9-ma`ruza: O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar (2-soat).
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim
va tarbiyaning o‘rni va roli. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari,
uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining
shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O‘zbekistonda yangi avlod
kadrlar tayyorlash sohasidagi o‘zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan
Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro
hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi yutuqlarimiz ta’lim tizimidagi tub
o‘zgarishlarda yaqqol namayon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish,
kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar
amalga oshirildi. YAngi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi
tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi Oliy ta’lim tizimidagi 16
universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida
eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab yangi oliy o‘quv
yurtlari- Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy akademiya, Ichki ishlar vazirligi
qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon
iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy
tog‘-konchilik instituti, Toshkent Moliya instituti va boshqalar tashkil etildi.
Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh
qilish yo‘llari ishlab chiqildi. 1997 yil 27 avgustda Oliy Majlisning IX
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining«Ta’lim to‘g‘risida» Qonuni
va«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilindi.
Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni
o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy
talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini
yaratishdan iboratdir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish
umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001 yilda Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi.
2001 yilda Respublikamizda 6742 ta maktabgacha ta’lim
muassasalarida 608500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65862 nafar
pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’lim
maktablarida 440762 nafar o‘qituvchi 6,3 mln. o‘quvchiga ta’lim bermoqda.
Umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha barcha o‘quv fanlaridan Davlat ta’lim
standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o‘tkazildi,
ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o‘quv
dasturlari va darsliklari yaratildi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini eng muhim, O‘zbekistonga xos
xususiyati yangi turdagi3 yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini
yaratishdir. 1998-2004 yillar davomida zamonaviy o‘quv-laboratoriya
uskunalari bilan jihozlangan54 ta akademik litsey va 533 ta kasb-hunar kolleji
barpo etildi. Bu maqsadlar uchun 135 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi. O‘rta
maxsus o‘quv yurtlariga zarur bo‘lgan jihozlar sotib olish uchun jalb qilingan
chet el investitsiyalarining miqdori 150 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi
va darsliklar yaratildi. 2003-2004 o‘quv yilida akademik litseylarda26,2 ming,
kasb-hunar kollejlarida 531,6 ming o‘quvchi ta’lim oldi.
Oliy ta’lim tizimida katta o‘zgarishlar qilindi. Oliy ta’lim ikki bosqichdan-
bakalavriat va magistraturadan iborat etib qayta tashkil etildi. 62 ta oliy
o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan bo‘lajak bakalavr va magistrantlar soni 2003-
2004 o‘quv yilida 254400 nafarni tashkil etdi. 18486 nafar professor-
o‘qituvchilar mehnat qilmoqdalar, ularning 1462 nafari fan doktori, 7201 nafari
fan nomzodidir. O‘tgan 4 yil davomida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bakalavr
va magistrlar uchun qo‘yiladigan talablarni o‘zida mujassamlashtirgan Davlat
ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari yaratildi. Oliy ta’lim uchun 1129 nomdagi
darslik va o‘quv adabiyotlari nashr etildi va Oliy o‘quv yurtlari
kutubxonlariga tarqatildi.
Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularga ko‘maklashish,
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati sobit qadamlik bilan olib
borilmoqda. Iste’dodli yoshlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, chet
elda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Respublika bolalar fondi”,
“Sog‘lom avlod uchun”, “Iste’dod” jamg‘armalari tashkil topdi. Ta’lim
sohasida AKSELS, AYREKS, AQSH kollejlari konsorsiumi, SARE, Tinchlik
korpusi(AQSH), Konrad Adenauer fondi, Britaniya kengashi, SAUD Al-Baptin
fondi(Misr) kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 2000
dan ortiq talaba va mutaxassislar chet elda o‘qib keldi.
O‘zbekiston ta’lim tizimi dunyo miqyosida kata qiziqish uyg‘otmoqda.
Moskvadagi Oliy ta’lim Xalqaro Fanlar akademiyasi prezidenti
V.SHukshunov O‘zbekistonda ishlab chiqilgan bu Milliy dasturni mazmun-
mohiyati jihatidan tengi yo‘q hujjat, deb ta’rifladi. O‘zbekistonda
yaratilayotgan ta’lim tizimi «Ta’limning o‘zbek modeli» deb e’tirof etildi.
Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish sohasidagi eng asosiy vazifa milliy
istiqlol g‘oyasini
shakllantirish va
odamlar
ongiga
singdirishdan
iboratdir.
1993 yil 23 aprel kuni Prezident Islom Karimov bir guruh adiblar
bilan suhbat qilib, milliy istiqlol g‘oyasini O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining XII sessiyasida 1993 yil 7 may kuni nutq so‘zlab,
Prezident
Islom
Karimov
qo‘yidagilarni
ta’kidladi:
• milliy istiqlol g‘oyasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga,
tiliga,
diliga,
ruhiyatiga
asoslanib,
kelajakka
ishonch,
mehr-oqibat,
insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishi
lozim.
• SHu bilan birga bu g‘oya xalqimizda o‘zining qudrati va himoyasiga
suyangan
holda,
umuminsoniy
qadriyatlarga
asoslanib,
jahon
hamjamiyatidagi taraqqiy topgan davlatlar orasida teng huquqli asosda
munosib o‘rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog‘i kerak.
«Tafakkur» jurnalining 1998 yil 2-sonida jurnal bosh muxbirining
savollariga Prezident I.Karimovning javoblari e’lon qilindi. Mazkur
javoblarda milliy g‘oyamizni nazariy va amaliy jihatlari yanada chuqurroq
yoritildi. Bugungi kunda sobiq sovetlar zamonida hukmronlik qilgan,
odamlarni qullik, mute’lik holatiga solgan, manqurtga aylantirgan kommunistik
mafkurani
tanqid
qilish,
ta’qiq
qilish,
ma’muriy
choralar
ko‘rish yo‘li bilan engib bo‘lmaydi. «G‘oyaga qarshi faqat g‘oya, fikrga qarshi
faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish,
olishish mumkin», - degan haq fikrni ilgari surdi.