6-§. Qonunchilik palatasi deputati va
Senat a’zosining huquqiy maqomi
Qonunchilik palatasi deputati va Senat a’zosi (senator)ning huquqiy
maqomi deganda, deputat va senatorning qonun hujjatlarida belgilangan
huquqlari, majburiyatlari va burchlari, vakolatlari, ular faoliyatining shakllari
va kafolatlari yig‘indisi nazarda tutiladi. Deputat va senatorning huquqiy
maqomi ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarning ahamiyati va ko‘lamiga
monand tarzda yuqori darajada belgilanadi hamda xalq vakili sifatida
to‘siqlarsiz va samarali faoliyat olib borilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda Qonunchilik palatasi deputati va senator faoliyatining
huquqiy asoslari Konstitutsiyada, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘ri-
sida»gi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan.
Deputat va senatorning huquqiy maqomini belgilashda konstitusiyaviy
normalar muhim ahamiyatga ega. Jumladan, Konstitutsiyaning 88-modda-
sida deputat va senator huquqiy maqomining umumiy asoslari, shu jumla-
dan, ular faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarning qoplanishi, deputat va
senatorning daxlsizlik huquqi va mehnat munosabatlariga oid masalalar
tartibga solingan.
Mazkur konstitutsiyaviy normalar 2004-yil 2-dekabrdagi «O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati
442
a’zosining maqomi to‘g‘risida»gi qonunda yanada rivojlantirilgan. Ushbu
qonunda deputat va senatorning huquqlari, majburiyatlari hamda ular
faoliyatining asosiy kafolatlari mustahkamlangan.
Deputat va senatorning huquqiy maqomi haqida fikr yuritish avvalida
shuni qayd etish lozimki, jahon mamlakatlari konstitusiyaviy amaliyotida
parlament a’zolarining maqomi o‘z tabiatiga ko‘ra «erkin mandat» yoki
«imperativ mandat»ga ajratiladi. Bunda, «erkin mandat» deganda, parlament
a’zosi o‘z faoliyatini amalga oshirishda, parlamentda ovoz berishda
mamlakatning barcha fuqarolari manfaatlarini ifoda etishi va o‘zining ichki
ishonchiga tayanishi, ayni paytda o‘z saylovchilarining irodasiga bevosita
tobe emasligi nazarda tutiladi. «Imperativ mandat»da esa, parlament a’zosi
o‘z xatti-harakatlarida uni saylagan saylovchilarning irodasiga bevosita tobe
bo‘ladi. Ya’ni parlament a’zosi saylovchilarning «nakazlari, ko‘rsatmalari»ni
bajarishi lozim. Erkin mandat dunyoning aksariyat demokratik davlatlari
parlament a’zolariga xos bo‘lsa, imperativ mandat ko‘proq nodemokratik
tusdagi davlatlar tajribasiga xosdir.
Mamlakatimiz qonunchiligiga ko‘ra, parlament a’zolari erkin
mandatga egadirlar.
Yuqorida nomi qayd etilgan qonunga ko‘ra, Qonunchilik palatasiga
saylangan va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi
O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi deputat hisoblanadi. Senatga saylangan va
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olingan, shuningdek, O‘zbekiston Res
publikasi Prezidenti tomonidan Senatga tayinlangan O‘zbekiston Respub-
likasining fuqarosi senator hisoblanadi.
Deputat va senatorning eng asosiy huquqlaridan biri - bu ularning
tegishincha Qonunchilik palatasi, Senat majlisida ko‘rib chiqilayotgan
barcha masalalar bo‘yicha hal qiluvchi ovoz huquqidan foydalanishidir.
Deputat, senator, shuningdek:
palataning organlariga saylash va saylanishga;
palata majlisida ko‘rib chiqilishi uchun masalalar taklif etishga;
palata majlisining kun tartibi, muhokama qilinayotgan masalalarni
ko‘rib chiqish tartibi hamda bu masalalarning mohiyati yuzasidan takliflar
kiritish va mulohazalar bildirishga;
qaror loyihalari va ularga tuzatishlar kiritishga;
palata tomonidan tuziladigan organlarning shaxsiy tarkibi hamda
saylanadigan, tayinlanadigan yoki tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarning
nomzodlari bo‘yicha fikr bildirishga;
443
munozaralarda ishtirok etishga, ma’ruzachi va raislik qiluvchiga
savollar berishga;
parlament so‘rovi bilan murojaat etishga;
o‘z takliflarini asoslab berish uchun so‘zga chiqishga va ovoz berish
sabablari yuzasidan izoh berishga;
palata majlisida raislik qiluvchiga palata majlisida muhokama qilina-
yotgan masala yuzasidan o‘z nutqi, taklifi yoki mulohazasi matnini
topshirishga;
palata tarkibidagi o‘zi a’zo bo‘lgan tegishli organning qaroriga
qo‘shilmagan taqdirda, o‘z nuqtai nazarini palata majlisida bayon qilishga
yoki bu haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga
yozma ravishda ma’lum qilishga;
palataga hisobdor yoki uning nazorati ostidagi har qanday organ yoxud
mansabdor shaxsning hisoboti yoki axborotini palata majlislarida eshitish
to‘g‘risida taklif kiritishga;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining ijro etilishini, shuningdek,
palata qarorlarining bajarilishini tekshirish haqida ko‘rib chiqilishi uchun
masalalar taklif etishga;
palata majlislarining stenogrammalari bilan tanishishga;
fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan
manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa
hollari ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, ularga darhol chek qo‘yish choralarini
ko‘rish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shaxslarga murojaat
etishga haqli.
Deputat, yuqorida qayd etilgan huquqlardan tashqari, qonunchilik
tashabbusi huquqiga hamda Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlash-
malari ishida ishtirok etish huquqiga ega.
Deputat, senator tegishincha Qonunchilik palatasi, Senatning majlis-
larida, shuningdek, palataning qaysi qo‘mitasi, komissiyasi tarkibiga,
kelishuv komissiyasi tarkibiga saylangan bo‘lsa, shu qo‘mita, komissiyaning
majlislarida qatnashishi, ovoz berishda Qonunchilik palatasining, Senatning
reglamentlarida belgilangan tartibda shaxsan ishtirok etishi shart.
Qonunchilik palatasi, Senat, qo‘mita, komissiya, kelishuv komissiyasi
majlislarida ishtirok etish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, deputat, senator bu
haqda tegishincha Qonunchilik palatasining Spikeriga, Senat Raisiga,
qo‘mita, komissiya raisiga, kelishuv komissiyasining tegishli palatadan
saylangan hamraisiga oldindan xabar qilishi shart.
Qonunchilik palatasi deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan
biri - bu uning saylovchilar va siyosiy partiya bilan olib boradigan ishlaridir.
Xususan, qonunga muvofiq deputat o‘z okrugi saylovchilari, uni deputat-
likka nomzod qilib ko‘rsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bog‘lab turishi va
Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etishi zarur. O‘zbekiston
444
ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa
bog‘lab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi.
Deputat o‘ziga saylovchilardan tushgan murojaatlarni qonun hujjat-
larida belgilangan tartibda ko‘rib chiqishi, ularni hal etish chora-tadbirlarini
ko‘rishi va fuqarolarni qabul qilishi lozim. Deputat vaqti-vaqti bilan, ammo
yiliga kamida bir marta, saylovchilarga o‘z faoliyati haqida axborot berishi
zarurligi qonunda belgilab qo‘yilgan.
Deputatga saylovchilar bilan olib boriladigan ishlar uchun Qonunchilik
palatasining Reglamentida belgilanadigan tartibda muayyan kunlar ajratiladi.
Saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish uchun deputatga zarur shart-
sharoit ta’minlanadi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari uning iltimosiga ko‘ra
bino ajratilishini tashkil etadilar, deputatning saylovchilar bilan uchrashuv-
lari o‘tkaziladigan, deputat tomonidan fuqarolar qabul qilinadigan vaqt va
joy haqida fuqarolarga xabar beradilar, qabul va uchrashuvlarda ishtirok
etish uchun deputatning taklifiga binoan o‘zlarining mas’ul vakillarini yubo-
radilar, shuningdek, deputatning joylardagi ishiga ko‘maklashish yuzasidan
boshqa chora-tadbirlar ko‘radilar. Saylovchilarning ishonchini oqlay
olmagan deputat qonunda belgilangan tartibda chaqirib olinishi mumkin.
Deputat, senatorning muhim vakolatlaridan biri - bu parlament so‘rovi
yuborishdir. Qonunga muvofiq, deputat, senator davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga ularning vakolatlariga
kiradigan masalalar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z
nuqtai nazarini bayon qilish talabi bilan parlament so‘rovi yuborishga
haqlidir. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari
parlament so‘roviga javobni o‘n kun muddatda tegishli palataning majlisida
beradilar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga, Oliy xo‘jalik sudi
raisiga, Bosh prokuroriga, surishtiruv va tergov organlarining rahbarlariga
yo‘llangan parlament so‘rovi ularning ish yurituvidagi muayyan ishlar va
materiallarga taalluqli bo‘lishi mumkin emas. Parlament so‘rovlari bo‘yicha
axborot tegishincha Qonunchilik palatasi, Senat majlisida muhokama
qilinishi mumkin.
Deputat, senator o‘z faoliyatida odob qoidalariga qat’iy rioya etishi
zarur. Deputatning, senatorning o‘z maqomidan fuqarolarning, jamiyat va
davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga
yo‘l qo‘yilmaydi. Deputatlik, senatorlik odobi buzilgan taqdirda, deputat
ning, senatorning xulq-atvori to‘g‘risidagi masala tegishli palata tomonidan
yoki uning topshirig‘iga binoan palataning organi tomonidan ko‘rib chi-
qilishi mumkin.
Qonunda deputat va senator faoliyatining asosiy kafolatlari belgilangan
bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
- deputatning va senatorning huquqlari, sha’ni hamda qadr-qimmati-
ning muhofaza qilinishi;
445
- deputatning va senatorning daxlsizlik huquqi;
- deputatning va senatorning mansabdor shaxslar tomonidan darhol
qabul qilinish huquqi;
- deputatning va senatorning mehnat huquqlari kafolatlari;
- deputat va senatorning harbiy yig‘inlardan ozod qilinishi;
- deputat va senator faoliyatining axborot hamda moddiy-texnika
jihatidan ta’minlanishi;
- deputatga va senatorga xizmat xonasining berilishi;
- deputatning va senatorning transportda tekin yurish huquqi;
- deputatga va senatorga xizmat turar joyining berilishi.
Qonunga muvofiq, har bir deputatga, senatorga o‘z vakolatlarini
moneliksiz hamda samarali amalga oshirishi uchun shart-sharoit kafolat-
lanadi, uning huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati muhofaza qilinadi. Deputat
ning, senatorning sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuz qilgan shaxslar qonunga
muvofiq ma’muriy, jinoiy yoki o‘zga tarzda javobgar bo‘ladilar. Deputatni,
senatorni haqorat qilish, shuningdek, unga nisbatan tuhmat qilish qonunda
belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Deputatlik, senatorlik vakolatlarini amalga oshirishiga to‘sqinlik qilish
maqsadida deputatga, senatorga qanaqa tarzda bo‘lmasin ta’sir ko‘rsatishga
yo‘l qo‘yilmaydi. Deputat, senator oldidagi o‘z vazifalarini bajarmaydigan,
uning ishiga to‘sqinlik qiladigan, bila turib unga yolg‘on axborot beradigan,
deputat, senator faoliyatining kafolatlarini buzadigan mansabdor shaxslar
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Deputat, senator o‘zining vakolatlari muddati mobaynida daxlsizlik
huquqiga ega bo‘ladi. Ya’ni tegishli palataning roziligisiz deputat, senator
jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud
tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emas. Deputatni,
senatorni majburiy keltirishga, shuningdek, uning uy-joyi, xizmat xonasi,
yuki, shaxsiy va xizmat transporti vositalarini, yozishmalarini, u foydala-
nayotgan aloqa vositalarini, shuningdek, unga tegishli hujjatlarni ko‘zdan
kechirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Deputat, senator o‘z vakolatlarini amalga oshirayotganda guvoh-
nomasini ko‘rsatib, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi korxonalar,
muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirish huquqidan, shuningdek,
ularning rahbarlari hamda boshqa mansabdor shaxslari tomonidan darhol
qabul qilinish huquqidan foydalanadi.
Jahon mamlakatlari konstitutsiyaviy amaliyotida parlament a’zosi
faoliyatining muhim kafolatlaridan biri sifatida indemnitet (lotincha
«indemnitas»1 - zarar ko‘rmaydigan) instituti maydonga chiqadi. Indemnitet
ikki ma’noni anglatadi,
Do'stlaringiz bilan baham: |