26 authors, including: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/26
Sana06.02.2022
Hajmi0,88 Mb.
#432385
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
Bog'liq
R.R.Hakimov.OzbekistonRespublikasiOliymajlisiKonstitutsiyaviyhuquqdarslikMasulmuharrirSh.T.Ikramov.-ToshkentOzbekistonRespublikasiIIVAkademiyasi2014.-442-480b.

qonun loyihalarini
k o ‘rib chiqish va qabul qilish
bo‘lib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 
amalga oshiriladi.
Qonunchilik palatasiga kelib tushgan qonun loyihalari Qonunchilik 
palatasi Kengashi huzurida tuzilgan qonun loyihalarini va boshqa normativ- 
huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishni tashkil etish bo‘yicha 
Muvofiqlashtiruvchi guruh tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi va Qonunchilik 
palatasi Kengashi a’zolari ular haqida xabardor qilinadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning 
axborotini eshitib, qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun 
mas’ul qo‘mitani belgilaydi, unga va bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga 
(deputatlar guruhlariga) qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan 
materiallarni topshiradi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul 
qilish mumkinligi to‘g‘risida takliflarni ishlab chiqish uchun qonun loyihasi 
ustida ishlash fraksiyalar (deputatlar guruhlari) va mas’ul qo‘mita tomonidan 
bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. Bunda fraksiyalarning (deputatlar 
guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari va takliflarisiz mas’ul 
qo‘mita qonun loyihasi yuzasidan o‘z xulosasini chiqarish huquqiga ega 
emas.
Mas’ul qo‘mita qonun loyihasi bo‘yicha barcha fraksiyalardan 
(deputatlar guruhlaridan) fikrlar va takliflarni to‘plab, Qonunchilik palatasi 
Kengashiga qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun 
qabul qilish mumkinligi to‘g‘risida belgilangan muddatda xulosa taqdim 
etadi.
Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mitaning xulosasi asosida,
434


fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) fikrlari va takliflarini hisobga 
olgan holda qonun loyihasini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun 
qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonun loyihasi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, 
Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul qilinmaydi. Aniqlangan 
kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi 
ko‘rib chiqishi uchun yangidan kiritilishi mumkin.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun qabul 
qilinayotganda, uning Kengashi qonun loyihasini palata majlisida ko‘rib 
chiqishga tayyorlash muddatini belgilaydi. Ko‘rib chiqish uchun qabul 
qilingan qonun loyihasi unga ilova qilingan materiallar bilan Qonunchilik 
palatasining qo‘mitalariga yuboriladi.
Qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish va uni 
Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda ko‘rib chiqishga tayyorlash mas’ul 
qo‘mita tomonidan amalga oshiriladi. Fraksiyalar (deputatlar guruhlari) 
qonun loyihasini dastlabki tarzda muhokama qilish yakunlariga ko‘ra mas’ul 
qo‘mitaga o‘z fikrlari va takliflarini taqdim etadi.
Mas’ul qo‘mita fraksiyalar (deputatlar guruhlari), manfaatdor tash- 
kilotlar hamda ekspertlar guruhlarining fikrlari va takliflarini hisobga olgan 
holda qonun loyihasining dastlabki tarzdagi muhokamasini o‘tkazadi, agar 
Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan 
bo‘lmasa, qonun loyihasi olingan kundan e’tiboran ikki oy ichida unga:
Qonunchilik palatasi Kengashining qonun loyihasini birinchi o‘qishda 
ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risidagi qarori 
loyihasini;
mas’ul qo‘mitaning mazkur qonun loyihasini qabul qilish yoki rad 
etish zarurligi asoslangan xulosasini;
fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha 
fikrlari va takliflarini ilova qilgan holda, Qonunchilik palatasi Kengashi 
ko‘rib chiqishi uchun taqdim etadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi qo‘mitalarida muhokama qilish 
ochiq, qonun loyihasini kiritgan qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti 
vakillari taklif etilgan holda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi Kengashi mas’ul qo‘mita taqdim etgan qonun 
loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi 
majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, uch o‘qishda 
ko‘rib chiqadi.
Qonun loyihasini Qonunchilik palatasi majlislarida birinchi o‘qishda 
ko‘rib chiqishda uni qabul qilish zarurati, qonun loyihasining konsepsiyasi, 
uning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga 
muvofiqligi, shuningdek, qonunni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar
435


hamda moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi. 
Bunda ma’ruzachi birinchi va keyingi o‘qishlarda fraksiyalarning (deputatlar 
guruhlarining) fikrlari va takliflarini deputatlarga yetkazishi shart. 
Fraksiyalarning (deputatlar guruhlarining) qonun loyihasi bo‘yicha fikrlari 
va takliflari hisobga olinishi shart.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini 
maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga 
kiritish muddatini majburiy tartibda belgilagan holda, uni birinchi o‘qishda 
qabul qilish yoxud qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi muhokamasiga qonun loyihasining muqobil 
variantlari kiritilgan taqdirda, ular bir vaqtda ko‘rib chiqiladi. Qonunchilik 
palatasi deputatlarining qaror qabul qilish uchun talab qilinadigan eng ko‘p 
miqdordagi ovozini to‘plagan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul 
qilingan hisoblanadi. Qonun loyihasining qolgan variantlari Qonunchilik 
palatasi tomonidan rad etilgan hisoblanadi.
Mas’ul qo‘mita qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash chog‘ida 
tushgan fikrlar va takliflarni umumlashtiradi. Mas’ul qo‘mita tomonidan 
asosli, deb topilgan takliflar qonun loyihasining matniga kiritiladi.
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi o‘qishda 
ko‘rib chiqish chog‘ida mas’ul qo‘mita tomonidan ma’qullangan fikrlar va 
takliflar ham, ma’qullanmagan fikrlar va takliflar ham muhokama qilinadi. 
Qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish moddama-modda o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi muhokama natijalari bo‘yicha qonun loyihasini 
maromiga yetkazish va keyingi o‘qishda ko‘rib chiqish uchun palataga 
kiritish muddatini belgilagan holda, uni ikkinchi o‘qishda qabul qilish yoxud 
qonun loyihasini rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Uchinchi o‘qishda qonun loyihasi muhokama qilinmasdan, to‘laligicha 
ovozga qo‘yiladi.
Qonun loyihasi birinchi yoki ikkinchi o‘qishda qabul qilingan taqdirda, 
mas’ul qo‘mitaning taklifiga binoan qonunni keyingi o‘qish tartib-taomil- 
larini istisno etgan holda, qabul qilish to‘g‘risidagi masala ovozga qo‘yilishi 
mumkin.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan palata deputatlari umumiy 
sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasining, konstitutsiyaviy qonunning, ularga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlarning loyihalarini qabul qilish 
uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining uchdan ikki 
qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun o‘n kun ichida 
Senatga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Senatga qonun bilan birgalikda 
qonun loyihasini Qonunchilik palatasiga kiritish chog‘ida taqdim etilgan 
materiallar yuboriladi.
436


Qonunni ma’qullash bosqichi bevosita Oliy Majlis Senati tomonidan 
amalga oshiriladi. Xususan, Senatga kelib tushgan qonun ro‘yxatga olinadi 
va Senat Raisi tomonidan qonunni ko‘rib chiqadigan hamda uning yuzasidan 
xulosa tayyorlaydigan qo‘mitaga topshiriladi.
Mas’ul qo‘mita tegishli xulosa tayyorlaydi va unda qonunni 
ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiya ifodalangan baho aks 
ettiriladi. Qonunni rad etish zarurligi to‘g‘risidagi xulosada mas’ul qo‘mita- 
ning qonunni rad etish zarur, deb hisoblashining vajlari bayon etiladi. Mas’ul 
qo‘mitaning xulosasi Senat Kengashiga taqdim etiladi. Kengash qonunni 
Senat majlisining kun tartibi loyihasiga kiritish-kiritmaslik to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi.
Senatning majlisida qonunni ko‘rib chiqish ma’ruzachining mas’ul 
qo‘mita xulosasini o‘qib eshittirishidan boshlanadi. Ko‘rib chiqilayotgan 
qonun yuzasidan uning muhokamasi tartibida senatorlar so‘zga chiqishlari 
mumkin.
Qonun Senat tomonidan senatorlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi 
bilan ma’qullanadi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasini, konsti- 
tutsiyaviy qonunni, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘ri- 
sidagi qonunlarni ma’qullash uchun senatorlar umumiy sonining uchdan ikki 
qismidan iborat ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik 
palatasiga qaytariladi. Senatning qonunni rad etish to‘g‘risidagi qarorida rad 
etish vajlari ko‘rsatiladi. Unda bir vaqtning o‘zida qonunga o‘zgartishlar va 
qo‘shimchalar kiritish zarurligi to‘g‘risidagi, 
shuningdek, 
kelishuv 
komissiyasi tuzish haqidagi takliflar bayon etilishi mumkin.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlari 
umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan 
qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi 
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomoni- 
dan yuboriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad 
etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelish- 
movchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat 
a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. 
Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi 
tartibda ko‘rib chiqiladi.
Qonunchilik jarayonining yakuniy bosqichi - bu 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish