26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


  Каримов И.А. Соғлом халқ, соғлом миллатгина буюк ишларга қодир бўлади



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.


Каримов И.А.
Соғлом халқ, соғлом миллатгина буюк ишларга қодир бўлади:
Узбекистан Республикаси Конституциясининг 12 йиллигига бағишланган тантанали
маросимдаги нутқ (2004 йил 7 декабрь) / Узбек халқи ҳеч қачон, ҳеч кимга қарам
бўлмайди. Т. 13. - Т., 2005. - Б. 111-112.

Каримов И.А.
Мамлакатимизни модернизация қилиш ва кучли фуқаролик
жамияти барпо этиш - устувор мақсадимиздир: Узбекистан Республикаси Олий
Мажлиси Қонунчилик палатаси ва Сенатининг қўшма мажлисидаги маъруза // Халқ
сўзи. - 2010. - 28 янв.
439


Ushbu qonun hujjatlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari, Oliy Majlis 
palatalarining qo‘mita va komissiyalari, Qonunchilik palatasidagi deputatlik 
birlashmalari (fraksiyalar va deputatlik guruhlari), Qonunchilik palatasi 
deputati va Senat a’zosi parlament nazoratini amalga oshiruvchi subyektlar 
bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, parlament palatalarining, ular 
qo‘mita va komissiyalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Konsti- 
tutsiyasida belgilangan vakolatlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining ayrim mansabdor shaxslarni tayinlash va lavozimidan ozod 
qilish haqidagi farmonlari, ijro etuvchi hokimiyat organlarining hamda 
parlament tomonidan tuzilgan yoki unga hisobdor organlar, shuningdek, u 
saylagan, tayinlagan yoki tasdiqlagan mansabdor shaxslarning faoliyati 
parlament nazoratining obyektlari bo‘lib hisoblanadi.
Parlament nazoratining mazmunidan kelib chiqib, uning quyidagi 
asosiy yo‘nalishlari haqida so‘z yuritish mumkin: inson huquqlari, 
erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishi ustidan nazorat; 
mudofaa va xavfsizlik sohasidagi nazorat; O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
budjetining ijrosini nazorat qilish; davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlarini shakllantirish sohasidagi hamda ularning faoliyati bilan bog‘liq 
nazorat; tashqi siyosiy faoliyat sohasidagi nazorat va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga Prezidentning 
taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish vakolatining 
berilganligi mamlakatimizda Ombudsmanning faoliyati bilan bir qatorda, 
parlamentning inson huquqlari sohasidagi nazoratining muhim ko‘rinishi 
hisoblanadi. Parlamentning yuqori palatasi - Senat ushbu vakolati orqali 
jinoyat-huquqiy sohadagi davlat siyosatini amalga oshirishda faol ishtirok 
etmoqda. Jumladan, qoida tariqasida, har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining Senati amnistiya to‘g‘risidagi hujjatni qabul qilmoqda va shu 
orqali fuqarolarga tuzalish yo‘liga o‘tish imkonini bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining muhim moliyaviy hujjati - Davlat 
budjetining ijrosi ustidan nazorat parlament faoliyatida alohida ahamiyat 
kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining bu boradagi nazorat 
vakolati quyidagilarda o‘z ifodasini topadi: navbatdagi moliyaviy yil uchun 
Davlat budjeti loyihasining Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan ko‘rib 
chiqilishi va qabul qilinishi, unga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 
Qonunchilik palatasi tomonidan Davlat budjetining choraklik, yarim yillik 
va yillik ijrosi yakunlari haqidagi Vazirlar Mahkamasi hisobotlarining ko‘rib 
chiqilishi va tegishli qarorlar qabul qilish; Qonunchilik palatasi va Senat 
tomonidan Hisob palatasining hisobotini muhokama qilish va tegishli qaror 
qabul qilish.
Parlament nazoratiga oid milliy qonunchilikni tahlil qilar ekanmiz
uning quyidagi shakllari huquqiy jihatdan mustahkamlanganini ko‘ramiz:
440


- parlament so‘rovi;
- Vazirlar Mahkamasining har yilgi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalarini eshitish;
- mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb masalalari 
yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama qilish;
- Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish;
- Vazirlar Mahkamasi muayyan a’zosining o‘zi rahbarlik qilayotgan 
davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi faoliyati masalalari yuzasidan 
axborotini, shuningdek, parlament palatasiga hisobdor yoki uning nazorati 
ostidagi har qanday organ yoxud mansabdor shaxsning hisobotini yoki 
axborotini eshitish;
- davlat organlari va boshqa tashkilotlardan, mansabdor shaxslardan 
hujjatlar, ekspert xulosalari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlarni 
talab qilib olish;
- parlament palatalari qo‘mitalarining davlat hokimiyati va boshqaruvi 
organlari rahbarlarining ular tomonidan qonunlarga qanday rioya etilayot- 
gani, palata qo‘mitalarining qarorlari qanday bajarilayotgani to‘g‘risidagi 
axborotlarini eshitishi va boshqalar.
2010-yil 12-noyabrda Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma 
majlisida davlatimiz Rahbari e’lon qilgan «Mamlakatda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi»da bayon etilgan asosiy g‘oya va vazifalar parlament nazorati 
institutining sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichga ko‘tarilishiga xizmat 
qilmoqda. Mazkur tarixiy ahamiyatga molik hujjatga muvofiq, Konsti- 
tutsiyamizga 2011 va 2014-yillarda parlament nazoratining samaradorligi va 
ta’sirchanligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar 
kiritildi. Qonunchilik palatasiga saylovlarda eng ko‘p deputatlik o‘rnini 
olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi deputatlik o‘rinlarini qo‘lga 
kiritgan bir necha siyosiy partiyalarga Bosh vazir nomzodini taklif etish 
huquqining berilishi, parlamentga Vazirlar Mahkamasining har yilgi 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan 
ma’ruzalarini eshitish, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining dolzarb 
masalalari yuzasidan Bosh vazirning hisobotlarini eshitish va muhokama 
qilish, Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish, Bosh vazir lavozimiga 
nomzodning Oliy Majlisda uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda va 
tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq 
istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini ko‘rib chiqish kabi keng 
huquqlarning berilishi shular jumlasidandir.
Ayniqsa, 2014-yilda Konstitutsiyamizning 78-moddasiga kiritilgan 
qo‘shimchalarga muvofiq parlament nazorati institutining konstitutsiyaviy 
darajada mustahkamlanganligi parlamentning ushbu yo‘nalishdagi roli va 
vakolatlarini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasizdir.
441


Yuqorida qayd etilgan islohotlar natijasida o‘ndan ortiq qonunlarda 
ifodalangan parlament nazoratining huquqiy asoslari sezilarli darajada 
rivojlantirildi. Shu bilan birga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan 
o‘zgarishlarning mantig‘i parlament nazoratining qonunchilik bazasini 
yanada rivojlantirishni, uni unifikasiyalashni va zamonaviy parlamentarizm- 
ning umume’tirof etilgan standartlar va talablariga moslashtirishni, rivoj- 
langan demokratik davlatlarda qo‘llaniladigan parlament nazoratiga oid 
samarali va ta’sirchan shakl va uslublarni milliy amaliyotga implementatsiya 
qilishni talab etadi. Shu ma’noda Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi 
asosida ishlab chiqilayotgan «Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonun 
loyihasi dolzarb amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
«Parlament nazorati to‘g‘risida»gi qonun loyihasining qabul qili-nishi 
parlament nazoratining huquqiy asoslarini mustahkamlashga, Oliy Majlis 
Qonunchilik palatasi va Senati, qo‘mita va komissiyalar, siyosiy partiyalar 
fraksiyalari, shuningdek, deputatlar va senatorlar tomonidan parlament 
nazoratini amalga oshirishning shakllari, uslublari, eng muhimi, protsessual 
mexanizmlarini va huquqiy oqibatlarini, parlament nazorati subyektlari bilan 
ijro etuvchi hokimiyat organlarining birgalikda harakat qilishi tartibini qonun 
doirasida aniq tartibga solishga xizmat qiladi.

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish