116-rasm. Chumoli .
Chumolilar hilma-xil tarzda uya quradi, ko‘pincha yerga, yer yuzasiga, kovaklarga, eski chirigan daraxt to‘nkalarga va shunga o‘xshash joylarga in quradi. Chumolilarning qurtchalari oq, oyoqsiz bo‘ladi, pilla o‘rab, g‘umbakka aylanadi. Chumolilarda polimorfizm yaqqol ko‘rinadi, ishchi chumolilar hamisha qanotsiz, erkak va urg‘ochi chumolilar esa qanotli bo‘ladi. Ishchi chumolilardan tashqari “askarlari” ham bo‘ladi. Asalarichilikka sariq chumolilar, bog‘ chumolilari, qizil belli uy chumolilari va boshqa bir qancha turlari zarar keltiradi.
Chumolilar jamoa bo‘lib yashaydigan yagona parda qanotlilar avlodidandir. Hozir ularning 6 000 dan ziyod turlari mavjud. Chumolilar asalari inlariga kirib, undan asal o‘g‘irlab chiqadi va o‘z uyalariga tashiydi. Chumolilar ko‘payib, asalari oilalariga hujum qilsa, bir kunda 1 kg. gacha asal olib ketishi aniqlangan. Ba’zi bir chumolilar asalari inlarida, isitish materiallari orasida yashab ko‘payadi. Ba’zi birlari esa asalari uyasining pastki qo‘nish taxtachalariga qo‘ngan asalarilarni tutib oladi va o‘ldiradi. Bundan tashqari chumolilar asalarizorlarda o‘lgan hasharotlar va asalarilarni to‘plab chiqib, sanitarlik ham qiladi. Shuning bilan birga, ular har xil yuqumli kasalliklarni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sariq chumolining inlari o‘rmonda va o‘tloqzorlarda to‘p-to‘p bo‘lib uchraydi. Sariq chumoli zararli hasharotlarni qirib, tuproqni yumshatib, juda ko‘p foyda keltiradi. MDX mamlakatlarida boshqa foydali sariq chumolilar “Qizil” kitobga kiritilgan bo‘lib, alohida muhofaza qilinadi.
Bog‘ chumolisi hamma yerda tarqalgan. U poliz yerlarida, bog‘larda, ko‘pincha uy devorlariga, daraxt to‘nkasiga in quradi. Bog‘ chumolisi ko‘pincha uydagi oziq ovqatni, ayniqsa, qandu-asalni talaydi. Bog‘ chumolisining rangi qora. Uy chumolisi ko‘pincha uy, ombor, ayvonlarda uchraydi. Uy chumolisi qizg‘ish sarig‘ tusli, ishchisi o‘rta hisobda 2 mm uzunlikdadir. Har ikkala chumoli turi ham behad zararlidir. Ularni asalarizorlarga yo‘latmaslik uchun asalari qutilari ostiga qoziq bo‘lishi shart, qoziqlarni esa salidol va boshqa neft mahsulotlari bilan moylash yoki shu neft mahsulotlariga oz miqdorda zaharli ximikatlar qo‘shib moylash zarur.
Chumolilar haddan tashqari ko‘p, binobarin ularga qarshi kurash ham juda murakkab. Chumolilar asalari inlariga kirib, har xil yuqumli kasalliklarni yuqtirishi mumkin. Bulardan tashqari ko‘p miqdorda asal o‘g‘irlab, asalari oilasini zaxira asalidan qoldirmaydi va kuchsizlantiradi. Hozirgacha asalarizorlarda chumolilarga qarshi kurashda parij yashili, kerosin, har xil yopishqoq himoya qog‘ozlaridan foydalanmoqda. AQSH da esa chumolilarga qarshi kurashda xlorodan preparatidan foydalaniladi. Bu preparat poroshok sifatida bo‘lib, uning eritmasi yoki kukuni asalarizorlarda purkaladi. 1 ga erga 2,2 kg. sarflanib, bir mavsumda 3-4 marta ishlov beriladi.
A
Do'stlaringiz bilan baham: |