo’shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig’i bilan diplomatik munosabatlar o'rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko’rsatmoqda. O'zbekistonning chet mamlakatlarda 21 elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimovning ―O’zbekiston - bozor munosabatlariga o’tishining o’ziga xos yo’li‖, ―O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li‖, ―O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida‖ va ―O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari‖ asarlarida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning asosiy tamoyillari o’z aksini topgan. O’zbekiston o’zining tashqi siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda milliy xususiyatlaridan kelib chiqib, yaratilgan tamoyillarga qat’iy rioya qiladi, ularni boyitib va kengaytirib borib, tashqi siyosiy hamda iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini qat’iyat va izchillik bilan turmushga tadbiq etadi4 . Mavjud imkoniyatlardan samarali va oqilona foydalanish natijasida respublikamizning kuch va qudratini, iqtisodiy salohiyatini oshirish, xalqaro mehnat taqsimotida o’z o’rnini egallashida iqtisodiyotning ustuvor yo’nalishlarini rivojlantirish, import o’rnini bosadigan va eksportga mo’ljallangan mahsulotlar assortimenti, hajmini kengaytirish bugungi kunning asosiy vazifasidir. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. 5 2015 yilda O’zbekiston tashqi savdo aylanmasi 25,3 mlrd. AQSH dollarini tpshkil etgan. Bu ko’rsatkich 2012 yilda 26,286 mlrd AQSH dollariga teng bo’lgan. 4 И
Investitsiya qurilishga, qurilish esa iqtisodiy o’sishga zamin yasaydi, bu esa, o’z navbatida mamlakatimiz eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. 2013 yil yakunlari bo’yicha, investitsiyalar umumiy hajmining 70,3 foizi bevosita ishlab chiqarish tarmoqlariga yo’naltirilgan. So’nggi yillarda investitsiyalarning hududiy tarkibida Toshkent shahri, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro hamda Qashqadaryo viloyatlari (chet el investitsiyalarini jalb etishda) yetakchilik qilishmoqda. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning pirovard maqsadi aholi turmush sharoiti va darajasini yaxshilash, ijtimoiy muammolarni izchil hal qilib borishdan iboratdir. Bu xususdan chakana savdo, pullik xizmat, aholi daromadlarining oshib borishi katta ahamiyatga ega. Birgina 2013 yilda chakana savdo aylanmasi 2012 yilga nisbatan 114,8 foizga ortgan. Bu davrda pullik xizmatlar hajmi 113,7 foizga o’sgan. Aholiga pullik xizmat ko’rsatishning 3/5 qismidan ko’prog’ini rasmiy sektor ta’minlaydi. Uning qolgan qismi esa yakka tadbirkorlar tomonidan ko’rsatilgan xizmatlarga to’g’ri keladi. O’zbekiston hududida qadimdan ba’zi sanoat turlari mavjud bo’lgan (tog’-kon sanoati, metal eritish, to’qimachilik va b.). Ular bu yer uchun an’anaviy sanalgan hunarmandchilik asosida rivojlanib borgan. Hozirgi zamon sanoatining dastlabki korxonalari XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. Masalan, Farg’ona 7 So’nggi yillarda YaIMning taxminan ¼ qismiga yaqini ishlab chiqarishni kengaytirish, qurilishga sarflanmoqda. 41 vodiysida neft konlarining topilishi va ishga tushirilishi, paxta tozalash, ko’nchilik zavodlari shular jumlasidandir. O’tgan asrning birinchi yarmida yengil, oziq-ovqat sanoatiga katta e’tibor berilgan. Ikkinchi jahon urushi yilllarida respublikamiz hududida og’ir sanoat korxonalari ham barpo etilgan. Ular front chizig’idan ko’chirilgan yoki front ehtiyoji uchun qurilgan korxonalar bo’lgan (mashinasozlik, kimyo zavodlari, Bekobod metallurgiya zavodi va h.k.). Angren ko’mir koni ham huddi shu davrda topilib, undan yoqilg’i olish yo’lga qo’yilgan. Mamlakatimiz eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotni jahon iqtisodiyoti tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini 34 ta’minlash, iqtisodiyotda raqobat-bardosh va eksportbop tayyor mahsulotlarning turi va salmog’ini ko’paytirish, jahon bozorida mustahkam o’rin olishning eng muhim shartidir. Ilg’or mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, xar qanday mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda kichik biznes tuzilmalari muhim rol o’ynaydi. CHunonchi, kichik biznes tuzilmalarining YaIMdagi ulushi Buyuk Britaniyada 50- 53 foiz, AQSHda 50-52 foizni, Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida 63-67 foizni tashkil qiladi va bu o’z navbatida mamlakat iqtisodiy rivojlanishida xam, eksportda ham o’z o’rniga ega. Bu esa, mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni muvaffiqiyatli amalga oshirish iqtisodiy yuksalish va eksport importlarini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatadi. Hozirgi kunda respublika tashqi iqtisodiy faoliyat kompleksida kichik biznes sub’ektlar eksporti hajmini oshirish, uning samaradorlik darajasini ko’tarish uchun qator omillardan izchilrok foydalanish lozim. SHubhasiz, bu omillar asosini eng birinchi galda eksportchi sub’ektlar joylashuvi, ihisoslashuv darajasi, ularning transport, moliyaviy va boshqa infratuzilmalar bilan uyg’unligi, ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarning raqobatbardoshlik darajasi va boshqalar tashkil qiladi. Bugungi kunda milliy iqtisodiyotda kichik biznes sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Bu respublikada iqtisodiyotning eksportga yo’naltirilgan strukturasini shakllantirish bo’yicha olib borilayotgan keng miqyosli tadbirlar zamirida yuzaga kelmoqda. CHunonchi, mazkur muhim tadbirlarda e’tibor berilayotgan bosh jabha, mahalliy xom ashyo asosida tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish va uning eksportga yo’naltirilganlik darajasini oshirishdir.
Маҳкамаси мажлисидаги маърузаси. – Т.: ―Халқ сўзи‖ газетаси, 2016 йил, 22 январь.
Do'stlaringiz bilan baham: |